Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-mavzu. O‘zbekistonmilliyinnovatsiontizimi Reja
- 12.1. O‘zbekistonda milliy innovatsion tizim va iqtisodiyotni innovatsion iqtisodiyotga o‘tishning dolzarbligi, mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi (2030 yilgacha)
Tayanch iboralar
Marketing, texnologiya, eksport, import, iqtisodiyotning globallashuvi, axborot tizimlari,brendlash, brending, tarmoq marketingi, kross-marketing. Nazoratvamuhokamauchunsavollar 1.Innovatsionmarketingtexnologiyalarining o‘zigaxosxususiyatlarinimadaniborat? 2.Eksportniamalgaoshirishdatarmoqmarketingining ahamiyati? 3.Eksporttovarlarnibrendlashning ahamiyatiniizohlang? 4.Kross-marketing – bu nima? 12-mavzu. O‘zbekistonmilliyinnovatsiontizimi Reja 12.1. O‘zbekistonda milliy innovatsion tizim va iqtisodiyotni innovatsion iqtisodiyotga o‘tishning dolzarbligi, mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi (2030 yilgacha) asosiy yo‘nalishlari. 12.2. Respublikamizda fan-ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasi va bu borada O‘zbekistonning jahon bozoridagi roli va o‘rnini oshirish. 12.3. Respublikamizda milliy innovatsion tizimni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari. 12.1. O‘zbekistonda milliy innovatsion tizim va iqtisodiyotni innovatsion iqtisodiyotga o‘tishning dolzarbligi, mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi (2030 yilgacha) asosiy yo‘nalishlari Bugungi kunda respublikamiz milliy iqtisodiyoti oldida turgan dolzarb masalalardan biri mamlakatni innovatsion rivojlantirish asosida taraqqiy ettirishdan iborat. Respublikamizda O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirishning muhim sharti bu iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash hamda shu asosda milliy innovatsion tizimni shakllantirish hisoblanadi. O‘zbekistonda innovatsiyani rivojlantirish va milliy innovatsion tizimning huquqiy asoslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi PQ-3682-sonli Qarori, 2018 yil 5 maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3697- sonliQarori, 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-son,2018 yil 14 iyuldagi “Ilmiy va ilmiy texnikatsiya faoliyat natijalarini tijoratlashtirish sama-radorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855- son, 2018 yil 6 avgustdagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni integratsiya qilish tizimi samaradorligini oshi-rishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3899-son Qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni(2019 yil 29 oktyabr)va boshqa tegishli normativ huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Respublikamizda innovatsion iqtisodiyotga o‘tishda milliy innovatsion tizimni shakllantirish va rivojlantirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Har bir rivojlangan davlatning mus-taqil milliy innovatsion tizimi shu davlat milliy xususiyatlari va iqtisodiy shart-sharoitlaridan kelib chiqib shakllantirilgan bo‘ladi. Milliy innovatsion tizim tushunchasini birinchi bo‘lib, fan-ga kiritgan va uni “milliy innovatsion tizim” deb atagan olim amerikalik K.Frimen (1987 yil) hisoblanadi68. Milliy innovatsion tizim deyilganda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun shunday yangi innovatsion siyosatni ishlab chiqish va uni rivojlantirishdan iboratki, bunda hukumat bilan birgalikda turli ilmiytadqiqot muassasalari (institutlar) yangi texnologiya, yangi innovatsion g‘oyalarni o‘z ichiga oluvchi innovatsion jarayonlarni hamkorlikda yaratishdan iboratdir. Boshqacha aytilganda, milliy innovatsion tizim, mamlakatning bosh milliy innovatsion strategiyasini amalga oshiruvchi yangi bilimlar, yangi texnologiyalar hamda yangi g‘oyalarni tashkil etish, saqlash va ularni uzatishni amalga oshirishdan iboratdir. Shuningdek, milliy innovatsion tizim, milliy iqtisodiyot uchun ko‘proq foyda olish va yuqori samaradorlikka erishish uchun intellektual salohiyatga ega bo‘lgan insonlarning aqliy mehnati samarasidan (ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va hokazolar) foydalanish natijasida yangi milliy innovatsion siyosatni tizimli amalga oshirishdan iboratdir. Respublikamizda milliy innovatsion tizimning zaruriyati jahon iqtisodiyotining globallashuv sharoitida iqtisodiyotning innovatsiyaga asoslangan tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan Xitoy, Janubiy Koreya, Singapur kabi mamlakatlar tajribasidan respublikamiz milliy iqtisodiyotida foydalanish hamda alohida olingan milliy innovatsion tizimni shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqadi. O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni rivojlantirish va shakllantirish hamda tartibga solish mas’uliyati O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligiga yuklatilgan. Respublikamizda milliy innovatsion tizimni shakllantirish va rivojlantirish zaruriyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Birinchidan, respublikamizda innovatsiya yaratilayotgan korxona va tashkilotlar uchun bu jarayonni yagona bir tizimi mav-jud emasligi. Ikkinchidan, respublikamizda fan-ta’lim, ishlab chiqarish bo‘yicha bir-birini bog‘lab turuvchi yagona innovatsiyaga asoslangan innovatsion zanjirning yaratilmaganligi. Uchinchidan, respublikamizda aqliy mehnat vakillarining (olimlar, ixtirochilar, konsuktorlar) yangi innovatsion loyihalar, texnologiyalar taklifiga mos talabni belgilovchi innovatsion institutlarning faoliyatini erkin ta’minlovchi yagona milliy innovatsion loyihalar bozorining mavjud emasligi. To‘rtinchidan, yangi innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda bozor risklarining (tavakkalchiligining) yuqoriligi. Beshinchidan, milliy innovatsion tizim yaratuvchi sub’ektlar o‘rtasida raqobat muhitini shakllanmaganligi. Oltinchidan, respublikamizda milliy innovatsion tizimni samarali tashkil etishda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni iste’molchisi sifatida xususiy sektor (korxonalari, firmalari va hokazolarining) ishtirokining pastligi. Umuman, yuqorida bayon etilgan zaruriyatni ifodalovchi muam-molarni hal etilishi milliy innovatsion tizimning innovatsion jarayonlarga bevosita va bilvosita jalb etilgan ob’ektlar majmuasi sifatida innovatsion mahsulotlarni yaratadi hamda innovatsion faoliyat uzluksizligini yuqori samaradorlik asosida faoliyatini amalga oshirish imkonini beradi. Bunday tuzilmalar tarkibiga davlat ilmiy sektorlar infratuzilmasi, ta’lim tizi-mi, davlat innovatsion faoliyatiga kiruvchi sub’ektlarni kiritish mumkin. Bugungi kunda milliy innovatsion tizim tarkibi quyida-gilardan: davlat ilmiy sektorlari va ularning infratuzilmalari; ta’lim tizimi (OTM, ilmiy tadqiqot muassasalari, ilmiy konstruktorlik byurolari vaboshqalar); innovatsion faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa barcha sub’ektlardan tashkil topadi. O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimning kelgusi taraqqiyot yo‘nalishlari mamlakat innovatsion rivojlanish strategiyasini belgilab beradi. Respublikamizda innovatsion rivojlanish tizimli jarayon bo‘lib, aniq belgilangan chora-tadbirlar, strate-gik rejaga asosan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544- sonli Farmoni bilan “2019 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo‘lgan innovatsion rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichla-ridan iborat Bosh strategiya belgilab olingan. Mazkur strategiyaning Bosh maqsadi, mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo‘lgan bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi 2030 yilga borib global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakat-lari qatoriga kirishi; Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligi-ni ta’minlash hamda barcha darajadagi ta’lim sifati va qamrovi-ni oshirishga erishish; Innovaisyalar ilmiy tadqiqot, tajriba konstruktorlik va texnologik ishlarga mablag‘lar kiritilishi (Davlat va xususiy sektor mablag‘lari)ni kuchaytirish; Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlab ularning samaradorligini oshirishga erishish hamda ilmiy tadqiqot tajriba konstruktorlik, texnologik ishlar natijalarini joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizm-larini yaratishni kuchaytirish va boshqalardan iborat. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling