Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


I.2. Ochiq va yopiq inshootlarda xavfsizlik qoidalari


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

I.2. Ochiq va yopiq inshootlarda xavfsizlik qoidalari.
Kamondan otish faqat maxsus belgilangan joylarda (doimiy va vaqtinchalik) 
amalga oshirilishi mumkin. Kamondan otish musobaqalari doimiy (statsionar) 
maydonlarda belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan.
Ochiq oʻq otish 
maydonchasi sifatida quyidagi joylardan foydalanish mumkin: kamondan otish, futbol 
yoki boshqa har qanday maydonlar. Bunday hollarda mashgʻulot maydoni diqqat bilan 
tekshirilib unda toshlar va ortiqcha jismlar boʻlmasligi kerak. Yon tomondan (kamida 
10 m) va nishon chizigʻining orqasida (kamida 20-30 m) maydon oʻzining xavfsizlik 
zonalariga ega boʻlishi kerak. U arqon yoki boshqa vositalar bilan himoyalangan
xavfli joylarda ogohlantiruvchi eslatma va belgilar ham oʻrnatib qoʻyilgan boʻlishi 
lozim. 
Guruh mashqlarida umumiy yoki alohida otish chizigʻi bilan turli masofalarda 
amalga oshirilishi mumkin. 
Umumiy chiziqdan oʻq otishda chiziqdagi otuvchilar orasidagi masofa kamida 1 
m boʻlishi kerak.
Ajratib turuvchi chiziqdan otish paytida, bir masofani boshqasidan ajratib 
turadigan chegara chizigʻining kengligi 10 m dan kam boʻlmasligi kerak. 
Maydonda (zalda) nishonlarning masofasini aniqlashda qoidaga amal qilishingiz 
lozim: uzoqroq masofalar chap tomonda joylashgan boʻladi. 
Moʻljalga olish hududi va maydon odamlardan mutlaqo boʻsh boʻlgan holdagina, 
oʻqni kamon ipiga qoʻyish mumkin. 
Otish vaqtida otuvchilarning oldidan maydonni kesib oʻtishga yoʻl qoʻyilmaydi. 


10 
Otish va nishonlar yoʻnalishi boʻyicha oʻqlangan kamonni choʻzishga faqat 
belgilangan chiziqdan ruxsat beriladi. 
Otish paytida (yoyni choʻzilgan holda) boshqa sportchilar bilan gaplashish yoki 
yon tomonga burilish taqiqlanadi. 
Otishni tugatgandan soʻng, otish chizigʻidan orqaga qaytish va qolgan 
kamonchilar otishma tugashini kutish kerak. 
Hammaga bir vaqtning oʻzida va faqat otishma boshligʻining (murabbiy, 
instruktor, hakam) ishorasi bilan nishonlarga yaqinlashishga ruxsat beriladi. 
Alohida otish va alohida yondashuvga faqat malakali sportchilar (birinchi sport 
toifasidan past boʻlmagan) va bir masofani boshqasidan (yoki bir nishondan 
boshqasigacha) ajratib turadigan, kengligi 10 m boʻlgan chegara chizigʻi oʻrnatilishi 
sharti bilan ruxsat etiladi. 
Nishonlarga yaqinlashish va undan uzoqlashishda faqat toʻgʻri chiziq boʻylab 
harakatlanish lozim. 
Havoga, yuqoriga qarab oʻq otish qatʼiyan man etiladi. 
Maydonda kamon, oʻq va boshqa jihozlarni olib yurishda bolalar xizmatlaridan 
foydalanish taqiqlanadi. 
Musobaqa davomida ishtirokchiga quyidagilar taqiqlanadi: 
 chizigʻidan tashqarida boʻlgan holda, kamonni choʻzish; 
signalsiz otish
 oʻq otish chizigʻida musobaqa boshlanishidan oldin kamonlarni sinash paytida, 
kamonni oʻq bilan choʻzish. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling