Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

 
Taqrizchilar: 
S.R.Davletmurodov – Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 
“Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari 
boʻycha falsafa doktori (PhD) dotsent.
 
A.Abdullaev – Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali professori, pedagogika 
fanlari nomzodi. 
Darslik Oʻzbekiston Respublikasi ___________________________ vazirligining 
2023-yil dagi _ sonli buyrugʻi bilan nashrga ruxsat berilgan.



KIRISH 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qator islohotlar zamirida xalqning 
turmush tarzini yanada yaxshilash, aholining barcha qatlamlarida maʼnan va jismonan 
sogʻlom muhitni yaratish, salomatlikni mustahkamlash gʻoyasi ilgari surilgan. Shu bois 
bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportga eʼtibor davlat ahamiyatiga molik muhim 
ijtimoiy-siyosiy vazifaga aylanib ulgurgan. Jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi 
keng qatlamini sport bilan shugʻullanishga va sogʻlom turmush tarzini yuritishga jalb 
etish, jismonan sogʻlom avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini 
yanada kengaytirish, mamlakatimizning xalqaro sport maydonlaridagi yutuqlarini 
targʻib qilish va uning keng eʼtirof etilishiga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga 
oshirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Albatta hozirda yoshlarimiz istagan sport 
turi bilan shugʻullanishi va har qanday choʻqqini zabt etish imkoniyatiga ega. Buning 
uchun faqat izlanish, intilish va harakat boʻlsa bas. 
Albatta oʻzbek sporti oʻzining yuksak natijalari bilan mamlakatimiz shuhratini 
jahon hamjamiyati oldida tarannum etib kelayotganligi, minglab xalqaro standartlarga 
mos sport majmualari qad koʻtarayotganligi, yurtimizning turli hududlarida eng nufuzli 
xalqaro musobaqalarni oʻtkazib kelinayotganligi hukumatimiz tomonidan qabul 
qilinayotgan Farmonlar, Qarorlar hamda normativ-huquqiy hujjatlarning amaliy 
mahsulidir. “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonun, “Oʻzbekistonda jismoniy 
tarbiya va sportni yanada rivojlantirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror va shu 
sohaga oid boshqa konseptual hujjatlarni qabul qilinishi, ularni bosqichma-bosqich 
hayotga tatbiq etilayotganligi hamda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunda jismoniy tarbiya 
va sportga alohida urgʻu berilishi yuqorida qayd etilgan fikr ifodasidir.
“Kamondan otish” – mashq va sport turi deb ataladi, yaʼni bu kamondan va 
oʻqdan foydalanishning amaliy yoʻnaltirilgan isteʼdodidan ortiqcha ekanligini 
anglatadi. Kamondan otishda oldindan belgilab berilgan nishonlar tomon oʻq otish 
talab qilinadi. Shuningdek kamon oʻqlari nishonga qay darajada urilganligi baholanadi. 
Ballar oʻqning nishonga borib urilgan joyiga qarab doiradagi aylana chiziqlari sohasiga 
bogʻliq. Oʻq uzishdan asosiy maqsad nishonga toʻgʻri urishdir. Kamondan oʻq otishni 



oʻrganishda bir qator bosqichlardan oʻtiladi. Har qanday yangi boshlovchi shunchaki 
ushbu sport turini yaxshi bilishi mumkin, ammo uni oʻrganish, u bilan shugʻullanish 
va sportda mahoratli sportchi boʻlish uchun kamondan oʻq otishni tez-tez va doimiy va 
albatta murabbiylarning nazorati ostida mashq qilishlari lozim boʻladi. Oʻq otish 
istagida boʻlgan har qanday otuvchi ijodiy va va oʻzining ajoyib kuch sohibi ekanligiga 
ishonch hosil qilishi hamda maqsadni oldindan koʻra bilishi his qilmogʻi kerak. Bu har 
qanday kamonchi uchun oʻylashda birinchi qadam boʻlishi kerak. Nishonlar uzoq 
masofada joylashganligi hamda va haqiqatan ham oʻlchami kichik boʻlgani uchun, 
maqsadga erishishda kamonchidan nishonni his qilish, gʻayrat va kuchli energiya talab 
etiladi. Ushbularga erishishda, albatta doimiy ravishda va juda koʻp oʻz ustida ishlash 
lozim boʻladi.




Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling