Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


 Mikroorganizmlar - fermentlar saqlovchi bioreaktorlar sifatida


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   186
3. Mikroorganizmlar - fermentlar saqlovchi bioreaktorlar sifatida
Har qanday organizm fermentlar saqlaydi. Ammo ulami ajratib 
olish uchun, faqat fermentlaming umumiy miqdori 1% dan kam
180


bo‘lmagan organizmlardan foydalaniladi. Fermentlami sanoat sharoitida 
ishlab chiqarish uchun faqat ba’zi bir o‘simliklar (boshoqli va dukkakli 
o ‘simliklami unib chiqqan urug‘lari, hujayra sharbati, bir qator 
o ‘simliklami yashil massasi) hamda hayvonlami alohida to‘qimalari va 
organlaridan (oshqozon osti bezi, oshqozon-ichak yo‘ lining shilimshiq 
qobig'i, kichik yoshli hayvonlami shirdoni, masalan, qo'zichalami, 
jinsiy yetilgan hayvonlami tuxumlari) foydalaniladi. Ammo ferment- 
larga eng boy bo'lgan organizm, bu mikroorganizmlar hisoblanadi,
Gen injeneriyasi va seleksiya usullari yordamida mikroorganizm- 
laming (bakteriyalami) biologik jarayonlami kuchaytirish sohasidagi 
tabiiy xususiyatlarini tezlashtirish mumkin. Ularni faolligini 100, hattoki 
undan ham ko‘proq marotabaga oshirish mumkin. Shuning uchun ham 
mikroorganizmlar - fermentlami chegaralanmagan manbayi hisoblanadi.
Tirik mikroorganizmlar fermentlar yoki hujayra ekstraktlari 
ishtirokida biokimyoviy reaksiyalami (jarayonlami) olib boradigan 
ustqurma - bioreaktor deb ataladi.
Alohida mikroorganizmlar, zamburug‘lar yoki o‘simlikIar ham 
bioreaktor yoki o ‘ziga xos bo‘lgan «biologik fabrikalar» sifatida 
qaralishi mumkin (97-rasm).
97-rasm. Maxsus ozuqa muhitlarida о 'suvchi va fermentlar ishlab 
chiqaruvchi bakteriyalar (mustaqii bioreaktorlar sifatida qaraluvchi) 
ко ‘rinishi.
Ko‘p hollarda «bioreaktor» atamasi mikroorganizm o'stiriladigan 
idishlarga nisbatan ishlatiladi (98-rasm).
181


Bunday bioreaktorlar katta miqdorda tirik hujayra yoki har xil 
reagentlar va fermentlar aralashmasini saqlashi mumkin. Ko‘pchilik 
biokatalitik jarayonlar suvli sharoitda o‘tadi. Organik erituvchilar 
qo‘shilganda, ko'pchilik fermentlar o‘z faoliyatini o‘zgartiradi (hatto 
yo‘qotadi ham).

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling