Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
DARSLIK 2023 йил октябр 2
NAZORAT SAVOLLARI 12 1. Xavfsizlik choralarini koʻrish tartibi qaysilar? 2. Asosan qayerlarda kamondan oʻq otiladi? 3. Kamondan otish davrida asosan nimalarga qatʼiy amal qilinadi? 4. Ochiq va yopiq inshootlarda kamondan otishda nimalarga eʼtibor qaratiladi? 5. Oʻqlar va ular bilan ishlashda xavfsizlik choralari? 6. Xavfsizlik qoidalarini buzganda qanday choralar koʻriladi? MUSTAQIL TAʼLIM UCHUN MAVZULAR 1. Kamondan oʻq otish uchun asosiy xavfsizlik talablari. 2. Ochiq va yopiq inshootlarda xavfsizlik qoidalari. 3. Qurol bilan ishlash qoidalari. 4. Xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik. II. KAMONDAN OTISH NAZARIYASI VA METODOLOGIYASIGA KIRISH. KAMONDAN OʻQ OTISH TARIXI. II.1. Kamondan oʻq otish haqida umumiy fikr. Oʻtmishda ota-bobolarimiz juda qadimgi davlatchilik anʼanalariga ega boʻlgan boy maʼnaviyat va moddiy yodgorliklarni meros qoldirishgan. Ular chavandozlik, merganlik va yakka kurashning usullarini yaxshi egallagan edilar. Bugungi kunda asrlar davomida mardlik, bagʻrikenglik, olijanoblik va halollikning timsoli sifatida eʼzozlanib kelingan, oʻzbek xalqining tarixiy merosi – “Kamondan otish” sport turini rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunga kelib terma jamoalar xalqaro oʻquv-yigʻinlarda faol qatnashmoqdalar va turli mamlakatlarda oʻz malakalarini oshirib kelishmoqda. Albatta har bir yangi musobaqalar kamonchilarimiz uchun katta dars boʻlmoqda, shuning uchun biz keyingi nufuzli xalqaro musobaqalarda 13 Olimpiya va Paralimpiya sport musobaqalarida yutish va kamonchilarimizning mahoratini namoyish etish uchun katta imkoniyatlarga egamiz. “Kamondan otish” – mashq va sport turi deb ataladi, yaʼni bu kamondan va oʻqdan foydalanishning amaliy yoʻnaltirilgan isteʼdodidan ortiqcha ekanligini anglatadi. Kamondan otishda oldindan belgilab berilgan nishonlar tomon oʻq otish talab qilinadi. Shuningdek kamon oʻqlari nishonga qay darajada urilganligi baholanadi. Ballar oʻqning nishonga borib urilgan joyiga qarab doiradagi aylana chiziqlari sohasiga bogʻliq. Oʻq uzishdan asosiy maqsad nishonga toʻgʻri urishdir. Kamondan oʻq otishni oʻrganishda bir qator bosqichlardan oʻtiladi. Har qanday yangi boshlovchi shunchaki ushbu sport turini yaxshi bilishi mumkin, ammo uni oʻrganish, u bilan shugʻullanish va sportda mahoratli sportchi boʻlish uchun kamondan oʻq otishni tez-tez va doimiy va albatta murabbiylarning nazorati ostida mashq qilishlari lozim boʻladi. Oʻq otish istagida boʻlgan har qanday otuvchi ijodiy va va oʻzining ajoyib kuch sohibi ekanligiga ishonch hosil qilishi hamda maqsadni oldindan koʻra bilishi his qilmogʻi kerak. Bu har qanday kamonchi uchun oʻylashda birinchi qadam boʻlishi kerak. Nishonlar uzoq masofada joylashganligi hamda va haqiqatan ham oʻlchami kichik boʻlgani uchun, maqsadga erishishda kamonchidan nishonni his qilish, gʻayrat va kuchli energiya talab etiladi. Ushbularga erishishda, albatta doimiy ravishda va juda koʻp oʻz ustida ishlash lozim boʻladi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling