Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Tirik organizmga uglerod kuchliroq ta’sir qiladimi yoki


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186
Tirik organizmga uglerod kuchliroq ta’sir qiladimi yoki 
trubkaga o‘\shagan nanostrukturami? Bu savolga javob berish uchun 
qo‘shimcha tajribalar o'tkazilgan. Bu tajribalarda nanotrubka yasalgan 
material, ya’ni 
uglerod hujayraga hech qanday toksik ta’sir
209


ko‘rsatmasligi aniqlangan. Toksik (bakteritsid) ta’sirga, aynan trubka 
shaklidagi nanostruktura ega ekanligi ham aniqlangan. Nanotrubka bilan 
inkubatsiya qilinganda, bakteriyalar soni 2 soatdan keyin 2 martagacha 
kamayganligi kuzatilgan.
NanoboMakchalami trubkasimon strukturasi, bakteriyalami hujayra 
devorini mexanik parchalab tashlaganligi va nihoyat bakteriya 
hujayralarini oMimga olib kelganligi ham aniqlangan. Tirik organizm 
uchun uglerodli nanotrubkalar xavflimi yoki shahar havosimi? Bu 
savol bilan ham AQSH olimlari boshqalardan ko‘ra ko‘proq qiziqqanlar. 
Ular uglerodli nanotrubkalami va shahar havosining qonni ivishiga 
ta’sirini o'rganganlar. Olimlar o‘z tajribalarida, nanozarrachalar o‘pka 
orqali qonga o‘tib, trombotsitlar bilan o‘zaro munosabatga kirishib, bir- 
biriga yopishgan holda qonni ivishini oshirgan. Ayniqsa, aralashma 
uglerodli nanozarrachalar ko‘proq trombotsitlami yopishishiga sababchi 
boMgan. Keyin bir devorli 
->
ko‘p devorli -> shahar havosi egallagan.
Tadqiqotlar natijasida aralashgan uglerodli nanoboMakchalar eng 
ko‘p negativ samaraga ega ekanligini ko‘rsatgan. Bunday samara odam 
trombotsitlarini bir-biriga yopishishi kuchayganligida va laboratoriya 
hayvonlarining uyqu arteriyasida to‘siqlar paydo boMganligida namoyon 
boMgan. Tajribalarda har xil strukturaga ega boMgan uglerodli 
nanotrubkalar ishlatilgan va ulami samaralari bir-birlariga nisbatan 
quyidagicha boMgan:
birinchi o ‘rinni - aralashgan uglerodli nanotrubkalar;
ikkinchi o‘rinni - bir qavatli uglerodli nanotrubkalar;
uchunchi o‘rinni - ko‘p qavatli nanotrubkalar;
to‘rtinchi o'rinni - shahar havosi egallagan.
Yuqorida keltirilgan misollar va o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan 
natijalar asosida, nanomateriallami toksinlik xususiyati quyidagilarga 
bogMiq ekanligini aytish mumkin:
- nanomateriallami fizik tabiatiga;
- nanomateriallami olish usuliga;
-nanom ateriallam i oMchamiga;
- nanomateriallami strukturasiga;
- tajriba o‘tkaziladigan biologik obyektga;
- nanoboMakchalami bir marta yuboriladigan dozasiga;
- nanoboMakchalami yuborishni (kiritish) tartibiga.
Shuni ta’kidlash lozimki, nishon - organlar va toksik samarani 
rivojlanish mexanizmi xilma-xil. Bir xil nanomateriallar o ‘zlarining fizik 
tabiati tufayli, faol formadagi kislorod hosil boMishini induksiya qilsa,
210


boshqasi to‘qima to‘siqlaridan o‘tib, hujayra plazmalemmasini ichiga 
kirib, hujayra ichidagi komponentlar bilan o‘zaro munosabatlarga 
kirishadi.
Boshqa 
bir 
nanomateriallar 
esa, 
organoidlaming 
biologik 
membranalarini va plazmalemmalami buzib, ulami toksik va boshqa 
xavfli moddalar uchun o‘tadigan qilib qo'yadi.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling