Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Uchinchi bosqich – qo‘llab-quvvatlovchi (reabilitatsiya qiluvchi). Mazkur
bosqichdagi asosiy vazifa rekonstruktiv bosqichda erishilgan barcha muhim
jihatlarni mustahkamlash va shaxsning ijtimoiy-mehnatga oid ijobiy qarashlarini


186
rivojlantirishdan iborat. Muhim o‘rin retsidivlar, salbiy hissiy holatlar, asabiylik
belgilarining oldini olish, salbiy jihatlarini tuzatish, nomaqbul tashqi ta’sirlarga
immunitetni ishlab chiqish va maxsus maktabdan chiqqandan so‘ng hayot
sharoitlariga qayta moslashishni tezlashtirishga ajratiladi.
O‘z-o‘zini tarbiyalashning asosiy usuli o‘z-o‘zini tartibga solish, Shuningdek,
tarbiyachi
bilan
yozma
aloqa
bo‘lib
qoladi.
Qayta
moslashtirishda
tarbiyalanuvchining faoliyati kechayotgan jamoa muhim o‘rin tutadi. Aniq
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat va jamoaviy munosabatlar retsidivlarni
muvaffaqiyatli tarzda to‘sqinlik qiluvchi yagona sub’ektiv-psixologik va
ijtimoiy-psixologik munosabatlarni yaratadilar.
YAkunlovchi bosqichda vujudga keluvchi psixologik qiyinchiliklar qator
omillar bilan bog‘liq: tarbiyalanuvchilarning odatiy nazoratdan chiqib ketishi;
avvalgi nomaqbul muhitga qaytishi; atrofdagilarning sobiq huquqbuzarga nisbatan
ishonchsizligi va Shubhali munosabati va boshqalar. Mana nima sababdan qayta
moslashtirish
jarayoni
muvaffaqiyatli
va
uzilishlarsiz
o‘tishi
uchun
tarbiyalanuvchida himoyaning psixologik tadbirlarini ishlab chiqish o‘ta muhim.
Voyaga etmaganlar axloqini tuzatish tizimida qayta tarbiyalashning yuzlab
dasturlari mavjud. Biroq, jazolovchi yondaShuv ushbu dasturlar samarasini tushirib
yuborishi mumkin. Jinoyatchilarni individuallashtirilgan ravishda davolash XIX
asrdan buyon ma’lum. Bu jinoyatchilarga bir marotabalik jarimalar solish tizimini
himoya qilgan klassik maktabga javoban qarshi ta’sir bo‘lgan. Biroq, tarix boylar,
siyosiy ta’sir doirasi keng bo‘lgan odamlar garchi aybdor deb topilsalar ham,
jinoyatlarda kamroq ayblanishlari va jiddiy ayblovlar qo‘yilmaganligini ko‘rsatdi.
Ijtimoiy xodimlarning samarali faoliyati, vaqtidan avval shartli ravishda ozod
qilish jinoyatchining “ikki xil” rolga oid tarzda qabul qilinishiga bog‘liq bo‘lgan.
Ayrimlar ularni xaqiqiy yordamchilar sifatida ifodalaganlar, ayni vaqtda boshqalar
esa ularni jazolarni nazorat qilishda nufuzli shaxslar sifatida aks ettiradilar.
Qamoqxona ta’limining ikkita vazifasi mavjud: (a) tarbiyalanuvchilarga maktablar
bilan qiyoslanuvchi rasmiy akademik ta’lim berish va (b) mahbuslarning xulqini
qayta
ijtimoiylashtirish.
Bunga
erishish
maqsadida
qamoqxonalarda


187
teledasturlardan, filmlardan, elementar bilimlarni qamrab oluvchi o‘quv fanlari
bo‘yicha sinf xonalarida (ayrim hollarda, hattoki kollejlarda) tashkil etiladigan
ma’ruzalardan foydalanadilar
1
.
Kuchli tomonlar nazariyasining ijtimoiy ish amaliyotida qo‘llanilishi. Kuchli
tomonlar istiqboli bilan ishlash ijtimoiy ishdagi inson huquqlari mavzusi bilan
bog‘liq bo‘lgan intervensiya turlaridan hisoblanadi. Bu holatda inson yoki
guruhning kuchli tomonlari unga yordam berishga chog‘langan mijoz bilan o‘zaro
munosabatlarga
kirishish
jarayonida
asosiy
holat
ekanligi
ta’kidlanadi.
Intervensiyaning mazkur turi tuzilmali ravishda belgilangan adolatsiz va teng
bo‘lmagan muloqoti ko‘pchilik odamlar va guruhlarni zarur manbalardan cheklab
qo‘ygan. Bu erda faoliyat o‘z e’tiborini inson barqarorligiga va ko‘plab to‘siqlarga
qaramasdan u o‘z muammolarini hal etuvchi usullariga qaratiladi.
Bu kabi yondaShuvning ishlab chiqilishi Kanzas universiteti ijtimoiy ish
fakultetining ijtimoiy xodimlari, jumladan, Denni Seylibi tomonidan amalga
oshirilgan. Bu kabi yondaShuvning asosiy prinsiplaridan ikkitasi quyidagi
qoidalardan iborat: 1) “har bir inson, guruh, oila va uyushma o‘zining kuchli
tomonlariga ega”, va 2) “har qanday atrof muhit manbalar bilan to‘la”
2
.
Ehtiyojga javob berar ekanlar, ijtimoiy xodimlar mijozga yordam berishlari,
o‘zlarining kuchli tomonlarini va o‘zlaridagi hamda o‘z atroflaridagi kuchli
tomonlarini belgilashlari, so‘ngra mijozlarning talablariga tegishli javobni yaratish
uchun qo‘llashlari zarur.
Kuchli tomonlar yondaShuvini ehtiyojlarni qondirish jarayoniga qamrab olish
uchun bir nechta jiddiy sabablar mavjud. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha
siyosatdagi o‘zgarishlar u yoki bu xizmatlarni ko‘rsatish davomiyligi qismi
bo‘yicha cheklovlarga olib keladi. Urg‘u yanada ko‘proq qisqa va aniq vaziyatlarini
hal etishga yo‘naltirilgan intervensiyaga qo‘yiladi. Nimaningdir etishmovchiligini
yoki buzilishini izohlovchi o‘tmishni tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
intervensiyalarni amalga oshirish nisbatan uzoq muddatni talab etadi.
Kuchli tomonlar yondaShuvi kelajakka yo‘naltirilgan va u ko‘proq qisqa vaqt
chegaralari uchun mos keladi. Ushbu yondaShuv mijoz va uning avvaldan mavjud


188
bo‘lgan atrof-muhitining kuchli tomonlari va o‘ziga xos xususiyatlariga quriladi. Bu
endigina sodir bo‘lishi lozim bo‘lgan yangi ko‘nikmalar va manbalarni egallashga
umid qilishdan qulayroq.
Shunday qilib, mazkur yondaShuvda o‘zgarishlar uchun nisbatan mustahkam
asos ta’minlanadi. Bundan tashqari, ijtimoiy xodim uchun mavjud atrof-muhitda
qo‘llab-quvvatlovchi tizimni, inson va uning atrof muhitidan tashkil topgan
ekotizimning yangi muvozanatini qo‘llab-quvvatlovchi tizimni qurish osonroq.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling