9-LABORATORIYA ISHI
TINCH HOLATDAGI ISHQALANISHDAN NISBIY
HARAKATGA 0 ‘TISHNI DAVRIDAGI ISHQALANISHNI
0 ‘RGANISH*
Ishning maqsadi.
Turli materiallardan yasalgan jismlaming tinch
holatdagi ishqalanishdan nisbiy harakatga o'tishni davridagi ishqa-
lanishni o'rganish.
Nazariy ma’lumotlar.
Tinch holatdagi ishqalanish deb ikki hara-
katsiz qattiq jismning bir-biriga nisbatan nisbiy xarakatga o'tish davri-
gacha bo‘lgan ishqalanishiga aytiladi.
Tekis ishqalanish sirtiga tinch holatdagi ishqalanishdan nisbiy
harakatga o'tishni davridagi ishqalanishni o ‘rganishga m o‘ljallangan
m a’lum og‘irlikka ega bo‘lgan namuna qo'yilgan bo‘lsin, agar na
muna ishqalanadigan sirt ortib boruvchi burchak bilan ohista ko‘ta-
rilsa, bunda namunaning og‘irlik kuchi ikki tashkil etuvchi kuchlarga
ajraladi, ulardan birinchisi namunani ishqalanish sirtiga normal
yo‘nalishda bosib turadi, uning qiymati Z = G cosa ga teng. Ikkinchi
tashkil etuvchisi esa namunani qiya tekislik bo‘yicha harakatlan-
tirishga intiladi, bu kuchning qiymati P=Gsincx formula bilan
hisoblanadi. Ishqalanish sirtining qiyalik burchagi ortib borishi bilan
og'irlik kuchining birinchi tashkil etuvchisining qiymati kamayib,
ikkinchisiniki esa ortib boradi. Ishqalanish sirtining nishablik burcha
gi shunday qiymatga yetishi mumkinki, unda namuna tinch holatdan
nisbiy harakatga o ‘tadi. Bunda og‘irlik kuchining P = G sina tashkil
etuvchisi son jihatdan ishqalanish kuchi F ga teng bo‘ladi va bu shart
amalga oshirilganda namuna tinch holatdan nisbiy harakatga o ‘tadi.
Ushbu holat uchun ishqalanish koeffitsiyenti f = tg a ga teng bo'ladi,
uning bunday holatga to ‘g‘ri keluvchi qiymatini harakatsiz holatdan
nisbiy harakatga o ‘tishdagi ishqalanish koeffitsiyenti deb qabul qilish
mumkin.
Kerakli asbob va uskunalar. Harakatsiz ishqalanishdan nisbiy
harakatga o'tishni davridagi ishqalanishga o ‘tish o'rganish qurilmasi,
ishqalanish jarayonini o ‘rganish uchun turli xildagi materiallar, tran-
sportir.
Do'stlaringiz bilan baham: |