Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish
II.3. Oʻzbekistonda kamondan otish tendensiyalari
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
DARSLIK 2023 йил октябр 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anʼanaviy kamon ("anʼana")
II.3. Oʻzbekistonda kamondan otish tendensiyalari.
Kamondan oʻq otish sport turi sifatida XV asrdan beri olib boriladi — oʻsha paytda Shveysariyada 13-asr oxiri — 14-asr boshlarida yashagan mohir kamonchi, xalq qahramoni, mustaqillik uchun kurashgan afsonaviy Vilgelm Toll xotirasiga bagʻishlangan oʻq otish musobaqalari oʻtkazilib kelingan. Uzoq yillar davomida kamondan oʻq otish sport turida jihozlar, qoidalar va boshqalar qatʼiy tartibga solinmagan. Ushbu sport musobaqasidagi birinchi qoidalar faqat 19-asrdan boshlab paydo boʻlgan. Kamonni 2 turga boʻlish mumkin: oddiy hamda murakkab kamon. Oddiy kamon yarim doira shaklida. Murakkab kamon esa yoyilgan qoʻsh qanot shaklida. Murakkab kamon asrlar davomida takomillashib borgan. Asosan, Sharq xalqlari qoʻllagan. Murakkab kamon Oʻrta Osiyo xalqlariga miloddan avvalgi 1-ming yillikdan maʼlum. U Oʻrta Osiyo xalqlari harbiy texnikasida soʻnggi oʻrta asrlarga qadar eng muhim jangovar qurol vazifasini bajarib kelgan. Hinnular 1 davrida (miloddan avvalgi 3-asr) turkiy qavmlar kamon oʻqini otganda hushtak tovushini 1 Hunlar, hunnular, gunnlar, hunnlar (lot. Hunni) — mil. 2 — 4-asrlarda turkiy hunlarning Uraloldi va Volga boʻyidagi oʻgʻur (ugor) qabilalari bilan aralashuvidan tashkil topgan xalq. 16 eslatuvchi yangi turini ixtiro etishgan; hunnular saltanatini vujudga kelishida uning roli katta boʻlgan. Manbalarga koʻra, oʻrta asrlarda kamon oʻqi 500–600 m.dan ziyod masofaga yetgan. Qadimdan hozirgacha kamondan oʻq otish sportning muhim turlaridan biri boʻlib musobaqalar uyushtiriladi. Musobaqalarda kamon oʻqi 900 m gacha masofaga borgan. Anʼanaviy kamon ("anʼana") — ingliz kamoniga asoslangan yogʻochdan tayyorlangan uzun kamon. Anʼanaviy kamon ov va harbiy harakatlar uchun ishlatiladigan qadimiy kamonlarga eng yaqini hisoblanadi. Odatda anʼanaviy kamondan otishda qoʻshma turli jihozlarsiz, va nozik sozlash moslamalari boʻlmagan oddiy kamonlarni hush koʻruvchilar foydalanadilar. Anʼanaviy kamon ibtidoiy otish moslamasi boʻlib, oʻq otish texnikasiga eng yuqori talablarni qoʻyadi. Bu turdagi kamon moddiy jihatdan eng sodda va otish mahorati jihatidan eng qiyin hisoblanadi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling