Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Begona DNK qanday qilib xo‘jayin - organizm
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Liposomalarga o‘rash.
- Transfeksiya.
- Elektroporatsiya.
- 5. Mikrobo1 lakchalar bilan bombardirovka qiiish.
Begona DNK qanday qilib xo‘jayin - organizm
hujayralariga kiritiladi? Olimlar begona DNK (gen) kiritishni bir necha usullarini ixtiro qilganlar. 1. Mikroinyeksiya. Vektorni diametri 100 nm ga teng bo‘lgan nozik shisha trubkachalar (mikropipetkalar) va mikromanipulatorlar yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujayra yadrosiga kiritish mumkin (70-rasm). Bir inyeksiya bilan 100 dan 300 minggacha vektorlami kiritish mumkin. 115 70-rasm. DNK (vektorni) hujayra yadrosiga mikroinyebiya usuli yordamida kiritish. 2. Liposomalarga o‘rash. Liposomalar - sferik (dumaloq) membranali pufakchalar bo‘lib, ulami devori lipidlardan tuzilgan. Liposomani ichi vektorlar bilan toMdiriladi. Liposomalar hujayra membranalarining lipid qo‘shqavatiga kiradi va unda eriydi, uni ichidagilar (vektorlar) esa, hujayrani sitoplazmasiga tushib oladi. 3. Transfeksiya. Vektorlarga kalsiy ionlari bilan ishlov beriladi. Hosil bo‘lgan ionlami nanokomplekslari va vektorlar hujayra membranalaridan ajralib chiqadigan fragmentlar bilan o‘raladi. Membranalarga joylashib (o‘ralib) olgan nanokomplekslar (vektorlar va kalsiy ionlari) mikropufakchalar ko‘rinishida hujayrani sitoplazmasiga o‘tib oladi. Bu usuldan vektorlami eukariot hujayralarga kiritish maqsadida foydalaniladi. 4. Elektroporatsiya. Hujayraga yuqori kuchlanishga ega boMgan (200-350 volt, davomiyligi 54 ms) impulslar bilan ta’sir etganda, hujayra membranalarini o'tkazuvchanligi oshadi. Membranada qisqa muddatli paydo boMadigan mikroteshikchalar orqali vektorlar atrof- muhitdan (eritmadan) hujayra sitoplazmasiga kirib oladi. 5. Mikrobo1 lakchalar bilan bombardirovka qiiish. Bu usul o‘simliklar gen injeneriyasida ishlatiladigan eng samarali usullardan biri. Kiritish uchun urug‘ni pishib yetilmagan murtagidan foydalaniladi. Ulami oltin yoki volfram (diametri 600 nm atrofida) kukunlari bilan bombardirovka qilinadi. Dastlab kukunlami usti vektorlar bilan o‘rab olinadi. Bu kukunchalar (boMakchalar) bilan «gen pushka»lari 0 ‘qlanadi. 116 Pushkalar otilgandan keyin, kukunchalar o‘simlik hujayrasiga kirib oladi. Otish markazida joylashgan hujayralar nobud bo‘ladi, ammo markazdan 0,6-6,0 sm uzoqda joylashgan hujayralar vektorlarga kiritish uchun juda qulay boMadi. Eng sodda va original «gen pushkasini» rossiyalik olim R.K. Salayev ixtiro qilgan (71-rasm). Vektorlar yopishtirilgan oltin sharchalar teflondan yasalgan pushkaga joylashtirib otishga tayyorlanadi. Otilgandan keyin o‘q stvoldan uchib chiqadi va nasadkani teshigida ushlanib qoladi. Inersiya kuchi ta’sirida vektorlar yopishtirilgan oltin sharchalar otilib chiqib, nasadkani (uchlik) oxiridan 10-15 sm uzoqlikda turgan o'simlik hujayrasiga qarab uchadi. Hujayrani va uning yadrosini teshib o‘tib, ular vektorlami o‘simlik hujayralari DNKsi molekulasiga yetkazib beradi. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling