Q. N. Kayumov


Zulm qilishga qarshi da’vat


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Zulm qilishga qarshi da’vat
Ijtimoiy xodimlar an’anaviy tarzda jabrlangan va ajratib qo‘yilgan insonlarni
o‘z mijozlarining muqarrar tarkibiy qismi sifatida ifodalaganlar. Kamsitish alohida
insonlar yoki guruhlarga nisbatan vakolat yoki hukmronlikni adolatsiz ravishda
qo‘llash bilan bog‘liq. Tahqirlashning irqiy, etnik, sinfiy va jinsiy tegishlilik, yoshga
oid va jinsiy yo‘naltirilganlik kabi turli shakllari mavjud.
Ijtimoiy ish kasbining oliy vazifasi
Ijtimoiy xodim kasbining asosiy vazifasi hayot standartlarini yaxshilash va
barcha odamlarning bazaviy ehtiyojlarini qondirishda zaif, tahqirlanishi mumkin
bo‘lgan va qashshoqlikda yashovchilarga alohida e’tibor qaratgan holda yordam
ko‘rsatishdan iborat. NASW (1996:1)
Ijtimoiy ish mijozlari
Tarixdan ijtimoiy ish fuqarolik huquqlaridan mahrum qilinganlar yoki
kambag‘al, muhtojlarga yordam ko‘rsatishni anglatgan. Bugungi kunda ijtimoiy
xodimlar hayot sharoitlarini, ularning atrof muhiti sifatini hissiy, ma’naviy,
psixologik yoki jismoniy jihatdan yaxshilash zarur bo‘lgan insonlar bilan faoliyat
olib boradilar. Ijtimoiy xodimning mijozi kim bo‘lishi mumkin?
Ijtimoiy ishning muhim tushunchalaridan biri mijozlik (clienthood)
tuShunchasi hisoblanadi. Odatda ijtimoiy xodim xizmat ko‘rsatuvchi mijozlar
guruhi quyidagilarni qamrab oladi:
- uydan qochish, qonunbuzarliklar, zo‘ravonlik kabi jiddiy nizolar va
boshqa qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan oilalar, jumladan to‘liq
bo‘lmagan oilalar;
- er-xotinlar
yoki
ota-onalarning
farzandlari
bilan
shafqatsiz


241
munosabatda bo‘lish holatlari bilan duch keluvchi oilalar va juftliklar;
- nikohdagi jiddiy nizolari mavjud bo‘lgan juftliklar;
- ishsizlik, boquvchisining yo‘qligi, jismoniy qobiliyatsizlik, ta’lim
olmaganlik sababli va qonunni buzganligi tufayli jazo muddatini o‘tagan
boshqa odamlar va ularning oilalari kabi daromadlari etarli bo‘lmagan oilalar
va juftliklar;
- turmushga chiqmagan homilador o‘smir qizlar;
- hayoti jismoniy yoki ruhiy hastaliklar yoki nogironlik tufayli
murakkablashib ketgan individlar yoki oilalar;
- muntazam ravishda ichkilikbozlik yoki giyohvand moddalar iste’mol
qiluvchi shaxslar va ularning oilalari;
- vasiylar va ota-onalari ulardan voz kechgan yoki bolalari bilan
shafqatsiz munosabatda bo‘lgan bolalar;
- immigrantlar, qochoqlar va manbalari va imkoniyatlari past darajada
bo‘lgan ozchiliklar vakillari yoki tahqirlash va irqchilik qurbonlari;
- ishsizlar va ularning oilalari;
- jismoniy va ruhiy rivojlanishida muammolar mavjud bo‘lgan bolalar va
kattalar;
- doimiy yordamga muhtoj bo‘lgan keksalar;
- o‘z muammolarini mustaqil hal etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan
migrantlar va ko‘chib kelgan kishilar;
- maktabda muammolari bo‘lgan bolalar (va ularning oilalari);
- jarohatlar yoki hayotlaridagi muhim hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan
kuchli ruhiy zo‘riqishlarni boshdan kechirayotgan odamlar (pensionerlar,
yaqinlarning o‘limi), uyidan qochib ketgan bolalar.


242

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling