Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet86/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

18.2. Innovatsion faoliyatni klaster usulini qo‘llash asosida davlat tomonidan boshqarish. O‘zbekistonda innovatsion klasterlar va ularni tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari

Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish asosida tashkil etilgan innovatsion klasterlar tizimini boshqarishda barcha ham­kor tashkilotlar bir xil darajada ishtirok etsa-da, ammo davlat bosh islohotchi sifatida samarali boshqaruv bo‘lishligini nazorat qi­lib turadi.


Innovatsion faoliyatni klaster usulida boshqarishda davlat­ning ustuvorlik jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
1. Innovatsion klasterning muhim tamoyili bo‘lgan fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uyg‘unligini hamda turli jarayonda ishtirok etgan tashkilotlar, korxonalar, tarmoqlar integ­ratsiya­si­ni faol tashkil etilishini nazorat qilib turadi.
2. Innovatsion klasterni davlat tomonidan boshqarishda klaster jarayoniga yangi mahsulot va texnologiyalarning yangi turlarini o‘zlashtirish uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlashni davlat nazorat qilib turadi.
3. Davlat tomonidan innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi klasterlarni boshqarish bugungi kunda O‘zbekiston Respub­lika­si­ni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hara­kat­lar strategiyasida belgilangan iqtisodiyotning yetakchi tarmoq-lari­ni moderni-zatsiya va diversifikatsiya qilish asosida amalga oshiriladi.
4. Davlat tomonidan innovatsiyaga asoslangan klasterlarni bosh­qarishda ular joylashgan mintaqalar, iqtisodiy-ijtimoiy hol­ati, aholining turmush darajasi hamda shu hududdagi tarmoq­lar­ning raqobatbardoshlik xususiyatlari hisobga olinadi.
5. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqaruviga davlatning investitsion faollikdagi o‘rni va jozibadorligini tashkil etishdagi hissasi hisobga olinadi.
6. Innovatsion faoliyatga asoslangan klasterlarni davlat tomonidan boshqarishda menejmentning asosiy harakat qoidasi hisoblangan maqsad- harakat- natijaga e’tibor berilib, bunda klaster maqsadi belgilangach, unga erishish uchun strategik va taktik harakatlar amalga oshiriladi hamda uning muvaffaqiyatli yakuni kutilgan ijobiy natija bilan belgilanishini davlat o‘z nazoratiga oladi.
7. Innovatsion klasterlarni davlat tomonidan boshqarishda boshqaruvning ushbu jarayonga mos tashkiliy tuzilmalari tegishli bo‘lim va bo‘linmalar hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha boshqarish mexanizmlari belgilab olinadi.
8. Innovatsion klasterlarni davlat tomonidan boshqarishda boshqaruv tuzilmalarining muvaffaqiyatli faoliyati zamonaviy menejment tamoyillari, usul va vositalarining joriy etishning qay darajada amalga oshirishi bilan belgilanadi.
9. Innovatsion klasterlar raqamli iqtisodiyotning muhim elementlarini o‘zida aks ettirishi, raqamli texnologiyalarni qo‘llashini davlat nazorat qiladi.
Bugungi globallashuv sharoitida innovatsion klasterlar turli ko‘rinishlarda tarmoq va sohalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, turkumlanadi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, klasterlash siyosatida davlat bosh islohotchi sifatida klaster mexanizmidan foyda­la-nish­da faol ishtirok etadi. Ayniqsa, rivojlangan yetakchi mam­lakat­larda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari va sohalarida klasterlash iqtisodiyotning deyarli 50 foizini egallagan. Jumladan, AQSh iqtisodiyotida yetakchi tarmoqlarning yuqori samaradorligi bevosita klaster mexanizmining samarali fao­liyati bilan bog‘liq bo‘lib, so‘nggi yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, ulardagi sanoat klasterlarining soni 380 tani tashkil qiladi. Bunday ko‘rsatkichlar Buyuk Britaniyada 168 ta, Italiyada 206 ta, Fransiyada 96 ta, Hindistonda esa 106 tani tashkil etadi. Jahon statistik ma’lumotlariga ko‘ra Fillandiya raqobatbardoshlik jahon reytingida sanoat klasteri to‘liq egallaganligi sababli yetakchi mavqiega ega bo‘lsa, Italiyada ish bilan band aholining 40 foizi hamda mamlakat milliy eksport hajmining 30 foizdan ortig‘i klasterlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu sababli keyingi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida klaster mexanizmidan foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda quyidagi yo‘nalishlarda innovatsion klasterlar tashkil etish ustuvor vazifa sifatida bel-gilangan.
1. Respublikamizda tez o‘sib borayotgan va mamlakatimizning kelgusi taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik soha turizmda yangi innovatsion turizm klasterlarini faoliyatini tashkil etish, jumladan, turizm klasterlari, yuqori sifatli turistik xizmat ko‘rsatish hududiy klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish.
2. Mamlakatimizda muhim tarmoq hisoblangan to‘qimachilik sanoat korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini rivoj­lantirish hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer xo‘ja­liklari o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirishga asos­langan, shuningdek qishloq aholisini ish bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan yangi innovatsion paxta - to‘qimachilik klas­terlari­ni tashkil etishni rivojlantirish.
3. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetish­ti­rish, saqlash va ayniqsa ularni qayta ishlash jarayonlarini qamrab oluvchi yangi innovatsion meva-sabzavot klasterlarini tashkil etib, ularning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish dolzarb hisoblanadi. Bu borada Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “Meva-sabzavot, sholichilik, chorvachilik, ipak-chilik kabi boshqa tarmoqlarda ham bugungi kun talabiga javob beradigan klasterlarni tashkil etish...”106 oldimizda turgan mu­him vazifadir.
4. Respublika iqtisodiyotining “qon-tomiri” bo‘lgan va sanoatning yetakchi zamonaviy tarmog‘i hisoblangan avto­mo­bil-soz­lik­da innovatsion transport klasterini shakllantirish.
5. Respublikada o‘ta muhim hisoblangan energetika, tog‘-kon metallurgiyasi, geologiya va boshqa shu kabi tarmoq va sohalarni rivojlantirish ehtiyojidan kelib chiqib yangi innovatsion klas­ter-larni tashkil etishni kengaytirish va boshqa shu kabilar hisoblanadi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling