Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Tabiat qanday qilib, tirik hujayralarda sodir bo‘ladigan kimyoviy


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   186
Tabiat qanday qilib, tirik hujayralarda sodir bo‘ladigan kimyoviy 
(biokimyoviy) reaksiyalami tezlashtirish muammosini hal qilgan?
Bunday reaksiyalami tezligi, tirik sistemalarda fermentlar deb nom 
olgan tabiiy katalizatorlar paydo bo‘lganidan keyin keskin oshib ketgan, 
Fermentlar biokimyoviy reaksiyalami o‘tishini million, hatto milliard 
martaga oshirib yubora oladi. Masalan, katalaza fermentining 1 ta 
molekulasi, 1 sekundda hujayralar uchun o‘ta xavfli bo‘lgan vodorod 
peroksidini 10 000 ta molekulasini parchalash imkoniyatiga ega.
Fermentlarni molekulalari moddalar almashinuvining barcha 
jarayonlarini amalga oshirishda va genetik axborotni realizatsiyasida 
ishtirok etadi. Ovqat hazm bo‘lishi(oqsil moddalari, nuklein kislotalar, 
yogMar, uglevodlar va boshqa moddalami), barcha organizmlami 
hujayralaridagi sintezi va parchalanishi fermentlami ishtirokisiz amalga 
oshishi mumkin emas. Tirik organizmlami har qanday funksiyasini 
namoyon boMishi - nafas olish, mushaklami qisqarishi, ko‘payish va 
boshqa jarayonlar fermentlar ishtirokida amalga oshadi.
176


M a’lum funksiyani bajaruvchi hujayralami o‘ziga xos bo‘lgan 
xususiyati, asosan, shu hujayradagi fermentlar to‘plamining faoliyati 
bilan belgilanadi. Tirik organizmlarda 2000 dan ko‘proq fermentlar 
botiigi aniqlangan. Birorta fermentni yetishmasligi yoki butunlay 
boimasligi organizm uchun katta zarar keltiradi.
Fermentlami molekulalari hujayrani sitoplazmasida bo‘lsada, ulami 
asosiy qismi ma’lum hujayra organoidlari bilan bogiangan bo‘lib, 
aynan mana shu organoidlarda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, yadroda 
DNK sintezi (replikatsiyasi) uchun javob beradigan fermentlar (DNK - 
polimeraza) uchraydi. Mitoxondriyada energiya to‘planishiga javobgar 
fermentlar to‘planadi.
Fermentlarni strukturasi. Fermentlami molekular og‘irligi 10000 
dan 1 mln daltongacha. Ular bir yoki bir necha subbirliklardan tashkil 
topishlari yoki murakkab oqsillar sifatidagi ko'rinishga ega bo‘lishlari 
mumkin. Murakkab oqsilli strukturaga ega boigan fermentlami 
molekulalarida oqsil molekulasidan tashqari kofermentlar (ulami 
apofermentlar yoki oqsil komponentlari deb ham yuritiladi, ularga 
metall ionlari, nukleotidlar, vitaminlar va boshqa past molekulali 
birikmalarni kiritish mumkin) ham saqlanadi. Apoferment (oqsil 
komponent) va koferment alohida boiganlarida fermentativ faollikka 
ega 
boimaydi. 
Ular 
bir-birlariga 
bogianganlaridan 
keyingina 
fermentlik xususiyatini oladi. Har xil fermentlarni molekulalari ferment 
komplekslarini shakllantirishlari mumkin. Masalan, bunday komplekslar 
hujayra membranalariga, hujayra organoidlariga kirib olib, moddalarni 
transportida ishtirok etadi. Biokimyoviy reaksiya jarayonida o‘zgarishi 
lozim b oigan modda (substrat), fermentni m aium qismi bilan 
bogianadi. Substrat bogianadigan qismni - faol markaz deb ataladi.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling