Q. X. Mah kamov, M. Abduvohidov tribotexnikadan amaliy mashgulotlar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/121
Sana14.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1771972
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121
Bog'liq
Tribotexnikadan amaliy mashg\'ulotlar. Ahmedxo\'jaev X

Q i s h l o q
xo‘jaligi, yo‘l qurilishi, yuk tashish m ashinalari va tuzil- 
m alarning detallari, metallurgiya uskunalari, m etall qirqish dastgoh- 
larining qism lari, tayyorlar shassilari, gidravlik turbinalarning kurak- 
lari, suv ham da bug* qozonlarining quvirlari, tutu n so‘rgichlarining 
kurakchalari, neft va gaz sanoatining burg'ulash uskunalari va bosh- 
qalar abrazivdan yeyiladi.
Z arrachalardan yeyilish jarayoniga abraziv zarralarning tabiati
m uhitning holati, yeyilayotgan sirtlarning xossalari, qizish va boshqa 
om illar ta ’sir k o ‘rsatishi mumkin. Sirt yemirilishining m exanik xarak- 
teri abrazivdan yeyilish uchun um um iy tom ondir.
Ishqalanuvchi sirtga tushib qolgan tuproq, ko ‘m ir va boshqa nar- 
salar, ishqalanuvchi sirtdan m ahkam lanib qolgan yoki parchalangan 
metall qirindi, oksid pardalari, qurum va yeyilish m ahsullari, ayniqsa, 
qattiq tarkibiy qism larning 
uvalangan zarralari 
zarrachalaridan 
yeyilishga sabab b o ‘ladi.
Agressiv m uhitda jism yuzasi bir vaqtda sodir bo'ladigan ikki 
jarayon: korroziya va mexanik yeyilish ta ’siri ostida yemiriladi.
Kimyoviy korroziya m aterial kimyoviy korrozion m aterial quruq 
gazlar yoki tok o'tkazm ovchi suyuqliklar bilan tutashganda; elektro- 
kimyoviy korroziya metall elektrolitlar (kislotalarning suvdagi erit- 
masi, ishqorlar, tuzlar, tuz eritm alari va hokazo) bilan tutashganda 
yuz beradi. Bunda ikkita anodli (metall atom larining suyuqlikka ion- 
lar tarzida bevosita o'tishi) va katodli (ortiqcha elektronlarning su­
yuqlik atom va ionlari bilan assimilatsiyalanishi) jarayonlarni kuzatish 
m um kin. Ishqalanish sohasida elektr toki hosil bo ‘ladi.
Ishqalanish natijasida ochilgan yuzalarni noagressiv m uhitda hosil 
bo'ladigan pardalardan tirkibi o'zgacha bo ‘lgan pardalar qoplaydi.
Hosil b o ig a n pardalar oson ajralsa sirt yuzalar yopishishi, aksin- 
cha, yuzaga m ustahkam yopishgan b o ‘lsa yeyilish sur’ati kamayishi 
mumkin.
Abraziv zarralar turli shakllarda va tutash sirtlarga nisbatan turli 
tom onlarga yo‘nalgan b o ‘lishi m um kin. Abraziv zarraning sirtiga 
botib kirish xususiyati ular qattiqliklarining nisbatlarigagina emas, 
balki zarraning geom etrik shakUga ham bog‘liq. M asalan, qavariq


sirtli yoki o 'tk ir qirrali zarra o ‘zidan qattiqroq jism ning sirtiga hatto 
shikastlanm asdan qadalishi m umkin. M etallning o ‘zidan yum shoqroq 
zarralar t a ’sirida yeyilishini shu bilan tushuntirish m um kin.
Agressiv m uhitda ishqalanuvchi yuzalarning holatini ularning 
elektrod potensiallari o'zhgarishi bo'yicha aniqlash m um kin. Buning 
uchun ishqalanishdagi yuza potensiali (p, yuza pardadan tozalangan- 
da keyingi potensiali (pT bilan taqqoslanadi. Agarda (pt ~ (pT bo'lsa 
yuzadan parda ajraladi va tutash yuzalarning yopishib qolish xavfi 
mavjud. Agarda, |(p, - (pr \ farq qancha ko ‘p b o ‘lsa parda shunchalik
sirtni yaxshi him oya qiladi va yeyilish sur’ati kamayadi.
K orrozion — m exanik yeyilish reaktorlar sentrofuga va sepa- 
ratorlam ing zichlash halqalari va sirpanish podshipniklarida uchray- 
di.
Agressiv m uhitda ishqalanib ishlovchi m ateriallar yuqori korro­
zion bardoshlikka, yaxshi antifriksion xossalarga va yeyilishga chi- 
damlilikka ega b o iis h i kerak. Korrozion — aktiv m uhitda m aterial­
ning yeyilish tezligi yuzalarda pardalarning hosil b o ‘lishi va m exanik 
ta ’sir ostida yemirilishi turli tezlik bilan kechishiga bog'liq b o ‘ladi. 
Qismning yeyilishga chidamliligini oshirish uchun agressiv m uhitga 
ingibatorlar qo'shib yuzada passiv qatlam hosil qilish yoki korro- 
ziyaga yaxshi chidam li m ateriallardan foydalanish kerak. U m um an 
agressiv m uhit ishqalanish yuzasini o'yishi, harorat esa korroziyani 
kuchaytirishi, nisbiy bosim va tezlikning oshishi o ‘z navbatida haro- 
ratni ko'tarishi, yuklam a va abraziv zarralar m iqdorining ortishi g‘a- 
dir-budir notekisliklam ing plastik deform atsiyalanishi, yopishishi va 
m ikroqir-qilishiga sabab bo'lishi m umkinligini nazarda tutish kerak.
Agressiv 
m uhitda 
yuqori 
legirlangan 
zanglam as 
p o ‘latlar 
(14X 17N C H , 20X V N C H G 9, 12X18N10, 08X 17N 15M 3T) yum shoq 
antifriksion m ateriallar (uglegrafitlar, plastmassalar) bilan ham da kam
legirlangan korroziyaga bardoshli ch o ‘yan (C H N X T ) va qattiq qo- 
tishm alar (VK3, VK6) bir juftlikda yaxshi ishlaydi. Korroziyaga 
bardoshlilik va qattiqligini oshirish uchun barcha m etall m ateriallarga 
term ik ishlov beriladi, zanglamas p o ‘latlarning yopishishiga moyilli- 
gini kamaytirish uchun sirtni azotlantiriladi yoki xrom lanadi. Kimyo-


viy apparatlarda yuqori qattiqlikdagi nom eniral m aterial (silitsirlangan 
va borotsilitsirlangan grafltlar, krem niy karbidi m inerialokerem ika) lar 
ishlatiladi. U lar m o ‘rt va qiymat b o ‘lsa ham boshqa m ateriallarga 
nisbatan yeyilishga va korroziyaga chidam li b o ‘ladi. M asalan, yon 
t o ‘skich va sirpanish podshipniklarda qo ‘llanilganda qism ni yeyilishga 
chidamliligi 10—100 m arta ortadi. Silitsirlangan grafltni ftorli, brom li, 
yodli, kuchli ishqor va kislotali m uhitlardan boshqa har qanday 
agressiv m uhitda q o ‘llash m um kin. Bunday m aterialli detalni tegishli 
m arkadagi g'ovakli grafitlardan mexanik ishlov yo ‘li bilan tayyorlab 
olgach suyuq kremniyga to ‘yintiriladi. 
Krem niy uglerod bilan 
ta ’sirlashib, krem niy karbidni hosil qiladi. Am m o bir qism krem niy va 
grafit erkin holda qoladi. Bunday detallarga olmosli asbob bilangina 
ishlov berish m um kin. Borotsilitsirlangan grafitli detallar grafltni 
krem niy va borli eritm alarda to'yintirish yo ‘li bilan olinadi. Bunday 
m ateriallar gidrobrozavli oqim larda yaxshi ishlay oladi. Ftoroplast - 4 
asosidagi kom pozitsion polim erlar istiqbolli bo'lib ularga chidam ligi
grafit, qum , m ohbden disulfidi, bornitriti, q o ‘shilsa agressiv m uhitga 
saqlangan holda m ustahkamligi ham ortadi. Shuningdek, agressiv 
m uhitda ishlovchi qism larda silikatli (emal) qoplam lar ham q o lla n i- 
ladi.
K o‘pgina m etallar uchun ular oksid pardalarining qattiqligi m e- 
tallarning o ‘zining qattiqligadan yuqori b o ‘ladi. Alum iniy oksidlari- 
ning qattiqligi M oos shkalasi b o ‘yicha eng yuqori, alum iniyning 
qattiqligi esa pastroq bo'ladi. Shu tufayli alum iniy p o ‘lat b o ‘ylab 
ishqalanganda oksid pardalari, shuningdek, ana shu pardalarining 
yemirilishi m ahsullari hatto eng qattiq p o ‘latlarning kuchli yeyilishiga 
ham sabab b o ‘lishi m um kin. Yum shoq oksid boshqa sirtga deyarii 
abraziv ta ’sir k o ‘rsatmaydi. M agniy juda yum shoq oksidni hosil 
qiladi, shu sababli qattiqroq ashyolar hatto oksid hosil b o ‘lishi uchun 
qulay b o ‘lgan sharoitda ham yum shoq m agniy ta ’sirida yeyilmaydi. 
Bu hoi nim a uchun m agniy qotishm alaridan yasalgan porshenlar 
alum iniy qotishm alaridan ishlangan porshenlarga qaraganda silindr 
devorlarini karoq tirnashi va qirqishini tushuntirish im konini beradi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling