Bitta bakteriyani sirtiga yuzlab nanobo* lakchalar
joylashtirish
mumkin. Mana shu xususiyatdan foydalanib, diagnostika vositalarini
dorivor moddalar bilan birga bakteriyalarga «yuklash» mumkin bo‘ladi.
Bunday
hollarda, dori yetkazilgan organni (hujayrani) holatini kuzatib
borish imkoni tug‘iladi.
Gen yoki dorivor moddani o‘ziga «ortib olgan» bakteriya hujayra
plazmalemmasi
bilan aloqaga kirganda, membrana bakteriyani o‘rab
oladi va bakteriya pufakchasimon membranaga o‘ralgan ko'rinishda,
hujayraga mustahkam bog‘lanib oladi. Keyin bu pufakcha hujayraga
kiradi. M a’lum vaqt o‘tgandan keyin, bakteriya pufakchani membra-
nasini parchalaydi va foydali yuk bilan hujayra
sitoplazmasini ichiga
kirib oladi. Yetkazilgan yuk dorivor modda sifatida o ‘z ta’sirini
boshlaydi. Agar DNK bo‘ lakchalari (genlar) kiritilgan bo* Isa, ular
hujayra yadrosiga kirganlaridan keyin, ma’lum vaqt o‘tgach, o‘z
faolligini namoyish eta boshlaydi.
Bakteriyalardan nanobo*lakchalar tayyorlashda foydalanish.
Saksoniyani uran konida ishlab kelayotgan bir guruh germaniyalik
biolog olimlar,
«Batsilla sfericheskaya JG-A12»
deb
nomlangan yangi
bakteriya topganlar. Bu bakteriya o'zini urandan himoya qilishi uchun
mustahkam sirtqi oqsil qobig‘i bilan o‘ralgan. Bu qobig* ko‘plab
nanoteshiklar (nanopora) saqlashi hamda bu nanoteshiklar bir xil naqsh
hosil qilib joylanishi bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: