Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

Musobaqa — psixologiya fanining taʼrificha kishi faoliyatini belgilovchi
kuzatuvchi omildir, yaʼni qoʻzgʻatuvchi ragʻbatlantiruvchi omildir. Sport 
musobaqasining tarbiyalovchi Har qanday sport faoliyati sport musobaqasi bilan uzviy 
bogʻliqdir: hech qanday sport faoliyatini sport musobaqasiz tasavvur etib boʻlmaydi. 
Sport trenirovkasida oʻqitish va tarbiyalash ishlarni olib borilishi konkret musobaqada 
muvaffaqiyatli qatnashishga tayyorlashdan iboratdir: — musobaqa — olib borilgan 
trenirovkani yakunlash ahamiyati kattadir. Ular quyidagi xususiyatlar bilan 
xarakterlanadi. 
1. Sport muvaffaqiyati uchun kurash-sport musobaqasining xarakterli 
tomonlaridan biridir. Keskin kurash birgina individual maqsadlar bilan cheklanmaydi, 
balki jamoaviy hamda ijtimoiy motivlarni ham paydo qiladi. 
2. Sport musobaqasi jismoniy kuch va psixik faoliyatni zoʻr berib ishga solish 
bilan xarakterlanadi. Zoʻr berish sport musobaqasining spetsifik xususiyatidir. Bu 


115 
xususiyat sportchida axloqiy, iroda va xarakter, psixik sifatlarni tarbiyalash 
vositalaridan biridir. 
3. Sport musobaqasidagi shiddatli kurash yurak, qon aylanish faoliyatini 
kuchaytiradi, modda almashuvni tezlashtiradi. Bularni barchasi yurak-asab faoliyatini 
mustahkamlaydi. Organizmning ish qobiliyatini oshiradi. 
4. Sport musobaqasi yuksak emotsional holatning manbaidir. Chunki musobaqada 
sportchi doimo muvaffaqiyatga erishadi yoki magʻlubiyatga uchrab turadi. Bu hol 
tabiiy ravishda, goh xursandlik, goh noxushlikni paydo qilib turadi. Natijada sportchida 
yoki ishchanlik oshadi yoki kamayadi. 
5. Sport musobaqasida sportchining barcha psixik jarayonlari keskinlashadi. 
Demak, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan musobaqaning oʻziga xos xususiyatlaridan 
maʼlumki, sport musobaqasi sportchining oʻz faoliyatini yuksak darajada namoyon 
qilish va yuksak insoniy sifatlarni tarbiyalash vositasidir. Sportchilarni tayyorgarlik 
holatiga qarab, musobaqa sharoitlari ularga har xil taʼsir koʻrsatadi. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling