Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet84/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Tayanch iboralar
Innovatsion loyiha, innovatsion dastur, moliyalashtirish, kapital, xarajat, tanlov, davlat grantlari, venchur jamg‘armasi, mablag‘, kapital xarajat,


Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Davlat innovatsion dasturlari xususida nimalarni bilasiz?
2. Innovatsion loyiha nima?
3.Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish manbalarini ayting.
4.Innovatsion loyihalarni davlat byudjetidan moliyalashtirish qanday amalga oshiriladi?
5.Korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish qanday tashkil etiladi?
.


18 mavzu. Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish zaruriyati
Reja
18.1. Innovatsion iqtisodiyotda klasterlar siyosati, o‘ziga xos xususiyatlari hamda klaster usullarini qo‘llashning ahamiyat.
18.2. Innovatsion faoliyatni klaster usulini qo‘llash asosida davlat tomonidan boshqarish. O‘zbekistonda innovatsion klasterlar va ularni tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari.
18.3. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion klasterlarning asosiy turlari.


18.1. Innovatsion iqtisodiyotda klasterlar siyosati, o‘ziga xos xususiyatlari hamda klaster usullarini qo‘llashning ahamiyati

Hozirgi makroiqtisodiy rivojlanish sharoitida iqtiso­di­yot­da yuqori samaradorlikka erishishda innovatsion klasterlarning alo­hida o‘rni mavjud. Jahon tajribasidan ma’lumki, iqtiso­diyot­ning turli sohalarida turli ko‘rinishdagi klasterlar soni oshib bor­moq­da. Ayniqsa, dunyoning rivojlangan davlatlaridan Amerika Qo‘sh­ma Shtatlarida, Buyuk Britaniyada, Germaniyada, Yaponiyada, Fransiyada turli zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asos­lan­gan klasterlar tashkil etilgan.


Milliy iqtisodiyotimizni rivojlanishining hozirgi bos­qi­chida klasterlarni ko‘paytirish, ayniqsa, innovatsiyaga asoslangan klas­terlarni tashkil etish muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta’kid­laga­nidek, “Parlamentimiz ... “Kooperatsiya va klasterlar to‘g‘ri­si­da”gi yangi qonunni” tezroq qabul qilsa...”103 mamlakatimizda maz­kur sohada rejalashtirilayotgan katta ishlarning muhim huquqiy aso­si yaratilar edi.
Jahondagi klaster maktabining asoschisi hisoblangan Gor­vard biznes maktabi professori Maykl Porter104 e’tirof eti­shi­cha, klaster tushunchasi ingliz tilidagi “cluster” (to‘plam, bog‘lam, guruh) so‘zidan olingan bo‘lib, unga ko‘ra “klaster – ma’lum bir soha­da faoliyat ko‘rsatadigan geografik jihatdan bir-biriga bo­g‘­liq bo‘lgan kompaniyalar va unga aloqador tashkilotlar guruhidir, u umumiy faoliyat va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatlar bilan tasniflanadi”.
M.Porterning tarmoq, mintaqa, mamlakatning raqobat­bar­dosh­ligini uning “tegishli sohaga mansub bo‘lgan, geografik konsentratsiyalashgan o‘zaro bog‘liq kompaniyalar, ixtisoslashgan yetkazib beruvchilar, xizmat ko‘rsatish kompaniyalari, bir-biriga yaqin sohalarga mansub firmalar va assotsiatsiyalashgan ins­ti­tut­lari belgilaydi”105 degan fikri klasterning klassik ta’rifi sifa­tida qo‘llaniladi.
M.Porter konsepsiyasiga ko‘ra, klasterni shakllantirish uchun quyidagi omillar bo‘lishi talab qilinadi: cheklangan geografik hududda barcha klaster ishtirokchilarining konsentratsiyasi; mazkur mintaqada, klasterni shakllantirishga va korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatishga yordam beradigan raqobat­li ustunlikka ega bo‘lgan yetakchi kompaniyalarning mavjudligi; ishti­rok­chilar o‘rtasida hamkorlikni muvofiqlashtirish.
Innovatsion klasterni tuzishdan maqsad bozorda birgalikda harakatlar samarasi hisobiga (sinergitek samara) sohani raqo­bat­bar­doshligini oshirish innovatsion samaradorlikka erishish hamda yangi innovatsion yo‘nalishlarni rivojlantirishdan iborat bo‘­la­di. Bugungi tezkor iqtisodiy rivojlanishda innovatsion klas­ter­lar­ni shakllantirishning asosiy zaruriyati quyidagilar hisob­la­na­di.
Birinchidan, xususiy korxonalar va tarmoqlar, davlat xusu­siy hamkorlik tashkilotlari hamda davlat organlari, jamoat tash­ki­lotlari bilan hamkorlikda iqtisodiyot ehtiyoji uchun muhim zaru­riy mahsulot ishlab chiqarish.
Ikkinchidan, tegishli hududda turli resurslarni jalb etish asosida klaster sub’ektlaridan samarali foydalanishning yangi imkoniyatlarini yaratish.
Uchinchidan, “fan-ta’lim-ishlab chiqarish” zanjiridan klas­ter elementlaridan foydalangan holda samarali foydalanishni tash­kil etish va bunda fan sohasida erishilayotgan yutuqlarni jadal­lik bilan amaliyotga joriy etish tizimini kuchaytirish.
To‘rtinchidan, innovatsion klaster tashkil etilgan hududda barcha ob’ektlar va sub’ektlar raqobatbardoshligini oshirish va yangi ichki imkoniyatlarni ochib berilishiga shart-sharoit yaratish.
Beshinchidan, innovatsion klaster asosida yuqori bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lgan inson resurslaridan samarali foyda­lanish hisobiga yangi innovatsion g‘oyalarni yaratilishini kuchaytirish.
Oltinchidan, mamlakatda geografik joylashuv bo‘yicha turli hududlar ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanishga shart-sharoitlar yaratish.
Bugungi kunda respublikamizda innovatsiyaga asoslangan klasterlash siyosatini amalga oshirish hamda klaster yondashuvi usullarini qo‘llash asosida ushbu jarayonning o‘ziga xos ustunlikka ega bo‘lgan xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi.
Respublikamiz iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakl­lan­tirish quyidagi yangi imkoniyatlarni yaratadi.
Birinchidan, faoliyat sohasi bo‘yicha geografik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan kompaniyalar, tashkilotlar va korxonalarning yuqori daromad olishligi uchun o‘zaro hamkorligi yaratiladi.
Ikkinchidan, ma’lum bir sohaga mansub bo‘lgan ixtisoslashgan korxona va tashkilotlarning yangi innovatsion g‘oyalari ishlan­ma­la­ri hamda tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga qo‘llashga ega bo‘li­nadi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling