Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Mikroorganizmlar - fermentlar saqlovchi bioreaktorlar sifatida
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
3. Mikroorganizmlar - fermentlar saqlovchi bioreaktorlar sifatida
Har qanday organizm fermentlar saqlaydi. Ammo ulami ajratib olish uchun, faqat fermentlaming umumiy miqdori 1% dan kam 180 bo‘lmagan organizmlardan foydalaniladi. Fermentlami sanoat sharoitida ishlab chiqarish uchun faqat ba’zi bir o‘simliklar (boshoqli va dukkakli o ‘simliklami unib chiqqan urug‘lari, hujayra sharbati, bir qator o ‘simliklami yashil massasi) hamda hayvonlami alohida to‘qimalari va organlaridan (oshqozon osti bezi, oshqozon-ichak yo‘ lining shilimshiq qobig'i, kichik yoshli hayvonlami shirdoni, masalan, qo'zichalami, jinsiy yetilgan hayvonlami tuxumlari) foydalaniladi. Ammo ferment- larga eng boy bo'lgan organizm, bu mikroorganizmlar hisoblanadi, Gen injeneriyasi va seleksiya usullari yordamida mikroorganizm- laming (bakteriyalami) biologik jarayonlami kuchaytirish sohasidagi tabiiy xususiyatlarini tezlashtirish mumkin. Ularni faolligini 100, hattoki undan ham ko‘proq marotabaga oshirish mumkin. Shuning uchun ham mikroorganizmlar - fermentlami chegaralanmagan manbayi hisoblanadi. Tirik mikroorganizmlar fermentlar yoki hujayra ekstraktlari ishtirokida biokimyoviy reaksiyalami (jarayonlami) olib boradigan ustqurma - bioreaktor deb ataladi. Alohida mikroorganizmlar, zamburug‘lar yoki o‘simlikIar ham bioreaktor yoki o ‘ziga xos bo‘lgan «biologik fabrikalar» sifatida qaralishi mumkin (97-rasm). 97-rasm. Maxsus ozuqa muhitlarida о 'suvchi va fermentlar ishlab chiqaruvchi bakteriyalar (mustaqii bioreaktorlar sifatida qaraluvchi) ко ‘rinishi. Ko‘p hollarda «bioreaktor» atamasi mikroorganizm o'stiriladigan idishlarga nisbatan ishlatiladi (98-rasm). 181 Bunday bioreaktorlar katta miqdorda tirik hujayra yoki har xil reagentlar va fermentlar aralashmasini saqlashi mumkin. Ko‘pchilik biokatalitik jarayonlar suvli sharoitda o‘tadi. Organik erituvchilar qo‘shilganda, ko'pchilik fermentlar o‘z faoliyatini o‘zgartiradi (hatto yo‘qotadi ham). Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling