Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

I. XAVFSIZLIK QOIDALARI 
I.1. Kamondan oʻq otish uchun asosiy xavfsizlik talablari. 
Kamondan oʻq otishda
xavfsizlikning taʼminlanishida xavfsizlik qoidalari haqida
umumiy tushuncha berish asosiy vazifa hisoblanadi. Kamondan oʻq vaqtida
qoidalarning buzilishini aslo eʼtiborsiz qoldirib boʻlmaydi. Bu qoidalarga amal qilish 
barcha kamondan oʻq otuvchilar uchun majburiydir.
Kamondan oʻq otishda
bosh nazoratchining vazifalariga quyidagilar kiradi: 
 Zarur deb hisoblaydigan xavfsizlik choralarini koʻrish;
 asbob uskunalarining toʻgʻri ishlashini nazorat qilish; 
 otish jarayonini umumiy kuzatib borish; 
 har bir seriya uchun vaqtni va sportchilar oʻq otish chizigʻini egallash 
tartibini nazorat qilib borish; 
 har-xil ovoz chiqaruvchi moslamalar, fotograflar va boshqalarning 
ishlashini kuzatib, ularning musobaqa ishtirokchilarini chalgʻitmasligini 
oldini olish; 
 tomoshabinlar belgilangan joylarda qolishini va musobaqa maydoniga 
kirmasligini taʼminlash;
Kamondan faqatgina maxsus ajratilgan joylarda otish lozim boʻladi.
Nishonlar turli masofalarda joylashgan boʻlsa ham, bitta chiziqdan otish tavsiya 
etiladi. 
Kamondan oʻq otishda
beparvolik tufayli shikastlanishi mumkin. Otish joyida 
odamlar yoki hayvonlar boʻlmaganda, oʻqni kamonga qoʻyish tavsiya etiladi.
Kamonni tortish faqat otish chizigʻidan va faqat tanlangan nishon yoʻnalishi 
boʻyicha boʻlishi kerak. 
Agar siz allaqachon kamonni tortilgan boʻlsa, har qanday atrofdagi taʼsirlarga 
(gaplashish, chalgʻish va ho kazo) eʼtiborni qaratmaslik lozim. Bundan tashqari, yon 



tomonga oʻgirilish, konsentratsiyani yoʻqotish taqiqlanadi. Bunday hollarda albatta 
kamondan oʻq otish tavsiya etilmaydi. 
Nishonga faqat otishma tugagan paytda, yaqinlashish lozim. 
Har tomonga otish (yonga, havoga) taʼqiqlanadi.

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling