Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Kamondan otish texnikasidagi xatolar


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

Kamondan otish texnikasidagi xatolar.
Kamonchilarga otishni oʻrgatish va sportchilarni tayyorlashda oʻziga xos 
yondashuv katta ahamiyat kasb etadi, ammo ularning oʻziga xos xususiyatlari otish 
texnikasida turli xatolarga olib keladi. 
Turish holatidagi xatolar: 
 tananing holatidagi xatolar; 
 kamon tutishda va oʻqni joylash bilan bogʻliq xatolar; 
otishdagi xatolar
 tayanish nuqtasiga xatolari; 
 moʻljallashdagi xatolar; 
 nafas olishdagi xatolar; 
Kamonchining hissiy xatolari 
Kamondan otish alohida ichki hissiy holatni talab qiladi. Kuzatuvchilar va 
bellashuv kamonchining haddan tashqari asabiylashishiga olib keladi. 
Oqibatlari: Otish paytida shoshqaloqlik, nafas qisilishi, oʻziga ishonchsizlikdan " 
titroq" lar natijada notoʻgʻri otishga olib keladi. 
Tavsiyalar: Xotirjamlik saqlash, nafasni tiklash va koʻtaringki kayfiyat hamda
tashqi taʼsirlarga eʼtibor bermay diqqatni jamlashga harakat qilish lozim. 
Xato: Ketma-ket oʻq uzishda shoshqaloqlik. Koʻpincha, boshlangʻich otuvchilar 
aniqlik uchun otishni oʻrganish paytida barcha oʻqlarni imkon qadar tezroq otishga 
shoshiladilar. 
Oqibatlari: Otuvchi kamon ipini kerakli nuqtagacha tortmasligi, oʻqning uchi 
nazoratsiz qolishi natijasida toʻgʻri moʻljalga olmaslik, bu esa oʻqlarning nishonga 
tegmasligiga olib keladi va shu kabi yana bir qancha xatolarga yoʻl qoʻyiladi. 
Tavsiyalar: otishlar orasidagi aniq tanaffuslarni ushlash, har bir otishdan soʻng 
nafasni tiklanadi. Oʻz-oʻzini nazorat qilish, shundan soʻng kamonchiga zarur boʻlgan 


79 
nuqtagacha ipni tortish va uni moʻljalga olish moslamasi yordamida aniq nishonga 
olish. 
Turish holatidagi xatolar. 
Toʻgʻri turish holatini tanlash otuvchiga qulay otish imkonini beradi. 
Xato: otuvchi turish holatida oyoqlarini tor yoki juda keng qoʻyadi, oyoqlarini 
tizza boʻgʻimlaridan bukib, bir oyogʻidan ikkinchisiga ogʻirlik nuqtasi oʻtadi, bu esa 
sportchi tanasining beqarorligiga olib keladi. 
Oqibatlari: Beqaror turish holati tanani bir maromda ushlab turishga imkon 
bermaydi va otish xato bajariladi. 
Tavsiyalar: Oyoqlaringizni yelka kengligida bir-biridan ajratilgan holatda, tizza 
boʻgʻimlarini bukilmagan va gavda tik toʻriga qaragan holatda boʻlishi lozim. 
Boshlangʻich otuvchilar doimo turish holatini nazorat qilishlari va otish davrida 
ishonchli turish holatini aniqlab olishlari tavsiya etiladi.
Xato: Son frontal oldingga chiqqan, yelkalar perpendikulyar holatda otish.
Oqibatlari: kamon tutqichida hech qanday tayanch yoʻq, yelkalar bukiladi, kamon 
ipini choʻzishda qiynaladi. 
Tavsiyalar: turish holatini toʻgʻrilab olish, sonni toʻgʻrilash, yelkalarni toʻgʻrilash, 
kurakni pastga tortish. 
Xato: kamonchi oʻq otayotganda kamon tomon choʻzilishi va oldinga egilishi. 
Oqibatlari: oʻq otilganda pastga tushadi, tananing ogʻirlik markazi chap old 
oyoqqa tushadi. 
Tavsiyalar: Turish paytida tanani bir oz orqaga tortish, turish holatini toʻgʻrilash 
va tana vaznini ikki oyoqqa taqsimlash. 
Xato: otuvchi old oyogʻini juda oʻngga buradi. 
Natijalar: Tananing ortiqcha burilishi sodir boʻladi, holat beqaror boʻladi. 
Tavsiyalar: holatni va oyoqni toʻgʻrilang. 
Gavdaning joylashuvidagi xatolar 
Xato: Gavdaning (qorin) old tomondan juda koʻp chiqib qolishi, bel bukilishiga 
olib keladi va ogʻriqlarga ham olib kelishi mumkin. Oʻng tirsak oʻq chizigʻidan 


80 
yuqorida joylashgan holati, orqa mushaklarni yanada samarali ishlatishni 
qiyinlashtiradi. 
Tavsiyalar: Bel tekis, tananing ogʻirligi ikkala oyoqqa teng taqsimlanadi. Yoyni 
tortganda, yelkalar nishon chizigʻidan siljimasligi kerak. Agar siz "soningizni oling" 
degan soʻzni eshitsangiz, demak kamonni tortib, moʻljalga olishda yelkalaringiz 
nishondan "chapga" orqaga qaytganini va "old oyoq" sonning nishonga yaqinroq 
boʻlganini anglatadi. Holatni toʻgʻrilang, kamonni tortib olayotganda, chap qoʻlingiz 
bilan tutqichga bir oz nishonga egib oling. Belni bukmagan holda toʻgʻri tutish lozim. 
Qorin chiqib qolmasligi va koʻkrak tekkiz turishi kerak. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling