Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Begona DNK qanday qilib xo‘jayin - organizm


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   186
Begona DNK qanday qilib xo‘jayin - organizm 
hujayralariga kiritiladi? Olimlar begona DNK (gen) kiritishni bir 
necha usullarini ixtiro qilganlar.
1. 
Mikroinyeksiya. Vektorni diametri 100 nm ga teng bo‘lgan nozik 
shisha trubkachalar (mikropipetkalar) va mikromanipulatorlar yordamida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujayra yadrosiga kiritish mumkin (70-rasm). Bir 
inyeksiya bilan 100 dan 300 minggacha vektorlami kiritish mumkin.
115


70-rasm. DNK (vektorni) hujayra yadrosiga mikroinyebiya usuli 
yordamida kiritish.
2. Liposomalarga o‘rash. Liposomalar - sferik (dumaloq) 
membranali pufakchalar bo‘lib, ulami devori lipidlardan tuzilgan. 
Liposomani ichi vektorlar bilan toMdiriladi. Liposomalar hujayra 
membranalarining 
lipid qo‘shqavatiga kiradi 
va unda eriydi, uni 
ichidagilar (vektorlar) esa, hujayrani sitoplazmasiga tushib oladi.
3. Transfeksiya. Vektorlarga kalsiy ionlari bilan ishlov beriladi. 
Hosil bo‘lgan ionlami nanokomplekslari va vektorlar hujayra 
membranalaridan ajralib chiqadigan 
fragmentlar bilan o‘raladi. 
Membranalarga joylashib (o‘ralib) olgan nanokomplekslar (vektorlar va 
kalsiy ionlari) mikropufakchalar ko‘rinishida hujayrani sitoplazmasiga 
o‘tib oladi. Bu usuldan vektorlami eukariot hujayralarga kiritish 
maqsadida foydalaniladi.
4. Elektroporatsiya. Hujayraga yuqori kuchlanishga ega boMgan 
(200-350 volt, davomiyligi 54 ms) impulslar bilan ta’sir etganda, 
hujayra membranalarini o'tkazuvchanligi oshadi. Membranada qisqa 
muddatli paydo boMadigan mikroteshikchalar orqali vektorlar atrof- 
muhitdan (eritmadan) hujayra sitoplazmasiga kirib oladi.
5. Mikrobo1 lakchalar bilan bombardirovka qiiish. Bu usul 
o‘simliklar gen injeneriyasida ishlatiladigan eng samarali usullardan biri. 
Kiritish uchun urug‘ni pishib yetilmagan murtagidan foydalaniladi. 
Ulami oltin yoki volfram (diametri 600 nm atrofida) kukunlari bilan 
bombardirovka qilinadi. Dastlab kukunlami usti vektorlar bilan o‘rab 
olinadi. Bu kukunchalar (boMakchalar) bilan «gen pushka»lari 
0
‘qlanadi.
116


Pushkalar otilgandan keyin, kukunchalar o‘simlik hujayrasiga kirib 
oladi. Otish markazida joylashgan hujayralar nobud bo‘ladi, ammo 
markazdan 0,6-6,0 sm uzoqda joylashgan hujayralar vektorlarga kiritish 
uchun juda qulay boMadi. Eng sodda va original «gen pushkasini» 
rossiyalik olim R.K. Salayev ixtiro qilgan (71-rasm). Vektorlar 
yopishtirilgan oltin sharchalar teflondan yasalgan pushkaga joylashtirib 
otishga tayyorlanadi.
Otilgandan keyin o‘q stvoldan uchib chiqadi va nasadkani teshigida 
ushlanib qoladi. Inersiya kuchi ta’sirida vektorlar yopishtirilgan oltin 
sharchalar otilib chiqib, nasadkani (uchlik) oxiridan 10-15 sm uzoqlikda 
turgan o'simlik hujayrasiga qarab uchadi. Hujayrani va uning yadrosini 
teshib o‘tib, ular vektorlami o‘simlik hujayralari DNKsi molekulasiga 
yetkazib beradi.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling