Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Shu davrni ichida ichak bakteriyalariga b oigan munosabat
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichakni bakteriya-bioreaktorlarini ahoiisi odamni individual holatiga bog‘liqmi
Shu davrni ichida ichak bakteriyalariga b oigan munosabat
o‘zgardimi? Albatta o'zgardi. Odamni yo‘g‘on ichagida 100 trillionga yaqin bakteriya hujayralari yashashi, bu raqam odam tanasidagi umumiy hujayralar sonidan taxminan 10 marta ko'proq ekanligi aniqlandi (101- rasm). 0 ‘ylab ko‘ring, odam organizmida mikrob hujayra odamni o‘zining hujayrasidan 10 marta ko'proq. Ichakda to‘planadigan bakteriyalar hamjamiyatining genlar to‘plami, odam organizmining genlar to'plamidan taxminan 100 marta ko‘proq. 0 ‘z navbatida, ichakni ichida sodir boiadigan biokimyoviy reaksiyalami hajmi, odam organizmida sodir boiadigan reaksiyalar hajmidan ko‘p marotaba ortiqroq. Hisobsiz bakterial «reaktorlar» xo‘jayin organizmida minglab biokimyoviy reaksiyalami amalga oshiradi, eng muhim almashinuv jarayonlami o‘tishiga yordam beradi. Odam organizmini o‘zi mustaqil ravishda bajara olmaydigan jarayonlar: aminokislotalar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalarni sintezi, organizm uchun xavfli b o ig an zaharli moddalarni parchalanishi va boshqa jarayonlar, albatta odam bilan simbioz yashaydigan mikroorganizmlar yordamida, ya’ni ular ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshadi. 186 101-rasm. Odamni yo‘g‘on ichagi (chapdagi rasm), taxminan 100 trillion bakteriya - bioreaktorlar (pastdagi mikrofotografiya) yashaydigan joy. Ichakni bakteriya-bioreaktorlarini ahoiisi odamni individual holatiga bog‘liqmi? Bu savolga javob izlash harakatini birinchilardan bo‘lib, AQSH ni Stenford universiteti professori P. Braun boshlagan. U o‘zining shogirdlari bilan birga, uzoq vaqt davomida yangi tug‘ilgan chaqaloqlami bakterial florasini shakllanishini o‘rgangan. Ular odamni individual xususiyatlari, shu jumladan irsiy xususiyatlari ichakdagi bakteriyalar tarkibiga katta ta’sir etishini aniqlaganlar. Vashington universiteti (AQSH) laboratoriyasida o'tkazilgan tadqiqotlar, oshqozon-ichak yo‘li bakteriyalarini turlarini xilma-xilligi bilan individiumni modda almashinuvini o‘ziga xosligi orasida bog‘Iiqlik borligini aniqladilar. Bundan tashqari, mualliflar semiz odamni ichagidagi mikroflora bi lan semirib ketgan sichqon ichagidagi mikroflora orasida ham o‘xshash- Iik borligini aniqlagan. Bu semiz odamlarda sog‘lom mikroflorani shakllantirish orqali ortiqcha yuk muammosini yechish imkonini beradi. Shunday qilib, odamni ichidagi bakteriya-bioreaktor muhim biokimyoviy reaksiyalami amalga oshiradi. Ular energiya oqimini qayta bo‘lib chiqishda qatnashadi va odam organizmidagi hayotiy zarur jarayonlami boshqaradi. Bakteriya populatsiyasi muhit ta’sirida o'zgaradi va noqulay tashqi ta’sirlarda o‘z-o‘zidan tiklana oladi. Bu bakteriya-bioreaktorlar odam organizmini o‘zgarib borayotgan tashqi muhit moslashuviga yordam beradi va nihoyat uni salomatligini yaxshilaydi. 187 «Marsga va boshqa uzoq kosmik obyektlarga qilinadigan safarni, ovqat va issiqlikni to‘xtovsiz chiqarib tura oladigan bioreaktorlarsiz tasaw ur qilib bo‘lmaydi». Bu fikrlar NASA tadqiqotchilari amerikalik Dj. Kambers va Makkeyga tegishli. Ular atsidofillarga o‘xshagan, o‘zIarining tabiatlari bo‘yicha kasallik chaqira ololmaydigan bakteriyalarga e’tibor bilan qaradilar. Bunday bakteriyalar fazogirlar uchun xavfli emas. Ular «begona» dunyo uchun ham hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Boshqacha qilib aytganda, «o'zlari yetib borgan» boshqa obyektlami zararlay olmaydi. NASA tadqiqotchilarini fikrlariga ko‘ra, Marsga uchishga yaraydigan bakteriyalami maxsus konstruksiya qiiish kerak. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling