Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish
II.2. Kamondan otish tarixi
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
DARSLIK 2023 йил октябр 2
II.2. Kamondan otish tarixi.
Kamondan otishning paydo boʻlishi va rivojlanishi tarixi bir biridan ajralmas insoniyatning yerda paydo boʻlishi va evolyutsiyasi bilan bogʻliq. Qadimgi kamon va oʻqlarning topilmalari juda kam uchraydi. Bugungi kunda yer yuzida birinchi kamonning yaratilishi boʻyicha aniq sana va joy maʼlumotlari nomaʼlum. Koʻplab olimlar hali ham kamonning yoshi 10 ming yildan oshmaganiga ishonishadi. Eng qadimiy bu qurol parchalari topilmalari yuqori paleolit davrining oxiriga toʻgʻri keladi. Mezolit davrining boshlanishi, yaʼni, miloddan avvalgi kamida 14 8 ming yil bu turdagi topilmalar Stelmoor (Germaniya) loyihasida olib borilgan qazilma ishlarida topilgan. Janubiy Afrikadagi soʻnggi topilmalar shuni koʻrsatadiki, birinchi kamon 64000 yil oldin paydo boʻlgan. Oʻshandan beri kamon jangchilar va ovchilar uchun ajralmas vositaga aylandi. Kamon Qadimgi Avstraliya va Okeaniya aholisini hisobga olmaganda, eng qadimgi xalqlarning asosiy quroli hisoblangan boʻlgan. Kamonning ixtiro qilinishi kishilik tarixida ulkan yutuq boʻlgan. U ibtidoiy odamlarning parranda va darrandalarni ovlashda juda qoʻl kelgan. Kamon aslini olganda inson tomonidan ixtiro etilgan birinchi mexanizm edi. Kamon yengilligi, qulayligi, moʻljalga bexato urishi hamda tez otishi jihatidan oʻzidan oldin ishlatib kelingan uloqtirilgan nayzadan ustun turgan. Kamonning keng tarqalishi ibtidoiy ovchilikning yanada taraqqiy etishiga imkon berdi, ovchilarning kundalik mehnatini yengillashtirdi, ularga ozmi-koʻpmi oziq-ovqatni gʻamlab olishlariga imkon tugʻdirdi. Inson birinchi marta kamonni ixtiro qilganida, u arqonli tayoq edi. Biroq, tez orada bu oddiy narsa dahshatli qurolga aylandi. Butun dunyoda kamon ishlatila boshlandi, turli shakldagi kamon paydo boʻldi, ular turli xil materiallardan yasala boshlandi. Tarixdan bizga maʼlumki Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori mohir sarkarda Jaloliddin Manguberdining piyoda va otliq askarlari oʻsha davrning eng zamonaviy qurollar bilan qurollangan edi. Eng avvalo oʻq-yoy, kamon, qilich, nayza, qalqon asosiy qurollar hisoblangan. Qoʻshin tarkibidagi qipchoqlar oʻq-yoy 15 ishlatishda juda mohir boʻlganlar. Chunki qipchoqlar 2-3 yoshligidan otga mindirilib kichik kamonlardan oʻq uzishga oʻrgatila boshlangan. Bundan koʻrinadiki qoʻshindagi mohir kamonchilar boʻlinmasini shakllantirishda xorazmshohlar qoʻshinida avvaldan xizmat qilgan qipchoqlarning oʻrni allohidadir. Aynan mana shu kamonchilardan tashkil topgan piyodalar boʻlinmasi Jaloliddinni moʻgʻullarga qarshi kurashda koʻproq naf keltirgan. Kamon 2 qismdan iborat boʻlgan: egma choʻp hamda kamonning ipi. Kamonning egma choʻpi sariq tol, sambit, yovvoyi jiyda va jingʻil shoxidan yasalib, uning ikki uchiga baʼzan suyak yoki qimmatli metall qoplangan. Kamonning ipi, asosan, paydan tayyorlangan boʻlgan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling