Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqa DNK dan qo‘shimcha nanokonstruksiya qanday qilib yaratiladi Boshqa
«munchoqchalar»
qotiriladi. Bu «munchoqchalar» qandaydir sinish koeffitsiyenti muhitga nisbatan yuqoriroq bo‘Igan polimerlardan tayyorlanadi. Natija beradigan kuch munchoqni lazer nurining intensivligi maksimal bo‘lgan zonaga, ya’ni uni markaziga qarab tortadi. Yaponiya olimlari «munchoqcha» o'm iga «Z» harfiga o‘xshagan mikroilgak va mikromokkilar ishlatganlar (68- rasm). Mikroilgak DNK spiralidagi olimlami qiziqtirgan qismni o‘rganish imkonini beradi. Lazerlar yordamida olimlar bo'linadigan achitqi zamburug'ining xromosomali DNKsini spiralini ilib olib, ularga shikast yetkazmasdan cho‘zish va keyin ikki mikromokkichaga, xuddi ip o'raydigan g'altakka o'xshab o‘rab olishga erishganlar. DNK molekulasi cho'zilgan holatda boMganida, kerakli genni uchlamchi fazoda turgan joyini aniqlash ancha oson bo‘ladi. To‘plangan lazer nuri Mikromokkilar Linza 68-rasm. DNK spiralini mikroilgak yordamida ilib olish va keyin tortib, mikromokkilarga о ‘rab olishni sxematik ко ‘rinishi. 113 Ajratib olingan yoki sintez qilingan DNK fragmenti (gen) o‘zidan o‘zi mustaqii ravishda, xo‘jayin - organizm hujayrasiga kira olmaydi. Tadqiqotchilami aniqlashicha, genni ko‘chirib o‘tkazish va uni faoliyat ko‘rsatishi uchun boshqa organizmni DNKsi asosida yaratilgan qo‘shimcha nanostruktura zarur boMar ekan. Savol tugMladi: Boshqa DNK dan qo‘shimcha nanokonstruksiya qanday qilib yaratiladi? Boshqa organizm DNK sidan yaratiladigan qo‘shimcha nanokonstruksiya «vektor» deb nomlangan. Vektor boshqa organizmga kiritishga moMjallangan gen saqlaydi va xo‘jayin organizm hujayrasini DNKsiga kirib olish xususiyatiga ega. Uni keyinchalik topish qulay bo‘lishi uchun, ba’zida nishonlab qo'yiladi. Vektorlar DNK plazmidalari va viruslar asosida yaratiladi. Eng sodda plazmidali vektor quyidagi komponentlardan iborat: 1-xo‘jayin - hujayra DNK siga kirishi kerak bo‘lgan gen; 2-plazmida va ko'chirib oMqaziladigan genni replikatsiyasini ta’minlovchi qism; 3-gen kiritilgan plazmidani saqlovchi hujayrani aniqlash imkonini beruvchi marker; 4-plazmida DNK si. Tirik organizm hujayrasida rekombinatsiya jarayoni faqat gomo- logik (bir xil) DNK molekulalari orasida sodir boMadi. Organizmdan tashqarida sodir boMadigan rekombinatsiya, kelib chiqishi har xil boMgan DNK molekulalari orasida sodir boMishi mumkin. Bu gen muhandisligi usullarining imkoniyatlarini anchagina kengaytiradi. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling