Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Nanomateriallar va nanotexnologiyalarni xavfsizligi sohasidagi
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy tashabbuslar.
4. Nanomateriallar va nanotexnologiyalarni xavfsizligi sohasidagi
milliy va xalqaro loyihalar Dunyoda nanotexnologiyalarni rivojlanish istiqbollariga e ’tibor kuchayib bormoqda. Nanomateriallar haqidagi ilmiy ma’lumotlami majmuasi, ularni butunlay yangi sinf mahsulotlari ekanligini ko‘rsatdi. Shuning uchun ham, nanomateriallami xavfsizligini o‘rganish hamda ulami toksinlik xususiyatini baholash metodologiyasini ishlab chiqish dolzarb muammoga aylangan. Nanotexnologiya sohasida faoliyat olib borayotgan mamlakatlarda, bu sohadagi me’yoriy hujjatlarga talab tobora oshib bormoqda. Milliy tashabbuslar. Nanomateriallar va nanotexnologiya masaialarining xavfsizligiga ko‘piab mamlakatlar qatori, 0 ‘zbekiston ham qiziqish bilan qaraydi. Garchan bu muammoni yechish sohasida qilinadigan ishlar unchalik ko‘zga ko‘rinarli bo‘lmasada, yaqin kelajakda bu sohaga e ’tibor boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Qo‘shni Rossiya mamlakati (bu mamlakatda ham hozircha nanotexnologiya kuchli rivojlangan emas) misolida shuni aytish mumkinki, 2015-yilning oxiriga kelib nanosanoatning sotishga chiqargan mahsulotlar hajmi - 300 mlrd rub ga teng bo‘lishi bashorat qilinmoqda. Nanotexnologiya sohasida davlat siyosatini hayotga tatbiq etish maqsadida Rossiyada 2007-yilda nanotexnologiya bo'yicha korporatsiya tuzilgan. 0 ‘sha yildan boshlab, bu sohada nazorat tizimi tashkil qilingan. Bunda Rossiya fanlar akademiyasi bilan birga davlat tashkilotlari ham ishtirok etadi. 2007-yili Davlat Bosh sanitar vrachining qarori bilan «nanomateriallami miqdoriy aniqlash va identifikatsiya qilish usullari, xavflilik darajasini baholash usuli va toksikologik tadqiqotlar konsep- siyasi» tasdiqlangan. «Konsepsiya»da nanomateriallami, nanobo‘lak- chalami va nanotexnologiyalarni aniqlash, ulami klassifikatsiya qilish va ishlatish sohalari ko‘rsatilgan. Shuningdek, bu hujjatda har bir nanomaterialni toksikologiyasini o‘rganish zarurligi ham ko‘rsatib o‘tiIgan. 211 AQSH da 2000-yili 26 chi federal agentlikni nanotexnologiya sohasidagi faoliyatini koordinatsiya qiluvchi Milliy nanotexnologik tashabbus (NNI) e ’lon qilingan. Bu sohalararo Dastur boMib, u inson salomatligi uchun xavfli boMgan agentlarni zamonaviy toksilogik testlar asosida baholash bilan shug‘ullanadi. Mana shu Dastur doirasida AQSH ni 6ta federal agentligi, nanomateriallardan foydalanishni odam organizmiga zararini (xavfini) nazorat qiladi. Bunday tadqiqotlarni asosi va vazifalaridan biri - nanomahsulotlami xavfsizligini baholash uchun usullar va normativlar ishlab chiqishdan iborat. AQSHning atrof-muhitni muhofaza qiiish agentligi (ERA) nanomateriallardan foydalanib, yaratilgan mahsulotlami ekologik xavfsizligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. Yaponiyada ham ishlab chiqariladigan nanomateriallardan paydo boMadigan potensial xavfni baholash bo‘yicha tizimli nazorat ishlari va tadqiqotlar olib boriladi. Nanomateriallami toksik xususiyatini aniqlash bo‘yicha testlar, xavf-xatami baholash usullari (asosan nafas olganda) bo'yicha tadqiqotlar olib boriladi. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling