Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Sanoat (yangi sanoat) klasterlari


Download 0.98 Mb.
bet88/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Sanoat (yangi sanoat) klasterlariyuqori bilim, ilmiy tadqiqot va ilmiy ishlanmalar natijalariga asoslangan holda mutlaqo yangi innovatsion mahsulotlarni yaratishga, yuqori sanoat texnologik jihatlarga tayanadigan, territorial geografik jihatdan yaqin bo‘lgan korxonalarning (kompaniya, tashkilotlar) kooperatsiya asosida hamkorligiga asoslanadi.
Sanoat (yangi sanoat) klasterlari ko‘proq bilimga, ilmiy tadqiqot natijalariga asoslanganligi uchun iqtisodiyotni sanoat-lash­tirishga yo‘naltirilganligi bilan boshqa klasterlardan farq qila­di. Bunga jahon amaliyotida tez sur’atlar bilan rivoj­lana-yotgan axborot texnologiyalari va mikro elektronika kabi soha­lar-dagi klasterlarni misol qilish mumkin. Sanoat (yangi sanoat) klas­terlarida korxonalar ilmiy ishlanmalarga yirik inves-titsiya­lar kiritib, yangi sanoat mahsulotlarini yaratadi. Ular odat-da klasterlarni tashkil etish geografik xususiyatidan kelib chi­qib, ko‘proq shahar chetlaridagi sanoatlashgan zonalarda joy­la-sha­di. Masalan, dastlabki, yangi sanoat (sanoat) klasterlari AQSh ama­liyotida qo‘llanilgan bo‘lib, Kaliforniyadagi Silikon vodiysida tashkil etilgan sanoat klasterlari bunga yorqin misol bo‘ladi. Bunday sanoat (yangi sanoat) klasterlarining muhim jihatlari korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bozorbop, xari­dorgir bo‘lishligi hamda chuqur ilmiy bilim natijalariga asos­lanishi, shuningdek, ulardagi muhim xarajatlar masalan, transport xarajatlarining jami xarajatlardagi ulushi ancha kamligi va boshqa shu kabi xususiyatlarni hisobga olish bilan xarakterlanadi. Bunday klasterlarning yana bir muhim xususiyati jarayonda ishtirok etayotgan har bir xodimga ilmiy va texnologik jihatdan chuqur bilimga ega bo‘lish talabi qo‘yilganligi hamda yangi innovatsiyalarni yaratish va uni amaliyotga joriy etish tezligi yuqoriligidan iborat. Ushbu klasterda ishtirokchilar bo‘yicha korxonalar hajmi turlicha bo‘lib, transmilliy korporatsiyalardan tortib to kichik sanoat korxonalari ham klaster a’zosi bo‘lishi mumkin.
Respublikamizda bugungi iqtisodiyotimizning jadal rivojlantirish uchun sanoat (yangi sanoat) klasterlarining sonini oshirish taqozo etilmoqda.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling