Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

Murakkab kamon 
(ingl. compound bow)
— metall va karbondan yasalgan 
zamonaviy kamon. Unda bloklar tizimi (ekssentriklar), oʻzaro bogʻlangan poʻlat simli 
va kamon iplari mavjud boʻlib odatda, oʻqni boʻshatish uchun kamon ipida moʻljalga 
olish va boʻshatuvchi halqa mavjud. Murakkab kamon har doim anʼanaviy klassik 
kamonga qaraganda aniqroq boʻladi va oʻqning parvoz tezligi sezilarli darajada yuqori 
boʻladi.
Boʻshatish 
(англ. release)
— barmoqlarning ipdan toʻgʻri siljishi tufayli ipni 
boʻshatish va oʻqni boʻshatish momenti (murakkab kamonda – tepkini bosish orqali — 
qoʻyib yuborish). 
Otish (ing.
shoot
) — chizilgan kamon ipini qoʻyib yuborish va oʻqning start
oni 
(момент). Bunday holda, kamonning egilgan boʻgʻinlarining boʻshatilgan potensial 
energiyasi kinetik energiyaga aylanadi va oʻqqa oʻtadi. Ushbu uzatilgan energiya 
tufayli oʻq boshlangʻich tezlanishni oladi va keyinchalik parvozni amalga oshiradi. 
Kamon ipidagi qin (yoki egar, inglizcha 
nocking point
) oʻqni kamonga 
mahkamlash uchun joy. U kamon ipiga mahkamlangan metall halqa shaklida yoki ipni 
oʻrash orqali yasalgan boʻlishi mumkin. 


214 
Gran (inglizcha gran) — massa oʻlchov birligi. Kamondan otishda u oʻqning 
dum qisimlarini va boshqa kichik qismlarni, shuningdek, oʻlchashda aniqlik muhim 
boʻlgan toʻliq yigʻilgan oʻqlarning ogʻirligini oʻlchash uchun ishlatiladi. 1 gran = 
0,0648 gramm. 
Tayyor (harakat) – kamondan nishonga otish uchun qabul qilgan otuvchi 
tanasining egallagan holati. U boshlangʻich va ishchiga boʻlinadi. 
Karbon (mahsulot) — uglerod tolalari. Oʻq, kamon va boshqa jihozlarni ishlab 
chiqarishda keng qoʻllaniladigan mahsulot. 
Kolchan, (jihoz) — kamonchi kamonchi oʻqlarini olib yurish uchun gʻilof, 
odatda charmdan yasaladi kamarining yon tomoniga biriktiriladi. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling