Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


II.3. Oʻzbekistonda kamondan otish tendensiyalari


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

II.3. Oʻzbekistonda kamondan otish tendensiyalari. 
Kamondan oʻq otish sport turi sifatida XV asrdan beri olib boriladi — oʻsha 
paytda Shveysariyada 13-asr oxiri — 14-asr boshlarida yashagan mohir kamonchi
xalq qahramoni, mustaqillik uchun kurashgan afsonaviy Vilgelm Toll xotirasiga 
bagʻishlangan oʻq otish musobaqalari oʻtkazilib kelingan. 
Uzoq yillar davomida kamondan oʻq otish sport turida jihozlar, qoidalar va 
boshqalar qatʼiy tartibga solinmagan. Ushbu sport musobaqasidagi birinchi qoidalar 
faqat 19-asrdan boshlab paydo boʻlgan.
Kamonni 2 turga boʻlish mumkin: oddiy hamda murakkab kamon. 
Oddiy kamon yarim doira shaklida. Murakkab kamon esa yoyilgan qoʻsh qanot 
shaklida. Murakkab kamon asrlar davomida takomillashib borgan. Asosan, Sharq 
xalqlari qoʻllagan. Murakkab kamon Oʻrta Osiyo xalqlariga miloddan avvalgi 1-ming 
yillikdan maʼlum. U Oʻrta Osiyo xalqlari harbiy texnikasida soʻnggi oʻrta asrlarga 
qadar eng muhim jangovar qurol vazifasini bajarib kelgan. Hinnular
1
davrida 
(miloddan avvalgi 3-asr) turkiy qavmlar kamon oʻqini otganda hushtak tovushini 
1
Hunlar, hunnular, gunnlar, hunnlar (lot. Hunni) — mil. 2 — 4-asrlarda turkiy hunlarning Uraloldi 
va Volga boʻyidagi oʻgʻur (ugor) qabilalari bilan aralashuvidan tashkil topgan xalq. 


16 
eslatuvchi yangi turini ixtiro etishgan; hunnular saltanatini vujudga kelishida uning roli 
katta boʻlgan. Manbalarga koʻra, oʻrta asrlarda kamon oʻqi 500–600 m.dan ziyod 
masofaga yetgan. Qadimdan hozirgacha kamondan oʻq otish sportning muhim 
turlaridan biri boʻlib musobaqalar uyushtiriladi. Musobaqalarda kamon oʻqi 900 m 
gacha masofaga borgan.
Anʼanaviy kamon ("anʼana") — ingliz kamoniga asoslangan yogʻochdan 
tayyorlangan uzun kamon. Anʼanaviy kamon ov va harbiy harakatlar uchun 
ishlatiladigan qadimiy kamonlarga eng yaqini hisoblanadi. Odatda anʼanaviy 
kamondan otishda qoʻshma turli jihozlarsiz, va nozik sozlash moslamalari boʻlmagan 
oddiy kamonlarni hush koʻruvchilar foydalanadilar. Anʼanaviy kamon ibtidoiy otish 
moslamasi boʻlib, oʻq otish texnikasiga eng yuqori talablarni qoʻyadi. Bu turdagi 
kamon moddiy jihatdan eng sodda va otish mahorati jihatidan eng qiyin hisoblanadi.

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling