Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186
Substrat molekulasi
Ferment molekulasi
Ferment-substrat kompleksi
Reaksiya mahsulotlari
Fermentni o‘zgarmagan 
molekulasi
96-rasm. Fermentlarni ta ’sir mexanizmining chizmasi.
Mikroorganizmlar sintez qiladigan fermentlarni o‘ziga xos 
bo‘lgan tomonlari bormi?
Mikroorganizmlarni fermentlari o‘zlarining strukturalari, xossalari 
va funksiyalari bo‘yicha boshqa tirik organizmlami fermentlaridan farq 
qilmaydi. Ammo ba’zi bir bakteriyalami fermentlari doimiy ravishda 
sintez bo'ladi, ba’zilari esa, faqat muhitda ular ta’sir qiladigan 
substratlar yoki ulami analoglari boMgandagina sintezlanadi xolos.
Doimiy ravishda sintez bo'ladigan fermentlami konstitutiv 
(masalan, glikoliz fermentlari), keyingilarini esa, adaptiv (indutsibel) 
fermentlar deb ataladi.
Konstitutiv fermentlar hujayrada har doim bo‘ladi, ulami sintezi 
doimiy tezlikda amalga oshadi. Bunday fermentlar mikroorganizmlar 
fermentlari orasida kamchilikni tashkil qiladi.
Bakterial hujayralami ko‘pchilik fermentlari - adaptiv (indutsibel) 
fermentlar 
hisoblanadi. 
Ular 
hujayrada 
ba’zi 
bir 
moddalar 
(induktorlarni) ta’sirida sintez bo'ladi. Bu vazifani ko'proq substrat 
bajaradi. Bunday moddalar bo'lmaganida ferment sintezini nazorat 
qiluvchi genlar bloklangan (qulflangan) bo'ladi, ferment esa, juda kam 
miqdorda sintez bo‘ladi. Shunday qilib, mikroorganizmlarni ozuqa 
muhitini, tarkibini o‘zgartirish orqali ulami ferment sintez qilishini 
boshqarish mumkin.
179


2. Fermentlarni ishlatilishi. Fermentlarni nanostrukturalar va 
nanotexnologiyaga munosabati
Bakteriyalar sintez qiladigan fermentlami molekulalari o‘zlarini 
o'lchamlari bo‘yicha tabiiy nanoobyektlar hisoblanadi. Ular o‘z 
navbatida boshqa nanoobyektlar - substrat molekulalari ishtirokida 
biokimyoviy reaksiyalami katalizlaydi. Bu reaksiyalar nafaqat tirik 
sistemalarda, balki ulardan tashqarida ham amalga oshaveradi. 
Fermentlar tirik organizmlarda ulaming hayotiy funksiyalarini ta’minlab 
turadi. Fermentlar kataliz qiladigan reaksiyalar nanotexnologik siklni 
ta’minlab tursalar, organizmdan tashqarida - sun’iy nanomateriallar va 
nanokonstruksiyalar olishni ta’minlay oladi.
Fermentlami muhim xossalari, ulami hujayradan tashqarida ham 
samaradorligini va spetsifikligini yo'qotmasligidir. Buning ustiga 
kimyoviy 
katalizatorlardan 
farqli 
o‘laroq, 
fermentlar 
toksinlik 
xususiyatiga ega emas, ular oddiy sharoitda faoliyat ko‘rsatadi, yengil 
topiladigan mahsulotlar, shu jumladan chiqindilami ham parchalay 
oladi. Shuning uchun ham ular, sanoatda iqtisodiy va ekologiya nuqtayi 
nazaridan juda katta qiziqish uyg‘otadi.
Fermentlar to'qimachilik, teri oshlash, selluloza - qog'oz, oziq-ovqat 
va kimyo sanoatida, qishloq xo'jaligida, tibbiyotda va boshqa sohalarda 
tobora keng ishlatilib kelinmoqda. Ulardan antropogen organik chiqin­
dilami parchalash (zararsizlantirish) maqsadida ham keng foydalaniladi. 
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha fermentlar aminokislotalar va 
antibiotiklardan keyin 3-o‘rinda turadi. Fermentlar tibbiyot amaliyotida 
tobora keng ishlatilib kelinmoqda. Masalan, oqsil parchalovchi fermentlar 
oshqozon-ichak yo‘li, jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarini 
davolashda va ulami oldini olishda keng ishlatiladi. Keyingi yillarda, bu 
fermentlardan rak kasalliklarini davolashda hamda qon tomirlarida hosil 
bo‘ladigan tromblami eritishda ham samarali foydalanilmoqda.
Fermentlar yordamida ko‘plab dorivor preparatlar, shu jumladan mu­
rakkab kimyoviy birikmalar ham olinmoqda. Fermentlar oqsillami, nuklein 
kislotalami va polisaxaridlami nafis strukturalarini o‘rganishda hamda gen 
injeneriyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borishda tengi yo‘q manbadir.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling