Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Shu davrni ichida ichak bakteriyalariga b oigan munosabat


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   186
Shu davrni ichida ichak bakteriyalariga b oigan munosabat 
o‘zgardimi? Albatta o'zgardi. Odamni yo‘g‘on ichagida 100 trillionga 
yaqin bakteriya hujayralari yashashi, bu raqam odam tanasidagi umumiy 
hujayralar sonidan taxminan 10 marta ko'proq ekanligi aniqlandi (101- 
rasm).
0 ‘ylab ko‘ring, odam organizmida mikrob hujayra odamni o‘zining 
hujayrasidan 10 marta ko'proq. Ichakda to‘planadigan bakteriyalar 
hamjamiyatining 
genlar 
to‘plami, 
odam 
organizmining 
genlar 
to'plamidan taxminan 100 marta ko‘proq. 0 ‘z navbatida, ichakni ichida 
sodir boiadigan biokimyoviy reaksiyalami hajmi, odam organizmida 
sodir boiadigan reaksiyalar hajmidan ko‘p marotaba ortiqroq. Hisobsiz 
bakterial «reaktorlar» xo‘jayin organizmida minglab biokimyoviy 
reaksiyalami amalga oshiradi, eng muhim almashinuv jarayonlami 
o‘tishiga yordam beradi. Odam organizmini o‘zi mustaqil ravishda 
bajara olmaydigan jarayonlar: aminokislotalar, vitaminlar va boshqa 
biologik faol moddalarni sintezi, organizm uchun xavfli b o ig an zaharli 
moddalarni parchalanishi va boshqa jarayonlar, albatta odam bilan 
simbioz 
yashaydigan 
mikroorganizmlar 
yordamida, 
ya’ni 
ular 
ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshadi.
186


101-rasm. Odamni yo‘g‘on ichagi (chapdagi rasm), taxminan 100 trillion
bakteriya - bioreaktorlar (pastdagi mikrofotografiya) yashaydigan joy.
Ichakni bakteriya-bioreaktorlarini ahoiisi odamni individual 
holatiga bog‘liqmi? Bu savolga javob izlash harakatini birinchilardan 
bo‘lib, AQSH ni Stenford universiteti professori P. Braun boshlagan. U 
o‘zining shogirdlari bilan birga, uzoq vaqt davomida yangi tug‘ilgan 
chaqaloqlami bakterial florasini shakllanishini o‘rgangan. Ular odamni 
individual xususiyatlari, shu jumladan irsiy xususiyatlari ichakdagi 
bakteriyalar tarkibiga katta ta’sir etishini aniqlaganlar.
Vashington universiteti (AQSH) laboratoriyasida o'tkazilgan 
tadqiqotlar, oshqozon-ichak yo‘li bakteriyalarini turlarini xilma-xilligi 
bilan individiumni modda almashinuvini o‘ziga xosligi orasida 
bog‘Iiqlik borligini aniqladilar.
Bundan tashqari, mualliflar semiz odamni ichagidagi mikroflora bi­
lan semirib ketgan sichqon ichagidagi mikroflora orasida ham o‘xshash- 
Iik borligini aniqlagan. Bu semiz odamlarda sog‘lom mikroflorani 
shakllantirish orqali ortiqcha yuk muammosini yechish imkonini beradi.
Shunday qilib, odamni ichidagi bakteriya-bioreaktor muhim 
biokimyoviy reaksiyalami amalga oshiradi. Ular energiya oqimini qayta 
bo‘lib chiqishda qatnashadi va odam organizmidagi hayotiy zarur 
jarayonlami boshqaradi. Bakteriya populatsiyasi muhit ta’sirida 
o'zgaradi va noqulay tashqi ta’sirlarda o‘z-o‘zidan tiklana oladi.
Bu bakteriya-bioreaktorlar odam organizmini o‘zgarib borayotgan 
tashqi muhit moslashuviga yordam beradi va nihoyat uni salomatligini 
yaxshilaydi.
187


«Marsga va boshqa uzoq kosmik obyektlarga qilinadigan safarni
ovqat va issiqlikni to‘xtovsiz chiqarib tura oladigan bioreaktorlarsiz 
tasaw ur qilib bo‘lmaydi». Bu fikrlar NASA tadqiqotchilari amerikalik 
Dj. Kambers va Makkeyga tegishli. Ular atsidofillarga o‘xshagan, 
o‘zIarining 
tabiatlari 
bo‘yicha 
kasallik 
chaqira 
ololmaydigan 
bakteriyalarga e’tibor bilan qaradilar. Bunday bakteriyalar fazogirlar 
uchun xavfli emas. Ular «begona» dunyo uchun ham hech qanday xavf 
tug‘dirmaydi. Boshqacha qilib aytganda, «o'zlari yetib borgan» boshqa 
obyektlami zararlay olmaydi.
NASA 
tadqiqotchilarini 
fikrlariga 
ko‘ra, 
Marsga uchishga 
yaraydigan bakteriyalami maxsus konstruksiya qiiish kerak.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling