Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
DARSLIK 2023 йил октябр 2
Oqsil moddalar
Oqsillar (proteidlar) – tirik organizm hujayralarida sintezlanadigan biologik polimerlar. Oqsil tirik organizmning hayotiy mahsuloti boʻlib, uning yashashi, rivojlanishi, yetilishi va oʻziga oʻxshash nasl hosil qilishiga imkon yaratadi. Barcha oqsil molekulalari uglerod, vodorod, azot, kislorod va oz miqdorda oltingugurtdan tashkil topgan. Oqsil molekulalari zanjiridagi boʻgʻinlar aminokislotalardan iborat. Hujayra quruq ogʻirligi ning 50% dan oshiqrogʻini oqsil tashkil etadi. Oqsilning organizm hayot – faoliyatidagi ahamiyati niho-yatda xilma-xil. Oqsilning strukturali oqsil deb ataluvchi katta gruppasi organizm turlicha strukturasining hosil boʻlishida ishtirok etadi. Hujayralar qobigʻi va ularning ichki tuzilmalari – organnellalar, shuningdek, nerv ustunlari qobiqlari polisaxa-ridlar va yogʻlar bilan murakkab moddalar hosil qiluvchi alohida erimaydigan oqsildan tashkil topgan. Oqsil qon tomirlari devori tarkibiga qiradi. Teri, pay, boylam, togʻay, suyak tarkibida kollagen oqsili boʻladi. Keratin son, tirnoq tuzilmalarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Gormonlar oqsili organizmning barcha hayotiy jarayonla-rini, oʻsishi va koʻpayishini boshqarib turadi. Alohida yorugʻlik sezgir oqsil – rodopsip yordamida koʻz toʻr pardasida predmetlar tasviri aks etadi. Muskullarda qisqaradigan oqsil miozin va aktin borligi tufayli ular qisqaradi va yoziladi. Ayni shu oqsil tufayli barcha hayvonlar yurish qobiliyatiga ega. Baʼzi hayvonlar (ilon, hashorat va boshqa) hamda oʻsimliklarning kuchli zaharli moddalari, shuningdek bakteriyalar toksini xam oqsildir. Shuning uchun ular tuxum oqida va oʻsimliklar urugʻida toʻplanadi. Baʼzi oqsil zahira oziq moddalar hisoblanadi. Fermentlar oqsilning muhim va turli gruppasini tashkil etadi. Organizm-dagi barcha kimyoviy jarayonlar fermentlar ishtirokida oʻtadi. Ovqat hazm boʻlishi, kislorodning oʻzlashtirilishi, moddalarning oʻzaro bir-biriga aylanishi, almashinuv mahsulotlarining hosil boʻlishi va organizmdan chiqarib yuborilishi, energiya toʻplanishi, qon ivishi va boshqa fermentlar ishtirokisiz amalga oshmaydi. 198 Baʼzi oqsil gruppalari tashuvchalik funksiyasini bajaradi. Masalan, eritrositlardagi gemoglobin kislorodni oʻpkadan organizmning turli toʻqimalariga eltadi va toʻqimalarda hosil boʻlgan karbonat angidridni oʻpkaga olib kelib, nafas chiqarganda uning oʻpkadan tashqariga chiqib ketishiga imkon yaratadi. Oqsil organizmni himoya qilish vazifasini ham oʻtaydi. Qonga kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar yoki ularning organizm hayot faoliyati uchun xavf tugʻdiradigan mahsulotlar tushganda organizmda antitellar – immunoglobulin oqsil ishlab chiqariladi. Ular organizm uchun yot boʻlgan zaharli oqsilni yoki kasallik paydo qiluvchi mikroorganizmlar hayot-faoliyati mahsulotlarini neytrallashda ishtirok etadi. Oqsilning organizmni himoyalash vazifasiga qonning ivishini ham misol qilib keltirish mumkin. Qon plazmasida fibrinogen oqsili eriydi. U rangsiz va koʻrinmaydi. Lekin qon tomirning shikastlangan joyida fibrinogen tez polimerlanib, oq fibrin ipiga aylanadi va choʻkmaga tushib, jarohatlangan joyni paxta yangligʻ toʻsib qoʻyadi. Suvda eritmaydigan, kimyoviy jihatdan inert oqsildan tortib, suvda eriydigan, biologik jihatdan aktiv, zaharli barcha oqsilpeptid bogʻi bilan bogʻlangan ayni bir xil aminokis-lotalardan tashkil topgan. Tabiatda 20 xilga yaqin aminokis-lotalar (oqsil shu aminokislotalardan tuzilgan) mavjudligi ularning zanjirlarda maʼlum ketma-ketlikda joylashishini cheksiz oʻzgartirishga amaliy imkoniyat yaratib beradi. Har bir oqsilning politeptid zanjiri oqsiliga xos boʻlgan aminokislotalarining tuzilishi bir xilda yoki bir-biriga yaqin boʻlgan, lekin aminokislota qoldiqlari turlicha ketma-ketlikda joylashgan ikkita oqsilning xossasi kimyoviy jihatdangina emas, balki biologik jihatdan xam deyarli turlicha boʻladi. Oqsil molekulasi aminokislota zanjiridagi bittagina aminokislota qoldigʻi oʻrnining almashtirilishi ham ayni oqsil xossasining anchagina oʻzgarishiga sabab boʻladi. Aksari oqsil tarkibiga kiradigan aminokislota qoldiqlarining soni 100 dan kam emas. Ular oqsil tarkibida qatʼiy tartibda birin-ketin joylashib, oqsil molekulasining polipeptid zanjirini, yaʼni barqaror birlamchi strukturasini tashkil qiladi. Juda koʻp aminokis-lotalardan tuzilgan uzun polipeptid zanjirining turli qismlari oʻzaro bogʻlanishi tufayli oqsil molekulasining yuksak tashkiliy shakllari – ikkilamchi, uchlamchi va toʻrtlamchi strukturalari hosil 199 boʻladi. Tirik organizmda oqsil paydo boʻlishi nuklein kislotalari va koʻp sonli maxsus fermentlar ishtirokida oʻtadigan murakkab jarayondir. Oqsil shakli, toʻqimasi va individual xossalari bilan farq qiladi. Har qanday oqsil issiq qonli hayvonlar, jumladan odam organizmiga kiritilganida antitela hosil boʻlishiga boʻlishiga olib keladi, yaʼni oqsil antigen xossasiga ega. Organizmga yot oqsil kirganida allergik holatni yuzaga kel-tiradi. Organizmga singmagan oqsil va polipeptidlar ichakda soʻrilib, qonga oʻtadi va organizmga allergiya singari taʼsir etadi. Oddiy oqsillarni hazm boʻlishi va soʻrilishining buzilishi. Oqsil oziq-ovqat ratsionining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ovqat bilan meʼda-ichak yoʻllariga kirgan oqsil ovqat hazm qilish shiralaridagi fermentlar taʼsirida parcha-lanadi (singiydi). Oziq-ovqatdagi oqsil aminokislotagacha parchalanib, ichak orqali qonga oʻtadi. Shunday qilib, oziq-ovqatdagi oqsil oʻziga xos koʻrinishini yoʻqotadi, undan hosil boʻlgan aminokislotalardan organizm oʻziga mos – strukturali, fermentli va h.k. oqsilni vujudga keltiradi. Baʼzi oqsil- ning meʼda-ichak yoʻlida chala parchalanishi ancha ogʻir kasalliklarga sabab boʻlishi mumkin. Oqsilga yolchimaslik va u bilan bogʻliq boʻlgan kamchi-liklar. Odam organizmning oqsilga yolchimasligiga quyidagi omillar sabab boʻlishi mumkin: oqsilning organizmga oziq-ovqatlar bilan yetarli miqdorda kirmasligi, oziqli oqsilning chala hazm boʻlishi va yaxshi soʻrilmasligi (kuchli ich ketishi, dispepsiya, dizenteriya, chillashir, ovqat hazm qilish bezlari funksiyasining buzilishi) oqsilning organizmda juda kuchli almashinuvi, binobarin, fiziologik holatlari (homiladorlik, laktatsiya va b. da) kuyganda, suyak singanda, xirurgik operatsiya-larda, infeksion kasalliklarda va b.da sodir boʻladigan stress (tanglik) holatlarida unga boʻlgan ehtiyojning yuqoriligi, turli kasalliklarda, masalan, nefroz, qon yoʻqotish, oqsilning ekssudat va transsudatlarga oʻtishi, toʻqimalarda, qon zardobida oqsil sintezining buzilishi, bir qator kasalliklarda (gastrit, yarali kolit, ileit va b.) oqsilning ichak epiteliylaridan oʻtib yoʻqolishida. Oqsilga yolchimaslik organizm toʻqimalarining oʻzidagi oqsilning parchalanishiga va azot balansining buzilishiga sabab boʻladi. Dastlab qon zardobidagi 200 oqsil miqdori kamayib gipoproteinemiya paydo boʻladi. Gipoproteinemiya suyuqlikning qondan toʻqimalarga oʻtishiga va shish paydo boʻlishiga olib keladi. Qondan keyin ikkinchi navbatda jigar, muskul va teridagi oqsil miqdori kamaya boshlaydi, eng soʻnggida yurak muskuli va bosh miya oqsili tugay boshlaydi. Markaziy nerv sistemasi funksiyasining buzulishi oqsil almashinuviga ancha taʼsir koʻrsatadi. Oqsilning parchalanishi tezlashib, yangidan hosil boʻlishi esa sekinlashadi. Bu atrofiya, distrofiya va boshqa kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Gormonlarning oqsil alma-shinuvida alohida ahamiyati bor. Qalqonsimon bez gormonlari organizmdagi oqsil parchalanishi jarayonini kuchaytiradi va hosil boʻlishni tezlashtiradi. Gipofizda ishlanib chiqadigan oʻsish gormoni taʼsirida oqsilning hosil boʻlishi va sintez-lanishi tezlashadi. Bu oqsil miqdorining koʻpayishiga va organizmning oʻsishiga imkon yaratadi. Kuchli mashgʻulotlar bajarlishida, ayniqsa 2-3 martadan koʻp oʻtkaziladigan mashgʻulotlarda, qayta tiklanish jarayonlarini jadallashtirishda ovqatlanish rejimiga maxsus ozuqa preparat-lar kiritiladi. Bular qatoriga oqsil gidrolizatli sport ichimliklari kiradi. Quruq sport ichimlik “Olimpiya”, “Sportakiad”, “Viktoriya”, “Ergoton”, “Veleton”, “Diyeta Ekstra” va oqsil-glyukozali shokolad, oqsil pechenyesi, “Olimp”oqsil marmeladi va boshqalardir. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling