Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
Tayanch iboralar
Innovatsiya, investitsiya, siyosat, fan, texnologiya, resurs, innovatsion model, kapital bozori, venchur kapitali,venchur biznesi. Nazorat va muhokama uchun savollar 1.Venchur biznesi xususida nimalarni bilasiz ? 2.Global iqtisodiyot sharoitida Yevropa ittifoqi innovatsion faoliyat bo‘yicha qanday tadqiqot turlarini rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ? 3.Yaponiya va Buyuk Britaniyaning inkubatorlar va ilmiy texnologik parklar yaratish bo‘yicha tajribalari xususida nimalarni bilasiz ? 4.Xitoyda yuqori texnologiyali sanoat klasterlarining yaratilishi qaysi sohalarni jadal rivojlanishiga olib keldi ? 11‑mavzu. Korxonalarda eksport salohiyatini oshirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish Reja11.1.Korxonalarga innvoatsion marketing joriy etishning ahamiyati. 11.2.O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy innovatsion marketing strategiyalarini joriy etish masalalari. 11.3.Korxonalarda eksport imkoniyatlarini kengaytirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari. 11.1.Korxonalarga innvoatsion marketing joriy etishning ahamiyati Marketing mazmunan bozor munosabatlariga xos mexanizm hisoblanadi. U milliy iqtisodiyotning barcha jabhalarida tovar-pul munosabatlari va qiymat qonuniga amal qilib xo‘jalik yuritishga asoslangan. Shunga ko‘ra marketing o‘z ichiga ishlab chiqarish va uni tashkil etish, ishlab chiqarilgan tovarlar harakatini boshqarish, ularni sotish hamda sotishni rag‘batlantirish, reklamani tashkil qilish, tovar bilan bog‘liq servisni yo‘lga qo‘yish jarayonlarini oladi. Marketing faoliyatining asosiy tarkibiy qismiga bozorni kompleks o‘rganish, marketing strategiyasi va taktikasini to‘g‘ri belgilash, tovar ishlab chiqarish uslublarini keng ma’noda baholash, bozorning holatini va rivojlanish yo‘llarini o‘rganish kabi masalalar kiradi. Markenting inson faoliyati mahsuli bo‘lib, shu faoliyatning samarali bo‘lishini ta’minlovchi xo‘jalik mexanizmidir. Milliy iqtisodiyotda marketing tizimini keng qo‘llash har bir korxona faoliyati uchun bir maqsadga iste’molchilar talabini qondirish orqali yuqori foyda olishga erishishdir. Korxonalarning bozorga kirishi va unda mustahkam o‘rnashishidan ko‘zlangan asosiy maqsadlar tarkibi quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; mahsulot turlarini bozor talabiga mos holda rivojlantirib borish; eng kam moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari xarajatiga erishi; zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish va uni texnik-texnologik taraqqiyot natijalari bilan muntazam rivojlantirib borish va hokazolar. Korxonalarning ko‘zlagan maqsadlari marketing faoliyatining har bir jarayonida mavjud bo‘ladi – sifatli, arzon va ishlatilishi bo‘yicha qulay mahsulotlar ishlab chiqarish, mahsulotlarni tashish va saqlash jarayonlarning kam xarajatli bo‘lishini ta’minlash, mahsulotlar sotilishini tezlashtirish yo‘llarini aniqlash va boshqalar. Bugungi kundan mamlakatimizning ishlab chiqarish korxonalari, nafaqat, mahalliy bozorni kerakli tovarlar bilan to‘yintirishga xizmat qilishmoqda, ayni paytda, ular jahon bozoriga chiqish, o‘rnashish va ma’lum turdagi tovar bilan mustahkamlanib olishni maqsad qilib olishgan. Har bir korxona uchun jahon bozorida savdo qilish sharafli ko‘rsatkich hisoblanadi. Tabiiyki, bu mamlakatimizning ravnaqi uchun ham muhim omil sanaladi. Amaliyot shundan dalolat beradiki, iqtisodiy o‘sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ilmiy-texnik innovatsiyalar hisoblanadi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik sub’ektlari innovatsion jarayonda markaziy rol o‘ynaydi, innovatsiyalar esa texnik taraqqiyot sur’ati yuqori bo‘lgan tarmoqlarda asosiy raqobat quroli hisoblanadi. Innovatsiyaga erishgan korxona marketing sohasida ham yetakchi hisoblanadi. “Innovatsion marketing ‒ buyangi tovarlar yoki xizmatlar yaratish, kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan marketing texnologiyalari majmuidir”61. Korxonada innovatsion marketing ob’ektlari bo‘lib innovatsion mulk, innovatsion xomashyo va materiallar, innovatsion tovarlar va xizmatlar, innovatsion texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni siljitishning innovatsion usullari, boshqaruvni tashkil etishning yangi shakllari hisoblanadi. Innovatsion marketing – bu korxona faoliyatining samaradorligini oshirish uchun yangi usullar va vositalarni joriy etish majmuasidir. Bu an’anaviy marketing konsepsiyalaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi– mahsulot va xizmatlarni uzluksiz takomillashtirib borish hisoblanadi. Korxonalarning yangiliklarni yaratish, joriy etish, o‘zlashtirish va sotish faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yangi g‘oyalarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish, yangi mahsulotlarning tajriba namunalarini yaratish; yangi tur mahsulotlar ishlabchiqarish uchun zarur xomashyo va materiallarni tanlash; yangi mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish; yangiliklarni joriy etishga qaratilgan yangi tashkiliy-boshqaruv qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish; innovatsion axborot ta’minotini ishlab chiqish va olish; ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish bo‘yicha xodimlarni tayyorlash, o‘qitish va malakasini oshirish; mahsulotlarning xossalarini iste’molchilarning talab va ehtiyojalariga moslash; yuqori darajadagi sifat ko‘rsatkichlariga erishish borasida tadqiqotlar olib borish; litsenziyalashtirish, patentlashtirish va nou-xaularga egalik qilish bo‘yicha kerakli hujjatlarga ega bo‘lish va boshqalar. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida texnologiyaning yuqori sur’atda o‘zgarishi, mahsulotlarning hayotiylik davrining tezlashishi korxona raqobatbardoshligini innovatsiyalardan foydalanmay turib oshirishning imkoni mavjud emasligini hayotning o‘zi isbotlamoqda. Korxona raqobatbardoshligi, uning ma’lum bir sohada boshqa raqiblardan ustunligini– resurslardan samarali foydalanishni hamda innovatsion marketingning yo‘lga qo‘yilganini aks ettiradi. Korxona raqobatbardoshligini oshirish yo‘llaridan biri – innovatsiyalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish hisoblanadi. Shuningdek, bozor sharoitlarining doimiy o‘zgarishi marketingda innovatsiyalarni qo‘llash zaruratini oshirmoqda. Inqirozli vaziyatlar sharoitida iste’molchilar ehtiyojiga tayangan holda mahsulot ishlab chiqarish, korxonani bozorda raqobatbardoshligini oshiradi va o‘z faoliyatini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini beradi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, texnologik innovatsiyalar uchun moliyaviy resurslar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda, innovatsion marketing korxonaning raqobat kurashida asosiy dastak bo‘lib xizmat qiladi. Korxonaning bozor muhitidagi faoliyati uning mahsuloti va xizmatlarini iste’mol qiluvchi shaxslar tomonidan belgilanadi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida iste’molchi qirol. Uning xohish- istagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni harakatga keltiradi. Korxona qachon foyda ko‘padi? Qachonkim, u taqdim etayotgan tovar va xizmatlar iste’molchilapning talabini qondipgandan so‘nggina foyda ko‘padi. Iste’molchilar korxona mahsulot va xizmatlarini, ularni yaratish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan ko‘proq baholasa, korxona rivojlanadi, aks holda unga tashqi yordam zarur bo‘ladi yoki bunday korxona inqirozga yuz tutadi. Ma’lumki, tadbirkorlikning asosiy maqsadi mijozlarni jalb qilish bo‘lganligi sababli, korxonaning ikkita asosiy funksiyasi mavjud: marketing va innovatsiya. Marketing innovatsiyalari deganda yangi yoki sezilarli yaxshilangan marketing uslublarini joriy etish tushuniladi, ya’ni: mahsulotlarning dizayni va qadoqlanishida jiddiy o‘zgarishlar; mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo‘yicha, shuningdek, ularni bozorlarga tanitish va olg‘a siljitish bo‘yicha yangi uslublardan foydalanish; yangi narx strategiyalarini shakllantirish kabilar. Innovatsion marketing– yangi mahsulotlar, uskunalar, xizmatlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularni bozorda sotish uchun yangi marketing usullaridan foydalanish bilan bog‘liq. Korxonalar faoliyatini chuqur tahliliga asosan, marketingda innovatsiyalardan foydalanish– iste’molchilar talabini to‘liq qondirish hamda yangi bozorlarni egallash imkoniyatini beradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling