Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Fermentni faol markazi nimadan hosil boiadi?


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   186
Fermentni faol markazi nimadan hosil boiadi? Fermentlami faol 
markazi 
koferment 
va 
aminokislotalarni 
yon 
zanjirlaridan 
shakllanadi. Aminokislotalarni yon zanjirlari polipeptid zanjirida bir- 
birlaridan uzoqda joylashishilari mumkin (95-rasm).
Oqsil molekulasi (apoferment) ipsimon ko‘rinishda, qizil rangda aks 
ettirilgan. Faol markaz shakllantiruvchi aminokislotalarni yon zanjirlari 
harflar va raqamlar bilan belgilangan.
Oqsil molekulasida (ferment molekulasida) polipeptid zanjimi 
murakkab joylanishi, aminokislotalarni bir necha yon zanjirlarini bir- 
birlaridan m aium darajada uzoqlikda va faqat m aium joyda 
joylanishini ta’minlaydi. Mana shu qat’iylik tufayli, fermentni taol 
markazi shakllanadi.


95-rasm. Fermentni fa o l markazini uchlamchi modeli.
Fermentni 
biokimyoviy 
reaksiyalarda 
ishtirok 
etish 
mexanizmlari. Ko‘pchilik fermentlar yuqori darajada spetsifikligi 
(tanlab ta’sir ko'rsatishi) bilan ajralib turadi: Har bir substratni reaksiya 
mahsulotiga aylanishi maxsus ferment ishtirokida amalga oshadi. 
Ferment molekulasi substrat bilan kompleks hosil qilib o‘z ta’sirini 
ko'rsatadi (ferment-substrat kompleksi):
E+S 
[E S ]«T = !E + P
i
+P2+P3
Bu yerda, E - ferment; S - substrat; [ES] - ferment-substrat 
kompleksi;
Pi P2 va P3 lar reaksiya mahsulotlari.
Bunday kompleksda fermentni faol markazi bilan substrat orasida 
ko‘p nuqtali kontakt amalga oshadi (96-rasm).
Bu kontakt natijasida substrat o‘zini konfiguratsiyasini o'zgartiradi 
va kimyoviy bog*lar yumshaydi. Shuning hisobidan reaksiya, dastlab 
energiya kam sarflaydi va yuqori tezlikda o‘tadi. Reaksiya tugagandan 
keyin, ferment-substrat kompleksi parchalanadi va reaksiya mahsuloti 
(mahsulotlari) hamda erkin ferment molekulasi hosil bo‘ladi. Mana shu 
jarayondan bo'shagan fermentni faol markazi, qaytadan yangi substrat 
molekulasini bogMab olishga tayyor bo‘ladi.
178



Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling