Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Ikkinchidan, genni sun’iy, ya’ni kimyoviy sintez yoMi bilan olish
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan, tabiiy manbalardan gen ajratish.
Ikkinchidan, genni sun’iy, ya’ni kimyoviy sintez yoMi bilan olish
mumkin. Bunday sintezni birinchi boMib, 1969-yilda G. Korana boshchiligida ilmiy jamoa amalga oshirgan. Dastlab, sintez qilingan gen faol chiqmaganligi sababli, bu jamoa tajribalami davom ettirishgan va biroz vaqt o‘tgandan keyin, o‘z maqsadlariga erishganlar, ya’ni dunyoda birinchi bo‘lib, funksional faol gen sintez qilganlar. Bu gen ichak tayoqchasining mRNKsini kodlagan. Hozirgi vaqtda ko‘plab genlar kimyoviy sintez yo‘li bilan olinadi. Ular orasida insulin, somatotropin, somastatin va boshqa gormonlami sintezini kodlovchi genlar bor. Uchinchidan, tabiiy manbalardan gen ajratish. Bu juda murakkab vazifa, chunki organizmda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ko‘p minglab genlar orasidan keraklisini, muayyan belgini amalga oshishini nazorat qilib turganini ajratib olish kerak. Buning uchun ajratilishi kerak boMgan genni DNK molekulasida joylashgan joyini aniq bilish kerak va o'sha joydan tegishli spetsifiklikka ega boMgan restriktaza fermenti yordamida kesish kerak. Kerakli genni qaysi joyda joylashganligini bilish uchun plazmida ishlatiladi. Plazmida har xil genlarga kirib olib, 111 ularni mutatsiyasini chaqiradi. Mutant belgilari bo‘yicha kerakli gen kirgan joyi aniqlanadi va u plazmidadan ajratib olinadi. Uzoq vaqt davomida DNK tarkibidagi kerakli genni aniqlash va uni kesib olish qiyin vazifa bo'lgan. DNK spirallari chalkashgan, ulami uzunligi bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha bo‘lib, halqaga o‘ralib oladi va o'zini genini «bekitishga» harakat qiladi. Diametri 1-2 nanometrga teng bo‘lgan nozik, ya’ni tez sinuvchi molekulalar spiralni to‘g‘rilab olish va tarqatishga qaratilgan har qanday tadbirlar, urinishlar ta’sirida tez sinadi. Bunday holatda, kerakli genni qidirish y o iid a bajarilgan ishlar muvaffaqiyatsiz chiqqan. Shunday qilib, kerakli genni DNK dan ajratib olish muammosi 20 yildan ko‘proq vaqt davom etgan mashaqqatli tadqiqotlarda ham kerakli samara bermagan. Namunani sirti obyektiv * Optik ushlagich ^ B D N K zanjiri A ^ Lazer Intensivlik Optik ushlagich ichidagi streptavidindan tayyorlangan munchoq (d=l mkrn) Linza 67-rasm. «Optik ombir» lar yordamida DNK molekulasining cho ‘zish sxemasi. Faqatgina XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib, Yaponiyaning Kioto universiteti olimlari DNK spiralini «optik ombir»lar yordamida cho'zish usulini yaratganlar. «Optik ombir» ba’zida «optik tutqich» yoki «lazerli pinset» deb ham ataladi. «Optik ombir» - o‘tkir fokuslangan lazer nurlaridan iborat bo‘lib, bu nurlar DNK molekulasini ushlab qolish xususiyatiga ega (67-rasm). 112 Ko'pincha tekshiriladigan molekulaning oxiriga kimyoviy moddalar yordamida tiniq dielektrik Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling