Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet94/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Startap-loyiha tashabbuskori – startap-loyihani amalga oshi­rish bo‘yicha taklif taqdim etgan loyiha rahbari yoki jamoa.
Tajriba-konstruktorlik loyihasi – tajriba, konstru­k­tor­­lik namunalari, asboblar, materiallar, buyumlar va boshqa il­miy ishlan­malarni loyihalash, tayyorlash va sinovdan o‘tkazish, ri­voj­lantirish bilan bog‘liq loyiha.
Tashabbuskor ilmiy tadqiqot loyihalari – fan va texno­logiya­larning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ilmiy faoliyat sub’­ektlarining tashabbuslari asosida qabul qilina­di­gan, alter­na­tiv loyiha takliflari talab qilinmaydigan ilmiy tad­qiqot loyi­­halari.
Tashkiliy innovatsiya – bu firmaning ish amaliyotiga yangi tash­­kiliy uslubni joriy etish.Tashkiliy innovatsiyalarga firma birin­chi marta foydalanayotgan ish amaliyotini tashkil qilish, ish joy­lari yoki tashqi aloqalarni tashkil etishi mumkin.
Tematik ilmiy tadqiqot loyihalari – ilmiy faoliyatning ilg‘or yo‘nalishlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va ijti­mo­iy sohaning ehtiyojlari va muammolaridan kelib chiqqan holda dav­­lat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy dav­­lat hokimiyati organlarining ehtiyojlari asosida ishlab chiqila­digan, moliyaviy hajmi ko‘rsatilgan, mavzu doirasida oli­na­­digan yakuniy mahsuloti aniq aks ettirilgan muntazam ravish­da e’­lon qilinadigan, tanlov asosida moliyalashtiriladigan il­miy tad­qiqot loyihalari.
Texnologik innovatsiyalar – bu yangi mahsulot va jar­ayon­lar­ni ishlab chiqarish va joriy etish, shuningdek, mah­su­­lot va ja­ra­yon­­­­­larni sezilarli takomillashtirish; texnologik jihat­dan yangi yoki sezilarli takomillashtirilgan xizmatlarni ish­lab chiqa­­rish (ko‘r­satish) usul­larini ishlab chiqarishga joriy etish.
Tovar belgisi – bu biror ishlab chiqaruvchining tovar va xiz­mat­­larini boshqa ishlab chiqaruvchining o‘xshash tovar va xizmat­lar­idan farqlash uchun mo‘ljallangan grafik tasvir, ra­qam, har­f yoki so‘z­larning birikmasidir.
Foydali model– bu moslamaga taalluqli texnik yechim. Ish­lab chiqarish vositalarining konstruktiv bajarilishi va is­te’­­­mol qi­lish predmetlari hamda ularning tarkibiy qismi foy­­dali model­larga kiradi.Agarda foydali model yangi va sano­at­­da qo‘llaniladigan bo‘l­sa, unga huquqiy muhofaza (patent) beri­la­­di.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling