Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
DARSLIK 2023 йил октябр 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kamon Oʻqlari;
- Aksessuarlar
Yoylar;
Yoy — kamondan otish uskunasining asosiy qismidir. U har xil turdagi va oʻlchamlarda boʻlishi mumkin. Yangi boshlanuvchilar uchun oʻrta quvvatli va unchalik katta boʻlmagan kamonlarni tanlash tavsiya etiladi va bu albatta otuvchilarga ularni manyovr qilish imkonini beradi. tajribali kamonchilar uzoq masofalarga va aniqroq otish imkonini beruvchi kuchliroq kamonlarni tanlashlari mumkin. Kamon Oʻqlari; Oʻqlar kamondan otish uchun asosiy oʻq-dori hisoblanadi. Kamon oʻqlarining turli xil oʻlchamlarda boʻlishi mumkin. Yangi boshlanuvchilar uchun ularni boshqarish qulayroq boʻlishi uchun oʻrtacha qattiqlikdagi va juda ogʻir boʻlmagan oʻqlarni tanlash tavsiya etiladi. Tajribali kamonchilar esa uzoqroq masofalarga va aniqroq otish imkonini beruvchi qattiqroq, ogʻirroq oʻqlarni tanlashi mumkin. Oʻqlar uchi — toʻgʻridan-toʻgʻri nishonga tegadigan oʻqning old qismidir. U qattiq boʻlgan jismlardan (tosh, suyak, shox, qobiq, metall va boshqalar) yoki yogʻochdan tayyorlanishi mumkin. Musobaqalarda hamda mashgʻulotlarda foydalaniladigan oʻqlarning uchlari oʻqni parvozda havo qarshiligini yengib oʻtishi va nishondan osongina qayta olinishi uchun qulay ishlab chiqilgan. 28 Nisonlar Nishonlar — kamon bilan oʻq otiladigan obyektlardir. Albatta ularning turli xil oʻlchamlari mavjuddir. Kamondan otishni yangi boshlovchilar uchun nishonni urish osonroq boʻlishi uchun katta oʻlchamdagi va yorqin nishonlarni tanlash tavsiya etiladi. Tajribali kamonchilarga aniqlik bilan otishni mashq qilish uchun kichikroq va belgilanmagan masofadagi (uzoqroq) nishonlarni tanlashlari mumkin. Aksessuarlar kamondan otish uchun qoʻshimcha jihozlardir. Ular turli xil boʻlib, himoyalanish vositasi, otishning sifatini, otishmaning qulayligini oshirish uchun moʻljallangan. Bularga quyidagilar kiradi: oʻq otish maxsus qoʻlqoplari — qoʻlni jarohatlardan va kamon ipining shikastlanishidan himoya qiladi; otishmaning kamariga yoki orqasiga biriktirilgan oʻqlarni saqlash uchun oʻqdonlar; nishonlarni kuzatish uchun moʻljalga olish moslamasi – oʻqlarning aniqligini oshirish uchun; Stabilizatorlar – otish jarayonida kamonning tebranishini kamaytiradi; Kvadratlar — aniqroq tortishish uchun kamonning toʻgʻri burchagini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, kamonchining shaxsiy epi-kirovkasida (minimal toʻplamida) quyidagi aksessuarlar boʻlishi kerak; Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling