95-rasm. Fermentni fa o l markazini uchlamchi modeli.
Fermentni
biokimyoviy
reaksiyalarda
ishtirok
etish
mexanizmlari. Ko‘pchilik fermentlar yuqori darajada spetsifikligi
(tanlab ta’sir ko'rsatishi) bilan ajralib turadi:
Har bir substratni reaksiya
mahsulotiga aylanishi maxsus ferment ishtirokida amalga oshadi.
Ferment molekulasi substrat bilan kompleks hosil qilib o‘z ta’sirini
ko'rsatadi (ferment-substrat kompleksi):
E+S
[E S ]«T = !E + P
i
+P2+P3
Bu yerda, E - ferment; S - substrat; [ES]
- ferment-substrat
kompleksi;
Pi P2 va P3 lar reaksiya mahsulotlari.
Bunday kompleksda fermentni faol markazi bilan substrat orasida
ko‘p nuqtali kontakt amalga oshadi (96-rasm).
Bu kontakt natijasida substrat o‘zini konfiguratsiyasini o'zgartiradi
va kimyoviy bog*lar yumshaydi.
Shuning hisobidan reaksiya, dastlab
energiya kam sarflaydi va yuqori tezlikda o‘tadi.
Reaksiya tugagandan
keyin, ferment-substrat kompleksi parchalanadi va reaksiya mahsuloti
(mahsulotlari) hamda erkin ferment molekulasi hosil bo‘ladi.
Mana shu
jarayondan bo'shagan fermentni faol markazi,
qaytadan yangi substrat
molekulasini bogMab olishga tayyor bo‘ladi.
178