Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Fermentlarni ishlatilishi. Fermentlarni nanostrukturalar va nanotexnologiyaga munosabati
Substrat molekulasi
Ferment molekulasi Ferment-substrat kompleksi Reaksiya mahsulotlari Fermentni o‘zgarmagan molekulasi 96-rasm. Fermentlarni ta ’sir mexanizmining chizmasi. Mikroorganizmlar sintez qiladigan fermentlarni o‘ziga xos bo‘lgan tomonlari bormi? Mikroorganizmlarni fermentlari o‘zlarining strukturalari, xossalari va funksiyalari bo‘yicha boshqa tirik organizmlami fermentlaridan farq qilmaydi. Ammo ba’zi bir bakteriyalami fermentlari doimiy ravishda sintez bo'ladi, ba’zilari esa, faqat muhitda ular ta’sir qiladigan substratlar yoki ulami analoglari boMgandagina sintezlanadi xolos. Doimiy ravishda sintez bo'ladigan fermentlami konstitutiv (masalan, glikoliz fermentlari), keyingilarini esa, adaptiv (indutsibel) fermentlar deb ataladi. Konstitutiv fermentlar hujayrada har doim bo‘ladi, ulami sintezi doimiy tezlikda amalga oshadi. Bunday fermentlar mikroorganizmlar fermentlari orasida kamchilikni tashkil qiladi. Bakterial hujayralami ko‘pchilik fermentlari - adaptiv (indutsibel) fermentlar hisoblanadi. Ular hujayrada ba’zi bir moddalar (induktorlarni) ta’sirida sintez bo'ladi. Bu vazifani ko'proq substrat bajaradi. Bunday moddalar bo'lmaganida ferment sintezini nazorat qiluvchi genlar bloklangan (qulflangan) bo'ladi, ferment esa, juda kam miqdorda sintez bo‘ladi. Shunday qilib, mikroorganizmlarni ozuqa muhitini, tarkibini o‘zgartirish orqali ulami ferment sintez qilishini boshqarish mumkin. 179 2. Fermentlarni ishlatilishi. Fermentlarni nanostrukturalar va nanotexnologiyaga munosabati Bakteriyalar sintez qiladigan fermentlami molekulalari o‘zlarini o'lchamlari bo‘yicha tabiiy nanoobyektlar hisoblanadi. Ular o‘z navbatida boshqa nanoobyektlar - substrat molekulalari ishtirokida biokimyoviy reaksiyalami katalizlaydi. Bu reaksiyalar nafaqat tirik sistemalarda, balki ulardan tashqarida ham amalga oshaveradi. Fermentlar tirik organizmlarda ulaming hayotiy funksiyalarini ta’minlab turadi. Fermentlar kataliz qiladigan reaksiyalar nanotexnologik siklni ta’minlab tursalar, organizmdan tashqarida - sun’iy nanomateriallar va nanokonstruksiyalar olishni ta’minlay oladi. Fermentlami muhim xossalari, ulami hujayradan tashqarida ham samaradorligini va spetsifikligini yo'qotmasligidir. Buning ustiga kimyoviy katalizatorlardan farqli o‘laroq, fermentlar toksinlik xususiyatiga ega emas, ular oddiy sharoitda faoliyat ko‘rsatadi, yengil topiladigan mahsulotlar, shu jumladan chiqindilami ham parchalay oladi. Shuning uchun ham ular, sanoatda iqtisodiy va ekologiya nuqtayi nazaridan juda katta qiziqish uyg‘otadi. Fermentlar to'qimachilik, teri oshlash, selluloza - qog'oz, oziq-ovqat va kimyo sanoatida, qishloq xo'jaligida, tibbiyotda va boshqa sohalarda tobora keng ishlatilib kelinmoqda. Ulardan antropogen organik chiqin dilami parchalash (zararsizlantirish) maqsadida ham keng foydalaniladi. Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha fermentlar aminokislotalar va antibiotiklardan keyin 3-o‘rinda turadi. Fermentlar tibbiyot amaliyotida tobora keng ishlatilib kelinmoqda. Masalan, oqsil parchalovchi fermentlar oshqozon-ichak yo‘li, jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarini davolashda va ulami oldini olishda keng ishlatiladi. Keyingi yillarda, bu fermentlardan rak kasalliklarini davolashda hamda qon tomirlarida hosil bo‘ladigan tromblami eritishda ham samarali foydalanilmoqda. Fermentlar yordamida ko‘plab dorivor preparatlar, shu jumladan mu rakkab kimyoviy birikmalar ham olinmoqda. Fermentlar oqsillami, nuklein kislotalami va polisaxaridlami nafis strukturalarini o‘rganishda hamda gen injeneriyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borishda tengi yo‘q manbadir. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling