Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish
Qayta tiklash vositalarining tasnifi
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
DARSLIK 2023 йил октябр 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik vositalari;
Qayta tiklash vositalarining tasnifi
Qayta tiklash vositalari uchta asosiy – pedagogika, psixologik va tibbiy guruhlarga boʻlinadi. Pedagogik vositalari; Asosiy vositalar boʻlib hisoblanadi, chunki ratsional ravishda tuzilgan sport mashgʻulotlarnigina qayta tiklash jarayonlarini tezlashtiradi va sport natijalarni oshiradi. Bunda quyidagi faktorlarga katta ahamiyat beriladi: mikro va makrosikllarda shu bilan sportchini koʻp yillar davomida tayyorlanishida yuklanish va dam olishni birga qoʻshib toʻgʻri olib borilishi. maxsus qayta tiklash sikllarini kiritish, dam olish kunlar, mashgʻulotlarni har xil sharoitlarda oʻtkazilishi, mushaklarni boʻshashtiruvchi mashqlar, yengil krosslar, mashgʻulotlarni kirish va tugash qismlarini ratsional ravishda tuzilishi va h.k. Psixologik vositalari; – psixologik – asab tangligini (tarangligini) chetlatadi, shu bois organizmining harakat va fiziologik funksiyalari tezda qayta tiklanadi. Bularga har xil asabiy va ruhiy holatlarini boshqarish uslublar: uxlab dam olish, oʻz kuchiga ishontirish, oʻz-oʻzini irodasini mustahkamlash, mushaklarni boʻshashtirish usullari, boʻsh vaqtlarni sermazmuni oʻtkazish, gipnoz va x. kiradi. Jismoniy ish qobiliyatini tiklashda qoʻllaniladigan tibbiy vositalar asosiy rolni oʻynaydi. 194 Tiklanish deganda organizmning funksional holati oʻzgargandan keyin uning fiziologik holatini ishdan oldingi yoki unga yaqin gomeostaz (ichki muhitni saqlash) holatiga qaytishi tushuniladi. Aerob reaksiyalar va assimilyatsiya ustun kelishi tiklanish jarayonlarining xarakterli tomonidir. Maʼlumki, ishdan keyin davrda faqat organizmning sarf qilgan resurslari va shuningdek, uning fiziologik funksiyalari tiklanibgina qolmay balki muhim funksional struktur qayta qurilishlar ham boʻladi. Shuning uchun tiklanish jarayonlarini bilib hisobga olish trenirovka yuklamalariga doimo toʻgʻri yordam beradi. Yuklanish natijasida organizmning ichki muhitida kuchli oʻzgarishlar sodir boʻladi, qon reaksiyasi kislotali tomonga suriladi, energetik resurslar kamayadi, termoregulyatsiya, buziladi, yurak-qon tomir, nafas sistemalarining faoliyati buziladi. Bularning faoliyatini yaxshilashda tibbiy vositalar yordam beradi. Buning natijasida charchoqlik holati yoʻqoladi, ish qobiliyati oshadi, organizmga keyingi beriladigan yuklanishga moslanishini yengillashtiradi. Sportchilar organizmning ish qobiliyatini qayta tiklashda sport tibbiyotida keng kompleksli vositalar qoʻllaniladi. Bunga birinchi navbatda maxsus ovqatlanish, ergogenli diyeta va vitaminlar kiradi. Bundan tashqari oʻsimliklardan va sunʼiy yoʻl bilan tayyorlangan farmakologik preparatlar qoʻllaniladi Gigiyenik vositalari ham keng qoʻllaniladi – bir meʼyordagi rejim, tabiatdagi tabiiy kuchi va x.z. Eng asosiysi esa tiklanishning jismoniy vositalarning yigʻindilari: massajdan tortib, sauna, termo (issiq) – elektro,baro, – magnit va boshqa uslublar koʻllaniladi. Koʻpgina tibbiy vositalar organizmga katta taʼsir qiladi. Bu vositalarni notoʻgʻri koʻllanishi, organizm holatiga mos kelmasligi, dozirovka koʻpayib ketishi, sportchilarning sogʻli-gʻiga taʼsir etishi, uning ish qobilyatini yomonlashishiga olib keladi. Shuning uchun buni qoʻllashda sportchilarning individual holatini, yoshini, jinsini sogʻligini, jismoniy rivojlanishiga, organizmning konkret holatiga, 195 mashgʻulotning yoki musobaqaning bosqichi va xarakterini hisobga olish kerak. Bu vositalar vrach koʻrsatmasi asosida qoʻllaniladi. Mashgʻulotlar va musobaqalar jarayonida sportchilarni ish qobiliyatini oshirishda, tiklanish jarayonlarni tezlashtirishda va charchash holatlarni oldini olishda ovqatlanishi katta ahamiyatga ega. Modda almashinuv tufayli oʻsish va rivojlanish, morfo-logik oʻzgarishlarni turgʻunligini va biologik sistemalarni funksional darajalari taʼminlanadi. Katta jismoniy yuklanishlarda oziqa moddalarga extiyojligi, qisman oksil moddalarga va vitaminlarga oshishi kuzatilgan yuklanishlarni kuch va quvvat oshishi bilan energiyani sarflanishi ham oshadi. Sportchilar va sport ustozlari har xil jismoniy yukla-nishga taalluqli energiyasini mos kelishini aniqlashi mumkin. Qayta tiklash jarayonlarini tezda tiklash maqsadida katta yuklanishlar va musobaqalar davomida ovqatlanish kaloriyasini oʻylab chiqarilgan normativlarga nisbatan 5-10%, suyuklikni esa 0,5-1 litrdan oshirish lozim. Tiklanish davrida ozuqa bilan oqsil moddalarini istyemol qilinishiga katta ahamiyat beriladi. Ozuqani oksil tarkibini 50-60 % goʻsht, baliq, jigar, soʻzma, sut tashkil qiladilar. Oqsil moddalar tarkibiga kiruvchi aminokislotalar., glyutamin (sutki bugʻdoyni oqsillari) lipoproteinlar (sut, jigar, mol goʻshtli oqsil moddalarni va xolin )mol jigarida, tilda, tuxum sarigʻida, noʻxatda qayta tiklanishi taʼminlanadi. Yogʻ va uglevodlar – tiklash jarayonlarida katta rol oʻynaydilar. Yogʻ mahsulotlari 20- 25% dan oshmasligi lozim va uglevodlarni miqdorini oshirish lozim. Jigar va mushaklarda glikogen zapaslarini oshirishda yuklanishlardan 24-28 soat oʻtgandan keyin sportchilarni ozuqa tarkibini uglevodlar bilan boyitilishi lozim. Bular bir sutkali kaloriyasini 60% tashkil etishi kerak. Qayta tiklash davrida uglevodlar tarkibi: 64% kraxmal va 36% oddiy qandlardan iborat boʻlishi kerak. Tiklanishni taʼminlashda oson yengil suriluvchi uglevodlar (Masalan asal), hoʻl mevalar va sabzavotlar katta yuklanishlar davrida bir sutkali ratsionini 15-20% tashkil qilishlari lozim. 196 Tiklanish jarayonlarini – kalsiy, fosfor, natriy, magniy, temirga boy meneral moddalar tezlashtiradi. Bu modda-lar mushaklar, bosh miya, miokardda almashinuv jarayonlarini boshqarishi, fermentlarni va vitaminlarni organizmda oʻzlash-tirilishi, kislorodni tashuvchi xususiyatlarini, suyak toʻqima-larini mustahkamlanishida katta rol oʻynaydi. Issiq sharoitda mashq davomida koʻp terlash natijasida tiklanish davrida ozuqa rasionida osh tuzini miqdorini sutka davomida 5-7 g koʻpaytirish mumkin, mushaklarni tirishishida sportchilarga maxsus tuzli tabletkalarni berish kerak. Tiklanish davrining boshlanishida organizmda ishqorlik moddalar mineral suvlar, hoʻl mevalar va sabzavotlar bilan taʼminlash kerak. Ichaklarni faoliyatini yaxshilashda qatiq, kefir va apelsinlarni ovqatlanish rejimiga kiritish lozim. Kun davomida 3-4 marta ovqatlanish tavsiya etiladi (mashgʻulotlar va musobaqalardan 1,5-2 soat oʻtgandan keyin). Tiklash muammolarida vitaminlar alohida oʻrin egallaydi. Katta yuklanishlarda vitaminlar yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin. Zamonaviy sportda kompleksli vitaminli preparatlar qoʻlla-niladi. Shular qatorida kompleksli preparatlar (uglevodlar meniral tuzlar mikroelementlar va vitaminlar yigʻindisi yoki oqsil moddalarni yigʻindisi) keng qoʻllaniladi. Mushaklarni energetik potensialini oshirishga olib keluvchi ovqatlalanish energogen diyeta deb nom olgan (ugle-vodlar, oqsil va yogʻ moddalarni kompozitsiyasini oʻzgartirish). Mushaklarda glikogenni miqdori qanchalik koʻp boʻlsa, jismoniy yuklanish shuncha katta samarali bajariladi. Masalan, oddiy aralash diyetada (KMU) veloergometrda MPKning 75% tashkil qilingan jadallikda mashq 114 daq davomida, uglevod diyeta – 167 daq, oqsil-yogʻ diyetada atigi 57 daqiqa davomida toʻxtovsiz mashq birinchi hodisada glikogenni miqdori 1,75 g/100 g mushakni ogʻirligiga teng, ikkinchisida – 3,51 /100 g uchinchisida esa atigi 0,63 g/100 g ekanligini aniqlashgan. Mushaklarda kislarodning tarkibi qancha kam boʻlsa, shuncha uzun masofaga yugurish tezligi past boʻladi. Energogen diyeta nafaqat sportchilarni ish qobilyatini oshirishda, 197 shu bilan sportchilarni mashgʻulotlar va musobaqalarni samaradorligini taʼminlashda ham qoʻllaniladi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling