Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Tajriba bosqichi(1978-1985 yillar)


Download 0.98 Mb.
bet47/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Tajriba bosqichi(1978-1985 yillar). 1980 yillarda Xitoy iqtisodiyoti va fan texnika taraqqiyoti rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidan va ilm fanidan hali ancha orqada edi. 1960 yillarda o‘zlashtirilgan fan va texnologiyalarni rivoj­lanti­rishning Sovet modeli tadqiqot va ishlab chiqarishni birlash­tirol­masligi aniq bo‘la boshladi. Islohotlar, avvalambor, tadqiqot institutlarning ba’zi qismlarini xususiylashtirish or­qa­li boshlandi. Bu islohot tadqiqot institutlarini moliya­lash­ti­rish­ni osonlashtirdi va keyinchalik ularda muhim innovatsiya­lar­ni yara­tilishiga xizmat qildi. Xitoyning hozirgi ko‘pchilik texno­lo­giya kompaniyalari o‘sha davrda tashkil topdi. Ularga kompyuter xizmatlari va mahsulotlari ishlab chiqaruvchi LenovoGroupLtd. (avval Legend Computer) – Xitoy fanlar akademiyasi axborot texnologiyalar institutidan ajralib chiqqan korxona, raqamli texnologiyalar ishlab chiqaruvchi FounderGroupLtd. Konglomerati– Pekin universiteti loyihasi asosida yaratilgan korxona hisob­lanadi.
Tizimli islohotlar(1985-1995 yillar).
1985 yilda qabul qilingan “Fan va texnologiyada tizimli islohot” qonuni Xitoyda “tepadan pastga” ko‘rinishdagi islo­hot­larni o‘tkazilishiga olib keldi. Bu qonunning birlamchi maqsadi tadqiqot institutlari va tegishli sanoat tarmoqlari o‘rtasida aloqalarni kuchaytirish edi. Shu bilan birga, fan va texno­lo­giya­ning iqtisodiy ta’sirini oshirish maqsad qilingan edi. Bu qo­nunga asoslangan islohotlar natijasida Xitoy tabiiy fanlar jam­g‘armasi tashkil etildi. Bu jamg‘arma amaliy tadqiqotlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullana boshladi. Ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish uchun 863 dasturi(1986 yilda), Uchqun reja­si(1986 yilda), Shu’la rejasi(1988 yilda) kichik va o‘rta korxo­nalar uchun mo‘ljallangan Shenjen qimmatli qog‘ozlar birjasi (1990 yilda) ishga tushirildi. Oliy ta’limni rivojlantirish maqsadida 1993 yilda Xitoy hukumati “211 loyiha” dasturini ishlab chiqib, amaliyotga joriy eta boshladi. Hukumat har bir viloyatning eng yetakchi universitetlarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus byudjet mablag‘larini ajrata boshladi. Shu vaqt davomida Xitoy fanlar akademiyasining “100 ta talant” dasturi shakl­lanti­ri­lib, xorijda bo‘lgan malakali milliy kadrlarga ta’lim sohasida ish taklif qilish va ularni vataniga qaytarish vazifasi qo‘yi­ldi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling