Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

bilan ijtimoiy ish olib borish. Tarbiyasi og‘ir bolalar va o‘smirlar bilan ish olib
borish G‘arbiy Evropaning ko‘plab mamlakatlarida umumiy ijtimoiy ishning
majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu kabi bolalarni “havf guruhi”ga, ya’ni
huquqqa qarshi harakatlarni amalga oshirish ehtimoli yuqori bo‘lgan guruhga
kiritadilar. Mazkur guruhga uydan, maktabdan qochgan, ota-onasining nazoratisiz
qolgan, zo‘ravonlik qurboniga aylangan, alkogol ichimliklar va giyohvand
moddalarni iste’mol qiluvchi, fohishabozlik bilan Shug‘ullanuvchi bolalar kiradi.
Xorijda ular bilan ish olib borish odatda, qator dasturlar asosida amalga oshiriladi.
G‘arb mamlakatlarida va AQSHda tarbiyasi og‘ir bolalar va o‘smirlar bilan ish olib
borish dasturlarining o‘ziga xos jihatlari ularning ogohlantiruvchi tabiatga ega
ekanligidan iborat.
Ogohlantiruvchi chora-tadbirlarga yo‘naltirilganlik bolaga inqirozli vaziyatda
yordam ko‘rsatishga qadar qanchalik ko‘p vaqt o‘tsa, uning oqibatlarini bartaraf
qilish Shunchalik murakkab ekanligini anglashga asoslanadi.
Gollandiyada tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ijtimoiy ish olib borish
dasturlari va texnologiyalari. Gollandiya G‘arbiy Evropaning rivojlangan erishgan
mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Biroq Shunga qaramasdan, Gollandiyada turmush
darajasi juda yuqori, bu erda o‘smirlar va yoshlar jinoyatchiligi, daydilik va
vandalizm muammolari mavjud. Mazkur mamlakatda yoshlar orasidagi
huquqbuzarliklar asosan tub aholi bo‘lmaganlar bilan bog‘liq. Tarbiyasi og‘ir
o‘smirlar va yoshlar sirasiga ko‘pincha kelib chiqishi Turkiya, Marokash, Antil
orollaridan bo‘lganlar kiradi.
Xulqida murakkabliklar mavjud (tarbiyasi og‘ir) bolalar va o‘smirlar bilan
ijtimoiy ish olib borish bir nechta dasturlar asosida amalga oshiriladi:


178
1. Thuislozen Team (TT) loyihasi – boshpanasiz yoshlar, o‘smirlar daydiligi
bilan ish olib borish. Mazkur loyiha 1992 yilda joriy qilingan. Loyihaning asosiy
kontingenti – 25 yoshgacha bo‘lgan, oxirgi uch oy davomida doimiy turar joyga ega
bo‘lmagan, jinoyat sodir etmagan, biroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar
tomonidan e’tiborga olib qo‘yilgan yoshlar. Mazkur xizmat mutaxassislari
boshpanasiz o‘smirlarni o‘z faoliyati tizimiga jalb qilishning zo‘ravonlikka
asoslangan usullarini qo‘llamaydilar: chaqiruv qog‘ozi yo‘llash, majburan olib
kelish. TT byurosiga nafaqat haqiqatan ham o‘z hayotini o‘zgartirishni xohlaganlar,
yordamni qabul qilishga tayyor va bir vaqtning o‘zida o‘z hayotiy rejalarini amalga
oshirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istaganlar ham murojaat qiladi.
2. Yoorkoming Thuisloosheid (VT) loyihasi – internatlardan qochish,
Shuningdek, internat xodimlari va uning tarbiyalanuvchilari o‘rtasida vujudga
keluvchi nizoli vaziyatlarni oldini olish ish olib borish. Shuni alohida ta’kidlash
lozimki, mazkur loyiha bo‘yicha ish TT loyihasi bilan chambarchas bog‘liq, chunki
barcha daydilarning 70% internatlarning sobiq tarbiyalanuvchilari. Gollandiyada
internatlarning turli ko‘rinishlari mavjud, ularning ayrimlari Rossiya internatlarini
yodga soladi. Ular Shuningdek, ta’lim va aholini ijtimoiy himoya qilish organlari
tomonidan tashkil qilingan, ularda doimiy ravishda 100, 200 va undan ortiq
tarbiyalanuvchilar yashaydilar. Ularda yashovchi bolalar oddiy shahar maktabiga
qatnaydilar. Nodavlat xayriya tashkilotlari yoki alohida shaxslar tomonidan va davlat
va mahalliy hukumat organlari tashabbusi bilan tashkil etilgan internetlar mavjud. Bu
kabi internatlarda odatda 8 tadan 12 tagacha tarbiyalanuvchilar yashaydilar. Ular
yoshlar yotoqxonasini yodga soladi. Har bir tarbiyalanuvchi o‘zining alohida
xonasiga ega, bu xonani esa u o‘z ixtiyoriga ko‘ra joylashtiradi, o‘zi ta’mirlaydi va
tartibga keltiradi. Mehmon kutish huquqiga ega. Tartib va intizomning kafolati
o‘smirni VT loyihasidan chiqarib yuborishdan iborat, bu esa o‘z navbatida ularning
har biri uchun hayotiy istiqbolni yo‘qotish hisoblanadi. Bu kabi internatda maishiy
xonalar mavjud, bolalar xo‘jalik yuritishni, uncha katta miqdorda bo‘lmagan
nafaqadan
iborat
byudjetni
to‘g‘ri
taqsimlashni
o‘rganadilar,
moslashtiruvchi-o‘qituvchi tabiatga ega bo‘lgan turli mashg‘ulotlar, treninglar


179
o‘tkaziladi, bo‘sh vaqtni birga o‘tkazish tadbirlai tashkillashtiriladi.
3. Halt loyihasi – mayda o‘g‘irlik yoki vandalizm (jaholat) harakatlarini sodir
etgan bolalar bilan ish olib borish. Mazkur loyiha Gollandiya hududining 79%
qamrab olgan. Mazkur loyihaning mohiyati Shundan iboratki, huquqbuzarlikni sodir
etgan o‘smirlar moddiy yoki ma’naviy zararni shaxsiy mehnati bilan to‘laydilar. U
buni rad qilishi mumkin, biroq bu holatda u mahalliy huquqni muhofaza qilish
organlari qo‘liga topshiriladi. Ma’lumki, Gollandiyada sudlanganlik jiddiy ijtimoiy
oqibatlarga ega, chunki bu holatda oliy ta’lim muassasi va ishga joylashishda jiddiy
muammolar tug‘iladi.
Agar huquqbuzarlik mazkur mezonlarga mos kelsa, u holda o‘smir
to‘g‘risidagi ma’lumotlar politsiyadan Halt byurosiga yuboriladi. Byuro xodimi
o‘smirning ota-onasi, jabrlanuvchi va prokuratura o‘rtasida murosa yo‘lini topishga
intilgan holda vositachi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘smirlarga huquqbuzarlik
oqibatlarini bartaraf qilishning bir nechta variantlari taklif qilinadi, shartnoma
hujjatlashtiriladi va byuro uning barcha tomonlar tarafidan bajarilishini nazorat
qiladi. Taklif qilingan echim tomonlarning biri tarafidan rad qilinganda
huquqbuzarlikka chora ko‘rish to‘g‘risida ish boshlanadi.
4. Family First (FF) loyihasi – inqirozli vaziyatga tushib qolgan, hukumat
organlari tomonidan ularni ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasi
ko‘rilayotgan oilalar bilan ishlash. Odatda bu ona asotsial turmush tarzini
kechiradigan (odatda gollandiyalik bo‘lmagan) noto‘liq oila. Mazkur oila bilan ish
olib borayotgan hukumat vakillari onaga nisbatan onalik huquqidan mahrum qilish
haqida qaror qabul qiladilar va hujjatlarni tayyorlaydilar.
5. Home Video Training (HVT) loyihasi – uning a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni yaxshilashda yordam ko‘rsatish, bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq
bo‘lgan muammolarni hal etishda yordam ko‘rsatish. HVT mutaxassislariga murojaat
qilish bo‘yicha tavsiyalarni ota-onalar maktab ma’muriyati yoki huquqni muhofaza
qilish organlaridan olishlari mumkin. Ota-onalarning o‘zlari ham, o‘z tashabbuslariga
ko‘ra byuroga murojaat qilishlari mumkin. Biroq har qanday holatda ham ish
oilaning barcha katta yoshdagi a’zolarining ixtiyoriy roziligi asosida amalga


180
oshiriladi. O‘zaro keliShuvga ko‘ra ijtimoiy xodim oilaga videokamera bilan keladi.
Kattalar va bolalar avvaldan ularning odatiy turmush tarzini buzmaslikka
tayyorlanadilar. Tasvirga olish kichik parchalarni tasvirga tushirish asosida davom
ettiriladi. Bunda ijtimoiy xodim oila a’zolarining e’tiborini muloqotning ijobiy
jihatlariga qaratadi. Ish oila a’zolari va ob’ektiv ma’lumotlar vaziyatning ahamiyatli
ravishda yaxshilanganligini namoyon qilganida tugatiladi.
6. Nieuwe Perspectieven (NP) loyihasi – shartli sudlangan o‘smirlar bilan ish
olib borish. Mazkur loyihaning asosiy kontingenti – 14-25 yosh oralig‘idagi, huquqni
muhofaza qilish organlari bilan muammolari mavjud bo‘lgan yoshlar. Loyiha
e’tiboriga ular turli yo‘llar bilan tushib qoladilar: politsiya orqali, maktab va boshqa
muassasalardan yuboriladi. Ularning aksariyati – Osiyo va Afrikadan kelganlar.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, oxirgi vaqtlarda gollandiyalik mutaxassislar
Shuningdek, kelib chiqishi ruslarga mansub bo‘lgan yoshlar muammosidan xavotirga
tushganlar. Jumladan, ular rus yoshlari odamovi, ijtimoiy xizmatlarga o‘zlari
murojaat qilmasliklari va ular bilan professional ijtimoiy xodimlar emas, balki
faqatgina volontyorlar muloqot olib borayotganliklarini alohida ta’kidlamoqdalar.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling