4-ILOVA
Ijtimoiy ish qadriyatlari
(Britaniya ijtimoiy xodimlar uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy
ish axloqiy kodekslaridan)
Qadriyatlar va prinsiplar
Ijtimoiy ish beshta asosiy mezonlarga tayanadi:
•
Inson qadr-qimmati va qadriyati
•
Ijtimoiy adolatlilik
•
Insonparvarlikka xizmat qilish
•
Bir butunlik
•
Layoqatlilik
Ijtimoiy ish amaliyoti insonparvarlik, vijdonlilik va layoqatlilik yo‘li bilan
inson qadr-qimmatini hurmat qilish kabi ijtimoiy adolatni ta’minlashga imkoniyat
yaratishi lozim.
3.1 Inson qadr-qimmati va qadriyat
3.1.1 Mezonlar
Har bir inson o‘z-o‘zidan noyob shaxs hisoblanadi. Barcha odamlar ijtimoiy
farovonlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish va boshqalarning huquqlariga daxl qilmagan
holda o‘z hayotini nazorat qilish huquqiga ega.
3.1.2 Prinsiplar
Ijtimoiy xodimlar majburiyatlari:
a) BMTning Inson huquqlari butunjahon deklaratsiyasida va deklaratsiyadan
kelib chiqqan boshqa SHartnomalarda aks ettirilgan insonning asosiy huquqlarini
hurmat qilish;
b) Barcha odamlarni hurmat qilish, xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarning
e’tiqodlari, madaniyati, maqsadi, ehtiyojlari, qarashlari, o‘zaro munosabatlari va
tegishliligi (guruhlarga)ga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
c) Xizmatlardan
foydalanuvchi
shaxslar
obro‘sini
himoya
qilish
va
rahbatlantirish, ularning individualligi, huquq va majburiyatlari;
d) Boshqa odamlarning huquqlarini hurmat qilgan holda individual farovonlik
va avtonomlikni rag‘batlantirish;
e) Xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarning huquqlarini hurmat qilish,
asoslangan qarorlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarni va
xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarni rag‘batlantirish, qaror qabul qilish
jarayonlarida ishtirok etish;
f)Tegishli cheklovlarni qamrab olishi, ularni va boshqa shaxslarni himoya qilish
maqsadida o‘z huquqlaridan foydalanish va tegishli cheklovlarni o‘rnatishi mumkin
bo‘lgan xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarning himoyasini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |