Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Gen muhandisligi bo‘yicha tajribalarni muvaffaqiyatli o‘tkazish


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   186
Gen muhandisligi bo‘yicha tajribalarni muvaffaqiyatli o‘tkazish 
uchun eksperimentator qanday aniq vazifalarni hal qilishi zarur?
Gen-injenerlik ishlami olib borish uchun 3 vazifani bajarish talab 
qilinadi:
1) hujayraga ko‘chirib o‘tkazishga yaraydigan rekombinant DNK 
yaratish;
2) rekombinant DNK ni hujayraga kiritish usullarini ishlab chiqish;
109


3) 
xo‘jayin - organizm hujayrasiga kiritilgan genlarni nonnal 
faoliyat ko'rsatishi uchun sharoit yaratish.
Gen muhandisligida olib boriladigan har bir tadqiqot bir necha 
bosqichda amalga oshiriladi:
1) 
kerakli gen tabiiy manbalardan ajratib olinadi yoki kimyoviy yo‘l 
bilan sintez qilinadi;
65-rasm. Gen muhandisligi usullari yordamida yaratilgan makkajo 'xorini 
yangi navlar urug'larining ко 'rinishi.
DNK
Rekombinat
DNK
vektor
66-rasm. Rekombinant (gibrid) DNK ni yaratilishi.
110


2) vektor (kerakli genni hujayraga tashib o‘tuvchi DNK molekulasi) 
tanlanadi;
3) vektor va tashib o'tadigan gen yagona strukturaga birlashtiriladi 
(DNK ni rekombinant molekulasi) (66-rasm);
4) vektor va gen saqlovchi birlashgan struktura xo‘jayin -
organizmning hujayrasiga kiritiladi.
2. Boshqa organizmga kiritish uchun gen ajratib olish usullari
Yangi genetik konstruksiyalar DNK molekulasiga yangi gen (donor
- organizmining DNK sini fragmenti) kiritish 
yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Shunday «transplantatsiya» uchun genni qanday olish 
mumkin? Hozirgacha bu masalani yechishni 3 usuli ma’lum:
Birinchidan, gen ajratib olish tegishli mRNK olishdan ko‘ra 
qiyinroq bo‘lganligi uchun teskari transkripsiya reaksiyasidan foyda­
lanish mumkin. Uni mohiyati shundan iboratki, revertaza fermenti 
RNK molekulalarini matritsa qilib ishlatib, DNK sintez qiladi. Revertaza 
yordamida deyarli har qanday genlami sintez qiiish mumkin. Buning 
uchun muayyan genga mos keladigan mRNK ajratilgan va tadqiqotni 
ixtiyoriga berilgan boMishi kerak. Xuddi shu usulda, odam ko'zining 
xrustalidagi oqsilni sintezini kodlovchi gen, shuningdek, tuxum oqsili va 
ipak fibrioni oqsilining sintezini kodlovchi genlar olingan.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling