Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Sportchilarning ratsional ovqatlanishini tashkil etishning tartibi


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

Sportchilarning ratsional ovqatlanishini tashkil etishning tartibi.
Har bir sportchi oʻz sogʻligiga eʼtiborli boʻlsa, ovqatlanish tartibiga rioya qilishi 
kerak boʻladi. Bunda avval suyuqlik, meva va sabzavotlarni isteʼmol qilish zarur, 
undan keyin quyuq ovqatlarni isteʼmol qilgan maʼqul. Sportchi isteʼmol qilayotgan 


86 
taomining hazm boʻlish jarayoniga ham eʼtibor berishi kerak boʻladi. Trenirovka 
vaqtlarini hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlarining hazm boʻlish jarayoniga 
qancha vaqt sarflanishini bilishi kerak. Misol uchun, sut mahsulotlari 2-3 soat, goʻsht 
mahsulotlari 4-8 soat atrofida hazm boʻladi.
Sogʻlom ovqatlanish bilan bir qatorda har bir inson jismoniy tarbiya va sport bilan 
shugʻullanib borishi zarur. Badantarbiya va harakat taʼsir jihatidan har qanday dorining 
oʻrnini bosishi mumkin, ammo dunyodagi jamiki dori-darmon harakatchalik taʼsir 
koʻrsata olmaydi deb taʼkidlab oʻtgan edi Terkveto Tasso. SHunday ekan, har birimiz 
har doim sogʻlom ovqatlanish bilan bir qatorda jismoniy harakatda boʻlmogʻimiz 
lozim. 
Insoniyatning sogʻlom, jismoniy baquvvat boʻlishi 20% tashqi muhit omillariga, 
20% irsiyatga, 10% tibbiyot xodimlariga bogʻliq boʻlsa, qolgan 50% yi aynan har bir 
shaxs oʻzining yashash tarziga bogʻliq. Bunda tashqi muhit omillari — suv, havo, 
tuproq, sanoat korxonalari, transport vositalari kabilardir. 50% salomatligimiz aynan 
oʻzimizning oʻrgangan odatlarimizga, sogʻlom turmush tarzimizga bogʻliq. Jismonan 
va ruhan baquvvat hamda faol yashashi uchun har bir kishi sogʻlom turmush tarziga 
amal qilmogʻi muhim ahamiyatga ega. Unga toʻliq amal qilinsa inson qarishi bilan 
shugʻullanuvchi xalqaro tashkilot olimlarining fikriga koʻra 120 yil umr koʻrish 
imkoniyati mavjud.
Sogʻlom turmush tarzi tushunchasi keng maʼnoga ega boʻlib, u jismoniy faollik, 
ratsional ovqatlanish kabi tadbirlarni oʻz ichiga qamrab olib, zararli odatlar, yaʼni 
giyohvandlik, tamaki chekish, spirtli ichimliklar isteʼmoliga qarshi kurashadi. Shu 
oʻrinda inson organizmiga taʼsir qiluvchi minglab omillar ichida ovqatlanish ayniqsa, 
oʻz vaqtida va meʼyorida, zarur boʻlsa parhezbop taomlar isteʼmol qilish yetakchi 
ahamiyatga ega ekanligini yodda tutish kerak. Ovqatlanish sportchilarga fiziologik 
nuqtai nazardan yosh, tana tuzilishi va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda tavsiya 
qilinadi. Shundagina inson sogʻlom va farovon yashashi mumkin. 


87 
Bugungi kunda sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra yer 
kurrasida oʻnta xavfli kasallik boʻlsa, shularning oltitasi (kamqonlik, semizlik, yurak-
qon tomir, jigar, buyrak) aynan notoʻgʻri ovqatlanish orqali yuzaga keladi.
Muntazam toʻyib ovqatlanmaslik, organizmga doimiy ravishda oqsil, yogʻ, 
uglevod, vitamin va mineral elementlarning toʻliq tushmasligi kamqonlikka sabab 
boʻladi. Agarda odam juda toʻyib ovqat yeydigan boʻlsa, semirib ketadi va natijada qon 
tarkibida xolesterin miqdorining koʻpayib ketishi, aterosklerozning yuzaga kelishi va 
buning oqibatida qon bosimining yuqori boʻlishi kuzatiladi. Bu esa yurak-qon tomir 
xastaliklarining kelib chiqishiga yoʻl ochadi. Shunday holatlar roʻy bermasligi uchun 
doimiy ravishda toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollikka eʼtibor berish darkor. Ovqat 
tarkibida albatta oqsil, yogʻ, uglevod va vitamin hamda minerallar boʻlishi shart.

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling