11
Oʻqning dumi uchun moʻljallangan joyda kamon ipini eskirgan tolalari, yirtiqlar
va ishqalanishlar mavjudligini muntazam ravishda nazorat qilib borish lozim.
Kamon ipini oʻqsiz qoʻyib yuborish kamonni buzilib yoki sinishiga olib kelishi
mumkin.
Sportchining jismoniy imkoniyatiga ega boʻlmagan
kamondan foydalanmaslik
lozim.
Yoriqlar yoki shilinishlari mavjud boʻlgan oʻqlarni ishlatmaslik lozim (agar oʻqlar
yogʻoch yoki plastmassa boʻlsa). Oʻqlarni har bir otishmadan soʻng tekshirish kerak.
Sportchi uchun tegishli uzunlikdagi oʻqlardan foydalanish kerak. Qisqa oʻqlardan
foydalanish taqiqlanadi.
Agar kamonni chizish paytida oʻq sirgʻalib ketgan boʻlsa, xotirjamlik bilan asl
holatiga qaytib,
yana boshlashingiz kerak; oʻqni barmogʻingiz bilan moslamang va
kamonni chizishda davom eting — oʻq sinishi mumkin.
Oʻqning dumini barmoqlar bilan qisib qoʻymasligini taʼminlash kerak,
ayniqsa
kamonni boʻshatishda.
Otish paytida har doim kamonni ushlab turgan qoʻlning bilagiga, kamonni
choʻzayotgan qoʻl barmoqlariga himoya vositasini foydalanish lozim.
I.4. Xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik.
Sportchi mashgʻulot paytida yoki musobaqa paytida
xavfsizlik qoidalarini
buzganligi sababli sodir boʻlgan har qanday baxtsiz hodisa uchun javobgardir.
Javobgarlik uchun sportchidan tashqari murabbiy va tashkilot (jamoat, boʻlim)
rahbari, musobaqa davomida esa xavfsizlik qoidalarini buzgan bosh hakam ham
javobgar boʻladi.
Musobaqa davomida texnika xavfsizligi qoidalarini qoʻpol tarzda buzgan sportchi
ogohlantirishsiz musobaqadan chetlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: