Bakteriofag - bakteriyalami kasallantimvchi vims.
Virus - tirik va tirik boMmagan tabiat chegarasida turgan, DNK
(RNK) va oqsilli kapsulalardan tashkil topgan hayotni eng sodda
hujayrasiz shakli.
Kapsid - vimsni oqsilli qobig‘i.
Kapsomerlar - vims kapsulasini hosil qiluvchi oqsil subbirligi
(oqsil molekulasi).
Ligazalar - DNK molekulalarining har xil fragmentlarini bir-biriga
ulovchi (tikuvchi) ferment guruhi.
DNK ni «yopishqoq uchi» - DNK molekulasining oxiridagi qisqa
(4 tadan 20 ta nukleotidgacha) bir zanjirli qismi, u DNKni har xil
fragmentlarini bog‘lanish («yopishish») imkonini beradi. Bog‘lanish
DNKni bir zanjirli uchidagi komplementar azotli asoslar orasida
vodorod bog‘lari hosil bo‘Iish orqali amalga oshadi.
Murein - prokariot (bakteriyalar) organizmlami hujayra devorini
hosil qiluvchi polisaxarid.
Nanobakteriyalar (nanobamiar) - XX asmi oxirida ochilgan,
diametri 20-150 nm ga teng bo‘lgan sferik (dumaloq) shakldagi eng
kichik mikroorganizmlar. Hozirgacha ulami borligiga shubha bilan
qaraladi.
Nukleotid - prokariot sitoplazmasini bitta halqasimon DNK
molekulasi saqlagan zonasi.
Pili - bakteriyalami uzun ipsimon tuklari.
Prokariot organizmlar (prokariotlar) - shakllangan yadroga va
membranali oi ganoidlarga ega bo‘lmagan eng sodda, bir hujayrali
organizmlar. Ularga bakteriyalar va arxeylar kiradi.
Restriktazalar - DNK molekulasini fragmentlarga kesuvchi,
fermentlar guruhi.
Retrovirus - irsiy material i RNK dan tashkil topgan virus.
Fibronektin - tillo stafilokokk bakteriyasining sirtida joylashgan
oqsil; biomolekulalar bilan yengil bog‘lanadi, bakteriyalami tirik
hujayraga kirishiga yordam beradi.
Takrorlash uchun savollar
1. Prokariot organizmlar nima?
2. Prokariot hujayrani tuzilishini tavsiflab bering.
3. Bakteriyalar qanday tavsiflanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |