Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

18-MODDA
Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq o‘z dini yoki
e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini va ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy
rasm-rusm hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish, o‘z dini
yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, Shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish
erkinligini o‘z ichiga oladi.
19-MODDA
Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq
hech bir tusiqsiz o‘z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g‘oyalarni
har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’iy nazar, izlash, olish va tarqatish
erkinligini o‘z ichiga oladi.
20-MODDA
1. Har bir inson tinch yig‘inlar o‘tkazish va uyushmalar tuzish huquqiga ega.
2. Hech kim biror bir uyushmaga kirishga majbur qilinishi mumkin emas.
21-MODDA
1. Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali o‘z
mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega.
2. Har bir inson o‘z mamlakatida davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega.
3. Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo‘lishi lozim; bu iroda davriy va
soxtalashtirilmagan, yalpi va teng saylov huquqidan, yashirin ovoz berish yo‘li
bilan yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar
vositasida o‘tkaziladigan saylovlarda o‘z aksini topishi lozim.
22-MODDA
Har bir inson jamiyat a’zosi sifatida milliy kuch-harakatlar hamda xalqaro
hamkorlik vositasida va har bir davlatning tuzilishi, Shuningdek, resurslariga
muvofiq ijtimoiy ta’minotga va o‘zining qadr-qimmatini saqlash, shaxsining erkin
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqini
amalga oshirishga haqli.
23-MODDA
1. Har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli va qulay ish
sharoitiga ega bo‘lish va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega.
2. Har bir inson hech bir kamsitishsiz teng mehnat uchun teng haq olish
huquqiga ega.
3. Har bir ishlovchi kishi o‘zi va oilasi uchun insonga munosib yashashni


258
ta’minlaydigan adolatli va qoniqarli daromad olishga, zarur bo‘lganda ijtimoiy
ta’minotning boshqa vositalari bilan to‘ldiriluvchi daromad olish huquqiga ega.
4. Har bir inson kasaba uyushmalari tuzish va o‘z manfaatlarini himoya qilish
uchun kasaba uyushmalariga kirish huquqiga ega.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling