Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

Yoylar; 
Yoy — kamondan otish uskunasining asosiy qismidir. U har xil turdagi va 
oʻlchamlarda boʻlishi mumkin. Yangi boshlanuvchilar uchun oʻrta quvvatli va 
unchalik katta boʻlmagan kamonlarni tanlash tavsiya etiladi va bu albatta otuvchilarga 
ularni manyovr qilish imkonini beradi. tajribali kamonchilar uzoq masofalarga va 
aniqroq otish imkonini beruvchi kuchliroq kamonlarni tanlashlari mumkin. 
Kamon Oʻqlari; 
Oʻqlar kamondan otish uchun asosiy oʻq-dori hisoblanadi. Kamon oʻqlarining 
turli xil oʻlchamlarda boʻlishi mumkin. Yangi boshlanuvchilar uchun ularni boshqarish 
qulayroq boʻlishi uchun oʻrtacha qattiqlikdagi va juda ogʻir boʻlmagan oʻqlarni tanlash 
tavsiya etiladi. Tajribali kamonchilar esa uzoqroq masofalarga va aniqroq otish 
imkonini beruvchi qattiqroq, ogʻirroq oʻqlarni tanlashi mumkin.
Oʻqlar uchi — toʻgʻridan-toʻgʻri nishonga tegadigan oʻqning old qismidir. U 
qattiq boʻlgan jismlardan (tosh, suyak, shox, qobiq, metall va boshqalar) yoki 
yogʻochdan tayyorlanishi mumkin.
Musobaqalarda hamda mashgʻulotlarda foydalaniladigan oʻqlarning uchlari oʻqni 
parvozda havo qarshiligini yengib oʻtishi va nishondan osongina qayta olinishi uchun 
qulay ishlab chiqilgan.


28 
Nisonlar 
Nishonlar — kamon bilan oʻq otiladigan obyektlardir. Albatta ularning turli xil 
oʻlchamlari mavjuddir. Kamondan otishni yangi boshlovchilar uchun nishonni urish 
osonroq boʻlishi uchun katta oʻlchamdagi va yorqin nishonlarni tanlash tavsiya etiladi. 
Tajribali kamonchilarga aniqlik bilan otishni mashq qilish uchun kichikroq va 
belgilanmagan masofadagi (uzoqroq) nishonlarni tanlashlari mumkin. 
Aksessuarlar kamondan otish uchun qoʻshimcha jihozlardir. Ular turli xil boʻlib, 
himoyalanish vositasi, otishning sifatini, otishmaning qulayligini oshirish uchun 
moʻljallangan. 
Bularga quyidagilar kiradi: 
 oʻq otish maxsus qoʻlqoplari — qoʻlni jarohatlardan va kamon ipining 
shikastlanishidan himoya qiladi; 
 otishmaning kamariga yoki orqasiga biriktirilgan oʻqlarni saqlash uchun 
oʻqdonlar; 
 nishonlarni kuzatish uchun moʻljalga olish moslamasi – oʻqlarning aniqligini 
oshirish uchun; 
 Stabilizatorlar – otish jarayonida kamonning tebranishini kamaytiradi; 
 Kvadratlar — aniqroq tortishish uchun kamonning toʻgʻri burchagini aniqlashga 
yordam beradi. 
Shuningdek, kamonchining shaxsiy epi-kirovkasida (minimal toʻplamida) 
quyidagi aksessuarlar boʻlishi kerak;

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling