3. Prokariotlar asosida nanokonstruksiyalar
Staphylococcus
aureus
(oltin
stafilokokk)
bakteriyasining
antibiotiklarga
yuqori darajada chidamliligi, uni «supermikrob» deb
atalishiga asos bo‘ldi (88-rasm).
88-rasm. Staphylococcus aureus bakteriyasi.
Bu bakteriya AQSH da OITS (SPID) virusiga qaraganda ko‘proq
xavf tug‘diradi, uning ta’siridan har yili 16000 dan ko‘proq amerikalik
vafot etadi. Bu «supermikrobga» AQSH ni Aydako
universiteti olimlari
juda katta qiziqish bilan qaraganlar. Ulami
«odam hujayrasiga
stafilokokk toksinlarini tezlik va aniqlik bilan kirishiga nima
sabab»? degan savol qiziqtirgan.
Bu bakteriyani sirtini o‘rgana turib, olimlar, unda ajoyib oqsil
fibronektin bor ekanligini aniqlaganlar.
Bu oqsil boshqa moddalami
molekulalari, shu jumladan biomolekulalar bilan ham yengil bog‘lanish
xususiyatiga ega ekanligini aniqlagan. Oltin stafilokokkdan fibronektin
ajratib olib, u bilan nanotrubkalami sirtini yopib chiqqan.
Oqibatda,
mana shunday oqsil bilan qoplangan nanotrubkalar tirik hujayralarga
anchagina oson kirishi aniqlangan. Olimlar
nanotrubkalami bakterial
toksin bilan to‘ldirib ko‘rgan. Fibronektin bilan yopilgan nanotmbkalar
toksinni
hujayraga tez yetkazib, uni o‘limini chaqirgan. Shunday qilib,
Do'stlaringiz bilan baham: