Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

Farmakologik tiklash vositalari 
Sportchilarni ish qobilyatini bir meʼyorida saqlash, katta yuklanishlardan keyin, 
oʻtkir va surunkali charchash, oʻta charchash, betoblik holatilarda, zamonaviy sportda 
har xil farmakologik moddalar qoʻllanilmoqda. Oʻsimlik farmkologik moddalarga 
koʻproq ahamiyat beriladi. Har bir vaziyatda trener va vrach birgalikda farmokologik 
moddalarni qabul qilish masalasini yechishlari lozim. 
Vitaminlar 
Sportchilarning ish qobilyatini qayta tiklashda vitaminlar alohida oʻrin 
egallaydi. Maʼlumki, vitaminlarning yetishmovchiligi ish qobilyatining pasayishiga, 
charchash va har xil kasallik holatilariga keltirishi mumkin. Bu dorilar ferment 
sistemalarini aktivlashtiradi, immunitetni oshirishga koʻmaklashadi, toʻqimada 


201 
kislorodni oʻzlashtirishni yaxshilaydi, nerv va gumoral regulisyani rivojlantiradi, 
modda almashinuvi chiqindilarini organizmdan chiqib ketishini tezlashtiradi. dorilarni 
buyurishga faqat vrachning huquqi bor. Ularni trenerlar tomonidan buyurilishi, 
sportchilarni oʻzlari qoʻllashi man etiladi. Bolalar va oʻsmirlar dorilarni qoʻllashda 
alohida extiyot boʻlmoqlari lozim. 
Plastik taʼsir xususiyatiga ega boʻlgan dori-darmonlar (nukleotidlar) 
hujayralarning tiklanishiga va ularning ichida regenerativ jarayonlarini kechishiga 
yordam beradi, anabolik xususiyatlari va distrofiyaga qarshi koʻrsatish xususiyatigsha 
ega. Uglevod almashinuviga taʼsir koʻrsatadi, ferment va koferment-larni yetishmasligi 
toʻldirishda koʻmaklashadi, yurak va skelet mushaklarida modda almashinuvini 
yaxshilaydi. Jismoniy zoʻriqishlar natijasida rivojlangan miokard distrofiyasini oldini 
olishida va davolashda bu guruh dorilarning ahamiyati kattadir. Bu guruhga kaliy 
orotat, riboksin, ATF, oqsil aralashmalari va ozuqa qoʻshimchalar kiradi. Energetik 
taьsiriga ega boʻlgan dori darmonlar. Kislorod yetishmovchiligiga (gipoksiya 
organizmni turgʻunligini oshiradi). Kerakli energetik modda-larni ehtiyot qiladi, 
metabolik reaksiyalarga tezda kirishadi va Krebs siklida tez soʻriladi va sarflanadi, 
fermentlarni va kofermentlarni aktivligi oshiradilar, katta yuklanishlarda organizmda 
hosil boʻladigan zararli radikallarni miqdorini kamaytiradi. Bu guruh dori darmonlarga 
karnitin xlorid, pikamilon,yantar kislotasi, panangin, nootropil kiradi. 
Antioksidantlar (vitamin Ye, tokoferollar va boshqalar) uzoq vaqt davolovchi 
etadigan mashgʻulotlarda lipidlarning ortiqcha koʻp miqdori hosil boʻladigan zararli 
moddalarni taʼsirini oʻtmaydigan qilib qoʻyadi. 
Adaptogenlar-bular asosan oʻsimliklardan olinadigan biostimulyatorlardir 
(jenshen, xitoy limonniki, levziya (maral ildizi). Bular qatoriga va kompleksli dorilar 
ham kiradi Ular organizmni turli xil zkstremal taʼsiriga qarshilikni oshiradi
yuklanishlardagi funksional oʻzgarishlarni tiklashga koʻmakla-shadi. Tezlik va kuchli 
yuklanishlarda, zoʻriqish bilan hamda oʻta diqqat va murakkab koordinatsiyali harakat 
talab qiluvchi sport turlarida samarali qoʻllaniladi. 


202 
Nootroplar 
– bosh miyaning integrativ mexanizmlariga bevosita 
aktivlashtiruvchi taʼsir koʻrsatadigan, xotirani yaxshi-laydigan, fikrlashni 
stimullashtiradigan, bosh miyani stress taʼsirotiga chidamliligini oshiradigan preperat. 
Nootroplar koordinatsiyani yaxshilabgina qolmay, sportdagi yoʻqolayotgan koʻnikma 
va texnikani tiklanishini tezlashtiradi. 
Organizmda jismoniy mashqlarni bajargandan keyin undagi funksional 
uzgarishlarni ishdan oldingi holatga qaytish jarayoni yoki shunga oʻxshash holatga 
qaytish tiklanish deb ataladi.
Charchash yuzaga kelgandan keyin organizmning dam olish vaqtida tiklanish 
jarayonlari oʻtadi, yaʼni muskul ishi taʼsirida fiziologik funksiyalar (tomir urish soni, 
qon bosimi, upka ventilyasiyasi, kislorod oʻzlashtirilishi, tana harorati, organizmdagi 
turli sistemalarning qoʻzgʻaluvchanligi va boshqalar) maʼlum vaqt oʻtgandan keyin 
ishdan oldingi holatga kaytadi, yaʼni tiklanish yuzaga keladi.
Tiklanish davrining muddati bajariladigan ishning harakteri, tezligiga, 
muddatiga, sportchining jismonan chiniqqanligiga bogʻliq boʻladi. Tiklanish 
jarayonlari baʼzi muskul ishlarida sportchining faqat dam olish vaqtidagina yuzaga 
kelmay, balki ishning bajarilish vaqtida ham sodir boʻladi. Lekin ish bajarilayotgan 
vaqtda energiya resurslarining sarflanishi uning tiklanishidan yuqori boʻladi. Dam 
olish vaqtida esa aksincha organizmning energiya sarfi uning toʻplanishidan kam 
boʻladi. 
Tiklanish jarayonlarining borishi bir tekis emas, balki toʻlqinsimon buladi, yaʼni 
dam sekinlashadi, dam tezlashadi va yana sekinlashadi, yana koʻtarilib ishdan oldingi 
holatga qaytadi. Tiklanish jarayonlarning borishi mos xolda organizmning ish 
qobiliyatini oʻzgartiradi. Muskulning ish bajarishida sarflangan moddalar tiklanish 
davrida ishdan oldingi holatdan birmuncha yuqori darajada toʻplanadi.
Bu muskul ishini tugaganidan keyin maʼlum vaqt oʻtishi bilan yuzaga kelib 
tiklanishidan yuqori faza deb ataladi (superkompensatsiya). Superkompensatsiyadan 
keyin tulqinsimon shaklda ishdan oldingi holatga keladi. Superkompensatsiya fazasi
bir necha soatdan keyin 1-2 kungacha davom etishi mumkin.


203 
Agar takroriy ish har gal superkompensasiya fazasida boshlansa energiya 
manbalarining darajasi orta boradi, chunki energiya sarfi ham yukori darajada buladi 
va nihoyat doimiy tiklanish yuqori darajada boʻladi.
Jismoniy mashqlardan keiyn tiklanish organizm funksiyalarining faqat ishdan oldingi 
holatga yoki unga yaqin darajaga qaytishdan iborat boʻlmaydi. Agar mashqlardan 
keyin sportchi organizmning funksional holati ishdan oldingi holatga qaytishi 
bilangina tugalanadi, tanglangan sport turi boʻyicha xech qanday takomillashi sodir 
boʻlmagandi.
Sportchining jismonan chiniqqanligi ortsa, bu mashqlardan keyin sportchi organizmida 
qoladigan reaksiya izlarining oqibatidir. Bu reaksiyalar yuqolmaydi, aksincha 
puxtalanadi.
Tiklanish jarayonlari baʼzi muskul ishlarida faqat sportchining dam olish vaqtida 
yuzaga kelmay, balki ishning bajarilish vaqtida ham boʻladi. Lekin ishning bajarilish 
vaqtida dissimilyasiya jarayonlari ustun turadi, yaʼni energetik resurslarni sarflanishi 
uni toʻplanishidan yuqori boʻladi. Dam olish vaqtida esa, aksincha, organizmning 
energiya sarfi uning toʻplanishidan kam boʻladi, yaʼni assimilyasiya jarayonlari 
dissimilyasiya jarayonlaridan ustun turadi. 
Funksiyalar tiklanishining geteroxronligi. Tiklanish jarayonlarining borshi bir 
tekis boʻlmay u toʻlqinsimon boʻladi, yaʼni bir sekinlashadi keyin tezlashadi va yana 
sekinlashadi, yana koʻtarilib nihoyat ishdan oldingi holatga keladi. Tiklanish 
jarayonlarining borishiga mos holda organizmning ish qobiliyati oʻzgaradi. 
Charchashda pasaygan ish qobiliyati sekin-asta tiklana boradi va maʼlum vaqtdan 
keyin ishgacha boʻlgan darajadan ham ortadi, soʻngra sekin-asta pasayadi va yana 
koʻtariladi,nihoyat ishdan oldingi holatga qaytadi .
Organizmning ish qobiliyatini ishgacha boʻlgan darajadan koʻtarilishi ortiqcha 
tiklanish fazasi deb yuritiladi. Jismoniy mashqlar trenerovkasini bu fazada oʻtkazish 
sportchining jismoniy chiniqishi uchun muhim ahamiyatga ega boʻladi. 
Jismonimy mashqlaldan keyin tiklanish organizm funksiyalarini faqat ishdan oldingi 
holatga yoki unga yaqin darajaga qaytishdan iborat boʻlmaydi. Agar trenerovka 


204 
ishlaridan keyin sportchi organizmning funksional holati ishdan oldingi holatga qaytish 
bilangina tugaganda tanlangan sport turi boʻyicha hech qanday takomillashish boʻlmas 
edi.
Sportchilarning jismoniy chiniqqanligini ortishi trenerovka ishlaridan keyin 
sportchi organizmida qoladigan reaksiya izlarining oqibatidir. Bu reaksiyalar 
yoʻqolmasdan, aksincha, puxtalanadi. Sportchi organizmida tiklanish davrida 
boʻladigan funksional sistemalar konstruktiv chiniqqanlik ortishining asosi boʻlib 
xizmat qiladi.
Shu sababli ishdan keyingi holatini analiz qilishda ikita faza ajratish zarur 
boʻladi: 1.Muskul ishi taʼsirida somatik va vegetativ funksiyalarning oʻzgarish fazasi: 
bu faza bir necha minut va soatlar bilan hisoblanadi (tiklanishning kechiktirilgan 
davri), bu davrda organ va toʻqimalarda funksional va struktura oʻzgarishlari 
shakllanadi.
Tiklanish jarayonlarining muhim hususiyati ish bajarishdan keyin turli 
koʻrsatkichlarning ishdan oldingi holatga qaytishini bir hil muddatda boʻlmasligidir, 
yaʼni geteroxron tarzda oʻtishidir. 30 sekund davom etadigan maksimal tezlikdagi 
trenerovka mashqlaridan keyin ish qobiliyatining tiklanishini 90 foizi odatda 90-120 
sek. davomida boʻladi. Vegetativ nerv sistemasining ayrim koʻrsatkichlari 30-60 
sek.dan keyin ishdan oldingi holatga keladi, boshqa koʻrsatkichlari 3-4 min. va undan
koʻp vaqtdan keyin tiklanadi. Kislorod tashuvchi sistemasining asosiy koʻrsatkichlarini 
tiklanishi energetik resurslar tiklanishidan oldin yuzaga keladi. 
Bajarilgan muskul ishi taʼsirida organizmda yuzaga kelgan oʻzgarishlarning 
ishdan oldingi holatga qaytishi hamma organ va sistemalarida bir vaqt davomida 
boʻlmay baʼzilarida tez, boshqalarida sekin yaʼni geteroxron tarzda boʻladi. Masalan, 
tiklanish davrida kislorod oʻzlashtirilishi, oʻpka ventilyaiyasi, arteriya qon bosimi va 
pulsning ishdan oldingi holatga kelishi bir vaqtda boʻlmasligi tekshirishlarda 
aniqlangan. Oʻrtacha oʻgʻirlikdagi ishdan keyin kislorod oʻzlashtirilishini ishgacha 
darajaga qaytishi sut kislotasining miqdorini normaga kelishidan tez boʻladi. Qonning 
ishqor rezervi esa yana ham kechroq qaytadi. Kurashchilarning 40min. olishuvidan 


205 
keyin oldin nafas,keyin puls ishdan oldingi darajaga keladi. Muskl kuchi esa uzoq vaqt 
(bir sutkadan ortiq) kamayganligicha qoladi. 
Skelet muskullaridagi energetik resurslarninng tiklanishi ham har xil muddatda 
boʻladi. Masalan, ATF miqdorin ishdan oldingi darajaga kelishi kreatin fosfatga 
nisbatan tez (bir necha sekund. Minut ichida), glikogen yana ham sekin (bir necha 
minut hatto), oqsillar tiklanishi esa eng keyin boʻladi. Bundan tashqari glikogen 
miqdorini tiklanishi turli organlarda, turli vaqt ichida boʻladi. Masalan, oldin bosh 
miyada, keyin yurak muskullarida, soʻngra skelet muskullarida va kech jigarda 
tiklanadi. 
Energiya manbaʼlarnini eng zarur organ va sistemalarda boshqalardagiga 
nisbatan tezroq tiklanishi funksiyalarning umumiy sistemasida eng muhim va asosiy 
bogʻlanishlar tezroq tiklanishini koʻrsatadi, chunki bu organ va sistemalar butun 
tiklanish jarayonlarining tezligini belgilaydi. 
Ayniqsa funksiyalar tiklanishida geteroxronizm ogʻir jismoniy ishlar tugashi 
bilan sezilarli boʻladi. Keyincha boʻladigan tiklanish davri minutlar va soatlar 
davomida emas, balki kunlab davom etadi. 
Tiklanish jarayonlarining shtangachilarda, suzuvchilarda, yengil atletikachilarda 
shiddatli trenirovka siklllardan keyin tiklanish sikli ikki hatto uch sutkaga choʻzilishi 
mumkin. Bunda oldin puls siydikning bioximik koʻrsatkichlari (R va kreatik, qonning 
R pirouzum va sut kislotasi) tiklanadi, keyin yurakning sinov ishga reaksiyasi
oʻpkaning maksimal ventilyasiyasi nerv-muskul apparatining labilligi va kuch 
koʻrsatkichlari, eng oxirida esa asosiy almashinuv tiklanadi.
Qisqa muddatli, ayniqa, shiddatli jismoniy mashqlardan keyin bolalarning ish 
qobiliyati, ulardagi vegetativ funksiyalarning ishdan oldingi holatga qaytishi va yuzaga 
kelgan kislorod qarzining yoʻqotilishi kattalardagiga nisbatan qisqa vaqt ichida oʻtadi. 
Lekin ularda yuzaga kelgan kislorod qarzining absolyut va nisbiy miqdori (gavda 
vaznining 1kg.ga) kam boʻladi. Masalan, 8-7 yoshli bolalarda muskul ishi taʼsirida 
yuzaga kelgan kislorod qarzining 60-70%i yoʻqotilganda, kattalarda shu vaqt 
davomida atigi 40% kislorod qarzi yoʻqotiladi. 11-14 shli bolalarda maksimal 


206 
tezlikdagi ishlarni bajarishdan keyin kislorod oʻzlashtirilishining tiklanishi 12-14-chi 
minutlarda kattalarda esa 16-18-chi minutlarda yuzaga keladi. 
Uzoq muddatli yoki charchashga olib boradigan jismoniy mashqlardan keyin 
tiklanish jarayonlari kattalarga nisbatan yoshlarda sekin boʻladi. Masalan: 16-18 yoshli 
velosipedchi yosh sportchilar 50km masofani oʻtganlaridan keyin arteriya qon bosimi 
6-24 soat ichida ishdan oldingi holatga qaytadi, kattalarga esa 3-4 soat davomida 
boʻladi. 25 kmlik poygadan keyin yosh sportchilardagi tiklanish jarayonlarining 
muddati kattalarda 50 km poygadan keyingi muddatiga yaqin boʻladi. 
Statik kuchlanishlar va kuch bilan bajariladigan mashqlardan keyin (har bir 
sinaluvchining muskul kuchini 50%iga teng kuchlanishda) ish qobiliyati, muskul kuchi 
nafas va qon aylanish funksiyalarining eng kam tiklanishi 11-12 yoshli bolalarda 
aniqlangan. Shu bilan birga jismoniy chiniqish va koʻp ish bajarish imkoniyati, 
tiklanish vaqtini ortishi kuzatilgan.
Shunday qilib yosh sportchilarda vegetativ funksiyalarning toʻliq tiklanmagan 
holatlarida takroriy trenerovka qilish, yuqori sport natijalariga erishishda halaqit 
berishi mumkin. Bu asosan chiniqishni rivojlantirishga qaratilgan katta hajmli 
trenerovka ishlaridan keyin kuzatiladi. 13-14 yoshli bolalarda mashqlarni koʻp marta 
takrorlanishidan keyingi tiklanish jarayonlari har bir keyingi sinovdan keyin 18-20 
yoshlilargacha nisbatan koʻproq yomonlashib boradi. 
Yosh sportchilarning balogʻatga yetish davrida neyro-endokrin funksiyalarining 
qayta qurilishi oqibatida tiklanish jarayonlari individual xarakterga ega boʻladi. 
Masalan, 13-16 yoshli balogʻat choʻqqisidagi oʻsmirlarda koʻpincha muskul ishlaridan 
keyin tiklanish jarayonlarining yomonlashishi koʻrildi.Bolalardagi tiklanish 
jarayonlari, nafas va qon aylanish funksiyalarining ancha tejamsizligi bilan 
xarakterlanadi. Masalan, kattalarga teng miqdorda kislorod oʻzlashtirilishi uchun 
bolalarda nafas harakatlari koʻproq boʻlishi zarur. 11-12 yoshli bolalarning bitta nafas 
siklida ( bir marta nafas olish va chiqarishda) 17.8 ml kislorod oʻzlashtiriladi, kattalarda 
esa 35.8 ml kislorod oʻzlashtiriladi. 12-16 yoshli suzuvchi va basketbolchilarda 
trenirovka mashgʻulotlaridan keyin tashqi nafas, kislorod oʻzlashtirilishi yuqori 


207 
darajada boʻlib, tez gipoksemiya rivojlanishi bilan kuzatiladi. Trenirovkadan keyin 12-
24 va 36 soat oʻtganidagina tashqi nafas va kislorod oʻzlashtirilishi mashgʻulotgacha 
belgilangan darajaga yetadi. Funksiyalarning oldingi holatga qaytishini yana ham 
koʻpga, 6-7 kunga choʻziladi, yosh suzuvchilarda ish qobiliyatining tiklanishini 
tezlashtirish maqsadida bir qancha usullar qoʻllanilib, ularga aktiv dam olish suv 
muolajalari, massaj, markaziy nerv sistemasi faoliyatini yaxshilaydigan choy, kofe 
kabi ichimliklar, kislorod bilan boyitilgan havo bilan nafas oldirish , autogen trenirovka 
kabi choralar qoʻllanadi. 
Tiklanish va dam olish jarayonlari samarasini oshirish vositalari. 
Trenirovka va musobaqa sharoitlarida sportchi ogʻir ishlarni boshdan kechiradi. 
Ayniqsa, bu sportda yuqori darajadagi natijalarga erishish uchun tiklanish jarayonlarini 
tezlashtirish borgan sari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Trenirovka va 
musobaqalardagi ishlar tezligi va hajmining ortib borishi, sportchining psixologik 
holatini ayniqsa musobaqa davrida zoʻrayishi sportchilarni tayyorlashda-turli tibbiy-
biologik choralar qoʻllashni taqozo etadi. 
Shiddatli trenirovka va musobaqa ishlaridan keyin organizmning energiya 
sarfini tiklamay turib jismoniy chiniqishni va ish qobiliyatini oshirib boʻlmaydi.
Pedagogik, psixologik va tibbiy-biologik usullarni oʻzida mujassamlashtirgan tiklanish 
vositalarini sistemasini toʻgʻri qoʻllash trenirovka jarayonlarini tezlashtirishi va sport 
natijalarini oshirish imkonini beradi.
Aktiv dam olishning mexanizmi ishlayotgan qoʻl muskullari markazidagi 
tormozlanishni kuchaytirishdan iborat boʻlib, u nerv hujayralarining, yaʼni ularning ish 
qobiliyati ishdan oldingi holatiga qaytishini tezlashtiradi. Bunday markazlararo 
nisbatlar odatlanilgan ishlarni bajarishga tayyorlangan kishilarda namoyon boʻladi. 
Agar bajariladigan ish odatdagidan tashqari boʻlsa va kishi unga tayyorlanmagan 
boʻlsa, unday holatlarda aktiv dam olish ijobiy taʼsir koʻrsatmaydi, chunki bunday 
sharoitlarda qoʻzgʻalish ishlayotgan markazlarga tarqaladi. Aktiv dam olish taʼsiri 
kishining yoshiga ham bogʻliq boʻladi. Kattalarga nisbatan yoshlarda aktiv dam olish 
yaxshi natija beradi, yaʼni charchatardi muskul ishidan keyin ish qobiliyatini tiklanishi 


208 
yoshlarda koʻpchilik holatda ijobiy boʻladi. Qariyalarda esa, aksincha, charchatardi 
ishlardan keyin aktiv dam olish salbiy taʼsir etishi mumkin. Shuning uchun aktiv dam 
olishni qoʻllashda sharoitni hisobga olish zarur.
Qator holatlarda, ayniqsa, qattiq charchatardi sport kuchlanishlardan keyin 
passiv dam olish oʻrniga aktiv dam olishni qoʻllashdan cheklanish kerak. Sport 
amaliyotida aktiv dam olishni qoʻllash boʻyicha ancha maʼlumotlar toʻplangan. 
(Krestovnikov). Masalan, shtangachilar oyoq mashqlari bajarganda qoʻl kuchini 
koʻpayishi, bir qoʻl bilan ishlashni ikkinchi qoʻl bilan almashtirganda birinchi qoʻlning 
dam olishini tezlashishi. Futbolda oʻyinning birinchi yarmidan keyin 6-8 minut 
davomida gavdaning yelka kamarini harakatlantiruvchi mashqlar bilan shugʻullanish 
organizmning funksional holatini yaxshilaydi va muskul kuchi va puls sonini 
tiklanishiga sharoit yaratadi. (Narikashvili) Aktiv dam olishni qoʻllash shiddatli mashq 
qilish va musobaqa davrlarida keyingi oʻtish davrida ham yaxshi natija beradi. Huddi 
shunga oʻxshash aqliy mehnat taʼsirida charchash yuzaga kelganida sport oʻyinlari 
(voleybol, qoʻl toʻpi, basketbol) kabi jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish ish 
qobiliyatini tiklanishiga olib keladi.
Bunday aktiv dam olish mexanizmi xuddi I.M.Sechenov koʻrsatgan aktiv dam 
olishdagiga oʻxshash boʻladi. Shuni unitmaslik kerakki, aktiv dam olish faqat oʻrtacha 
charchashdan keyin efektli boʻladi. Haddan tashqari charchatarli ishlardan keyin 
aksincha aktiv dam olish tiklanishning kechikishiga sabab boʻladi. 
Ish qobiliyatining tiklanishini tezlashtiruvchi faktordan suv muolajalari (dush, 
vanna va hokazo) teridagi reseptorlarni taʼsirlash bilan markaziy nerv sistemasiga 
afferent impulslar borishni yuzaga keltiradi. Bu impulslar tegishli nerv hujayralarini 
qoʻzgʻatish bilan markaziy nerv sistemasini optimal qoʻzgʻalishini taʼminlaydi. 
Kimyoviy tarkibi har xil vannalar ayrim organlar ishiga taʼsir koʻrsatadi. Masalan, 
karbonad vannalar yurak-tomir ishini, oltingugurtli, radonli vannalar nerv-muskul 
apparati ishini yaxshilaydi. Vannalprni oxirgi trenirovkadan keyin haftasiga 3-4 
martadan ortiq boʻlmagan holda kun ora qoʻllash zarur. Sauna haftasiga 1-2 martadan 
oxirgi trenirovkadan 1,5-2 soat keyin qoʻllashni tavsiya etiladi. 


209 
Fizik faktorlarni qoʻllash yillik trenirovka sikli davriga bogʻliq. Masalan, 
tayyorlanish davrida umumiy va zarur boʻlsa, mahalliy taʼsir etadigan faktorlar 
qoʻllanishi mumkin. Musobaqa davrida charchagan muskullarga umumiy emas, balki 
mahalliy taʼsir koʻrsatadigan vannalar qoʻllash maqsadga muvofiq boʻladi, shu bilan 
birga har xil dush turlarini tavsiya etishi mumkin. 
Suv muolajalarini qoʻllashda ayniqsa suv temperaturasiga alohida eʼtibor berish 
kerak. Qoʻzgʻatuvchi taʼsir koʻrsatish uchun ertalab trenirovkagacha va kunduzgi 
uyqudan keyin sovuq muolajalar (33S dan past vannalar, 20S dan pastdush) issiq 
vannalar va dushlari (37-38S) trenirovkadan keyin qoʻllash lozim. Kuchli charchashga 
trenirovkadan keyin eng kamida 15-30 minut oʻtgach fizik faktorlarni qoʻllash tavsiya 
etiladi. 
Massaj ham xuddi suv muolajalariga oʻxshash markaziy nerv sistemasiga 
qoʻshimcha afferent impulslar borishini va markaziy nerv sistemasida yangi markazlar 
qoʻzgʻalishni yuzaga keltiradi, natijada nerv jarayonlarining nisbati. Dinamikasi 
yaxshilanadi. Bu oʻz navbatida ish qobiliyatining tezroq tiklanishiga sabab boʻladi.
Tiklanish jarayonlari natijasini oshiradigan aktiv dam olishga katta ahamiyat 
berish bilan birga passiv dam olish rolini unutmaslik kerak. Aktiv dam olishning 
tiklanishni kuchaytiruvchi taʼsiri hamma vaqt ham yuzaga qilavermaydi. Aktiv dam 
olish bilan bir qatorda passiv dam olish tiklanish jarayonlarining aktivatori boʻlib, 
uning taʼsiri jismoniy chiniqqan kishilarda, tashkil etilgan mehnat va dam olishda 
kuchli ortadi. Passiv dam olishning eng keng tarqalgan turiga uyqu kiradi. Hozirgi 
zamon tushunchasiga koʻra uyqu bir xil holat emas. Bunda ikkita faza farqlanadi: sekin 
va tez. Bu fazalar bir kecha davomida 4-5 marta almashinadi. Uyquning sekin fazasi 
vaqtida nafas va yurak urishi sekinlashadi. Uyquning sekin fazasi vaqtida nafas va 
yurak urishi sekinlashadi, qon bosimi pasayadi, ayniqsa miya, jigar, buyuraklar kabi 
organlarda qon oqishi sekinlashadi, moddalar almashinuvi va tana temperaturasi 
pasayadi, muskullar ancha toʻliq boʻshashadi. 
Uyquning tez fazasi harakat aktivligini ortishi bilan harakterlanadi. Bu fazada 
yurak urishi tezlashadi, arteriya qon bosismi koʻtariladi., nafas tezlashadi. Uyquning 


210 
sekin va tez fazalarini almashinuvi toʻliq dam olishning muhim sharti boʻladi. 
Uyquning buzilishi ish qobiliyatiga salbiy taʼsir etadi. Choy, kofe yoki sharbatlar kabi 
ichimliklarni isteʼmol qilish nerv sistemasi va yurak- qon tomir kabi vegetativ organlar 
funksiyasini kuchaytirishi va organizmning ichki muhitini qandaydir darajada 
yaxshilash bilan ish qobiliyatining tiklanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. 
Kislorodga boy boʻlgan havo bilan nafas olish muskul ishi taʼsirida toʻplangan 
kislorod qarzini yoʻqotish, ichki muhit reaksiyasini normallashtirish uchun muhim 
ahamiyatga ega, bu jarayonlani ancha tezlashishini taʼminlaydi. 
Autogen trenirovka sportchini maʼlum soʻzlar bilan ishontirish orqali markaziy 
nerv sistemasi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan. Bunday yoʻl bilan tiklanish 
jarayonlarini kuchaytirishda sportchining oliy nerv faoliyati tipi muhim ahamiyatga 
ega. Autogen trenirovka olib boruvchi kishining soʻzlariga beriluvchan kishilarda 
sezilarli darajada funksiyalarning oʻzgarishi yuzaga keladi. Masalan, gavdaning 
maʼlum qismlarini qon bilan taʼminlanishini oʻzgarishi, muskullarning boʻshashishini 
kuchayishi va hokazo. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling